Badiiy mahorat masalalarini kengroq va chuqurroq tahlil qilishni taqozo etadi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana05.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1749272
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
navoiy-ijodida-badiiy-san-atlar

Sunbul qilibon qaro uzorin 
 
 
 
 
Ochib qaro zulfi mushkborin. 
(Layli va Majnun) 
Tazmin (ar. – bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo‘ymoq – she'rda o‘zga bir 
Shoir she'ridan bir misra yoki bir bayt kiritish san'ati. Ilmi badi'ga doir deyarli barcha 
manbalarda ushbu san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Tazmin san'atining nomi 
dastlab Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a” asarida (11-a.) uchraydi. Muallif 
tazminni ikki nuqtai nazardan talqin qiladi: 1) avvalgi baytning mazmunini keyingi 
baytda keltirishga asoslangan san'at; 2) she'rda o‘zga Shoir bayti va ushbu bayt 
muallifini keltirishga asoslangan san'at. Roduyoniydan keyingi forsiy manbalarda
asosan ikkinchi talqinga diqqat qaratiladi. Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi' ul-afkor 
fi sanoyi' ul-ash'or” (15-a.) asarida T. san'ati ikki guruhga ajratiladi: 1) Tazmini 
musarrah – misra yoki bayti keltirilayotgan muallif nomi ko‘rsatilgan 2) Tazmini 
mubham – muallif nomi keltirilmagan. Shuningdek, Koshifiy tazminning taxmis va 
tasdis turlari haqida ham ma'lumot keltiradi.
Nasiruddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or” (1251-1252) asarida tazmin san'ati 
Shoirning o‘z fikriga dalil sifatida boshqa bir asardan barchaga ma'lum baytni keltirishi 
bilan bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi va tazmin sifatida keltirilayotgan bayt Shoirning 
boshqa asaridan olingan o‘z ijod mahsuli bo‘lishi ham mumkinligi ta'kidlanadi.
Alisher Navoiy ijodida tazmin san'atining istifoda etilishi aynan “Me'yor ul-
ash'or” muallifi keltirgan mezonlarga mos keladi. Shoirning “Xazoyin ul-maoniy” 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling