Badiiy mahorat masalalarini kengroq va chuqurroq tahlil qilishni taqozo etadi


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana05.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1749272
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
navoiy-ijodida-badiiy-san-atlar

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Xatti
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
Academic Research, Uzbekistan 1086  www.ares.uz 
doir mumtoz manbalarda muroat un-nazir (ba'zan tavfiq, iytilof va talfiq) nomi bilan 
keladi. Tanosub san'ati haqidagi dastlabki ma'lumot Umar Roduyoniyning “Tarjumon 
ul-balog‘a” (11-a.) asarida keltirilgan: “Agar she'r aytuvchi ma'no jihatidan bir-biriga 
o‘xshash, xususan “oyu quyosh, daryoyu kishtiy” kabi so‘zlarni qo‘llasa, uni muroot 
un-nazir deb ataydilar”. 
Tanosub haqdagi nisbatan kengroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning “Badoyi' 
us-sanoyi'” (15-a.) asarida berilgan bo‘lib, muallif ushbu san'atga shunday ta'rif beradi: 
“Ani tanosub, tavfiq, iytilof va talfiq ham derlar, Ul andog‘durkim, kalomda anga 
munosib hodisa va nimalarni jam' qilurlar...” Shuningdek, asarda tanosub san'atining 
darajalari va nomlanishi bilan bog‘liq muhim ma'lumotlar ham keltirib o‘tilgan. 
Alisher Navoiy ijodida tanosub san'ati keng istifoda etilgan bo‘lib, bu san'atning 
Shoir lirikasida qo‘llanilish holatini quyidagicha tasnif qilish mumkin: 
1. Bayt tarkibida bir guruhga mansub va ma'no jihatdan bir-biriga yaqin bir necha 
so‘zlarni keltirish orqali tanosub san'atini qo‘llash.
Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmag‘ay, 
Bu shafaqgun hullakim sham'i shabistonimdadur. 
(“Badoye’ ul-vasat”, 194-g‘azal) 
1. Bayt tarkibida ikki ma'no guruhiga oid so‘zlarni keltirib, har ikki guruh orasidagi 
so‘zlarni bir-biriga qiyoslash yoki qarshi qo‘yish orqali tanosub san'atini 
qo‘llash. Masalan,
Xattining vasfin yozarmen kirpikxoli bila,
Xat yozarda chun zaruratdur qalam birla midod. 
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 120-g‘azal) 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling