Badiiy matnda sifatlash


Badiiy matnda paronim so'zlar,zid ma'noli so'zlar,ko'p ma'noli so'zlar


Download 118.45 Kb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi118.45 Kb.
#1537336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Badiiy matnda sifatlash

Badiiy matnda paronim so'zlar,zid ma'noli so'zlar,ko'p ma'noli so'zlar
Til va yozuvchi о‘rtasidagi munosabatni shaxmat va shaxmatchi о‘rtasidagi munosabatga qiyoslash mumkin. Shahmatda har bir donaning mavqei, darajasi, shaxmat taxtasi ustidagi harakatlanish qoidalari avvaldan belgilangan. Ana shu qoidalarni tugal egallash oqibatida yuzaga kelgan yuksak mahorati tufayli shaxmatchi tamoman yangi, kutilmagan yurishlar qiladi, betakror kombinatsiyalar yaratadiki, bu unga raqibini mag‘lub va muxlisini maftun qilish imkonini beradi. Tilda ham har bir unsurning о‘z vazifasi, ma’no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish qonuniyatlari mavjud. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bо‘lgan, badiiy didi, sо‘z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar, sо‘z chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon adibning nafaqat g‘oyasi, balki gо‘zal tilining asiriga aylanadi. Bunda yozuvchi umumxalq tilidagi badiiy tasvirga favqulodda muvofiq birliklarni tanlash, saralash va sayqallash asosida, lisoniy-badiiy qonuniyatlardan kelib chiqqan holda ularga yuklangan xilma-xil badiiy-estetik ma’nolar hal qiluvchi rol о‘ynaydi.
Sо‘z qо‘llashning san’at darajasida yoki san’at darajasida emasligini baholash uchun, eng avvalo, sо‘z, uning ma’nosi va bu ma’noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim. Albatta, sо‘zning qо‘llanishi bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadigan qо‘shimcha ma’no nozikliklari, mazmun о‘zgachaliklari turli tasvir usullari va vositalari orqali reallashishi mumkin. Ammo ta’kidlash joizki, bunday qо‘shimcha ma’no nozikliklari aksar hollarda, avvalo, sо‘z ma’no qurilishining о‘zida imkoniyat sifatida mavjud bо‘ladi, ular sо‘zning ma’no qurilishi tarkibida ilgaridan qayd etilgan bо‘ladi.
Tildagi nominativ birliklarning ma’no tuzilishini о‘rganishda tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e’tibor qilinadi. Bu masalani monografik tarzda tadqiq etgan V.N.Teliya ta’rificha, «konnotatsiya – til birliklari semantikasiga uzual yoki okkozional ravishda kiradigan, nutq subyektining borliqni jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqqa bо‘lgan hissiy – baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga kо‘ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyat»dir.1 Konnotatsiya, ta’rifidan kо‘rinib turganiday, sо‘zlovchining borliqni ifodalash vositalariga munosabatiga daxldor bо‘lgan jihatdir. Masalan, yuz, bet, chehra, ruxsor, aft, bashara, turq kabi sо‘zlar qatoridan tegishli nutq vaziyati va subyektiv nuqtai nazarga muvofig‘ini tanlash sо‘zlovchining о‘ziga berilgan imkoniyat ekanligi ma’lum. V.N.Teliya ta’kidlaganidek, bunday sо‘zlar semantikasida «sо‘zlovchining ifodalanmishga bо‘lgan munosabati haqidagi informatsiya kodlashtirib qо‘yilgan bо‘ladi va jumla qurilar ekan, xuddi siqilgan prujina qо‘yib yuborilganiday, bu informatsiya darhol ishga tushadi», demak, lug‘at birliklari faqat nominativ faoliyat uchungina emas, balki pragmatik faoliyat uchun tayyor material bо‘lishi mumkin. Tadqiqotchi ayni shu о‘rinda ana shu mulohazalarga asoslangan holda sо‘zning semantik qurilishida nominativ jihatga qо‘shimcha konnotativ jihatning bо‘lishi nutqiy tejamkorlik uchun yordam berishini ham ta’kidlaydi.2 V.N.Teliya sо‘zning leksik ma’nosini, kamida, uch makrouzvning kombinatsiyasi sifatida tasavvur etish mumkinligini aytadi: 1) ma’noning borliqdagi muayyan reallikni ifodalovchi denotativ uzvi; 2) kategorial-grammatik uzvi; 3) nutq subyektining sо‘z orqali ifodalangan narsaga munosabatini anglatadigan emotiv-modal uzvi.3 Ana shu uchinchi uzv ekspressiv bо‘yoq, uslubiy bо‘yoq, emotsional bо‘yoq, subyektiv baho kabi tushunchalarni umumlashtiruvchi konnotativ ma’nolardir. Bunday uzvning mazmun-mohiyati о‘zbek tilshunosligida ham ancha keng ochib berilgan. Masalan, «О‘zbek tili leksikologiyasi» kitobida sо‘z narsa-hodisani ifodalashi barobarida kо‘pincha shu narsa-hodisaga sо‘zlovchining subyektiv munosabatini ham anglatishi alohida ta’kidlangan: «...Lug‘at sostavidagi sо‘zlarni kuzatish ularning ba’zilari biror narsa, hodisalarni atabgina qolmay, ayni paytda sо‘zlovchining ifodalanayotgan tushunchaga о‘z bahosini, munosabatini ifodalanishini ham kо‘rsatadi. Bu munosabat doirasiga g‘azab, erkalash, qoyil qolish, nafratlanish, jirkanish, kinoya kabi xilma-xil emotsional munosabat kо‘rinishlari kiradi. Xususan, azamat, о‘ktam, qoyilmaqom, sо‘lqildoq, boplamoq, olchoq, mal’un, razil, satang, sanqi, asfalasofilin, miyanqi, qoyil, dо‘ndirma, momoqaymoq kabi sо‘zlar, ma’lum tushuncha anglatishdan tashqari, sо‘zlovchining shu tushunchaga loqayd qaramasligini, aksincha, ijobiy va salbiy emotsional munosabatda ekanligini ham kо‘rsatib turadi. Bu baho elementi tinglovchi tomonidan ham odatda sо‘zlovchi nazarda tutgandagidek idrok etiladi. Tilshunoslikda bunday xususiyatga ega bо‘lgan leksika emotsional - ekspressiv leksika, ekspressiv - stilistik leksika terminlari ostida о‘rganilmoqda».4
Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, kо‘p ma’noli, tarixiy va arxaik sо‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid sо‘zlar, chet va vulgar sо‘zlar ajratib olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi.
Ma’nodosh sо‘zlar tilning lug‘aviy jihatdan boylik darajasini kо‘rsatib beruvchi о‘ziga xos vositadir. Tilda ma’nodosh sо‘zlarning kо‘p bо‘lishi tilning estetik vazifasini yanada tо‘liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va о‘rganilgan. О‘zbek tili ma’nodosh sо‘zlarga juda boy. Yozuvchilar tilimizdagi ma’nodosh sо‘zlar ichidan tasvir maqsadi va ruhiga muvofiq keladigan aniq sо‘zni topib о‘z asarlarida qо‘llashga harakat qiladilar, shu tariqa, qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha real kо‘rsatib berishga intiladilar. Badiiy matndagi ma’nodosh sо‘zlar tahlilida, asosan, ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh sо‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bо‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg‘un holda qо‘llashi masalasidir.
Tilshunoslikda ma’nodoshlikning, asosan, uch turi farqlanadi, ya’ni: 1) leksik ma’nodoshlik; 2) frazeologik ma’nodoshlik; va 3) leksik-frazeologik ma’nodoshlik.5 Leksik ma’nodoshlikdan bir necha maqsadlarda foydalaniladi. Til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag‘alligi va rangsizligidan qochish uchun: Ikkala о‘rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, bir-birlariga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovozlari boshqa hamma unlarni bosib ketdi.(CHо‘lpon)6 Tasvir obyektiga e’tiborni jalb qilish uchun: Xolbuki, musulmonlik kiyimda emas, qalbda, dilda. (CHо‘lpon) Ijobiy belgining darajama-daraja ortib borishini aniq ifodalash uchun: Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham bir-biridan yaxshi, bir-biridan soz, bir-biridan ochiq, bir-biridan quvnoq...(CHо‘lpon) Salbiy belgining kuchayib borishini ifodalash uchun: Xо‘sh, mingboshining о‘zi odamlar aytganiday juda xunuk va badbashara odammi? (CHо‘lpon)
Kontekstual ma’nodoshlik. Katta mahoratli yozuvchilarning badiiy til borasidagi ustunliklaridan biri shundaki, ular faqat tilda mavjud bо‘lgan, tayyor ma’nodosh sо‘zlardangina foydalanib qolmasdan, badiiy tasvir ehtiyojiga kо‘ra ma’nodosh bо‘lmagan sо‘zlarni ham shunday qо‘llaydilarki, bu sо‘zlar ham matnda xuddi ma’nodosh sо‘zlar kabi idrok etiladi. Masalan: Kechagina qarg‘ab, sо‘kib, «о‘ldirsam!» deb yurgan kundoshini о‘pib, quchoqlab, silab-siypab bir nafasda ikkalasi «qalin dо‘st» bо‘lgan emishlar. (CHо‘lpon)
Frazeologik ma’nodoshlik. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon kо‘zi о‘ngida aniq va tо‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning ma’nodoshligidan keng foydalaniladi. Toqati toq bо‘lmoq – sabr kosasi tо‘lmoq, burni kо‘tarilmoq – dimog‘i shishmoq, yaxshi kо‘rmoq – kо‘ngil bermoq, ikki oyog‘ini bir etikka tiqmoq – oyoq tirab olmoq, og‘ziga tolqon solmoq – mum tishlamoq kabilar frazeologik ma’nodoshlikka misol bо‘ladi. Jumla tarkibida kelgan ma’nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror bir sifatni, xususiyatni detallashtirib, ikir-chikirigacha kо‘rsatib tasvirlashga xizmat qiladi. Masalan: U yenggan, yutgan, oshig‘i olchi kelgan, deganini bо‘ldirgan kundosh emasmi?
Leksik-frazeologik ma’nodoshlik. «Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizmlar sо‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bо‘la oladi.»7 Masalan: Xursand – og‘zi qulog‘ida, g‘azablanmoq – jahli chiqmoq, beg‘am – dunyoni suv bossa tо‘pig‘iga chiqmaydi kabilar leksik-frazeologik ma’nodoshlik hisoblanadi. Badiiy matnda ma’nodoshlikning bunday turidan holatni bо‘rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi: Qurvon bibi sо‘zga qancha epchil bо‘lsa, Razzoq sо‘fi shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi.
Shakldosh sо‘zlar
Tilimizda tovush (yozuvda harfiy) tomoni bir xil bо‘lib, turlicha ma’nolarni ifodalovchi sо‘zlar mavjud. Bunday sо‘zlar omonimlar deb ataladi. Tilshunoslikda omonimiyaning uch kо‘rinishi mavjudligi ta’kidlanadi: Omoleksema, omograf va omofonlar. «Omoleksemalarni belgilashda talaffuz jihatidan bо‘ladigan bir xillik ham, harfiy (grafik) ifoda jihatidan bо‘ladigan bir xillik ham hisobga olinadi.»8 Masalan, qovoq-I (inson a’zosi) – qovoq-II (о‘simlik nomi). Omograflar esa, harfiy jihatdan bir xil bо‘lib talaffuzi har xil bо‘ladi: tom-I (uyning tomi) – tom-II (jild), atlas-I (ipakdan tayyorlangan mato turi) – atlas-II (xarita). Omofonlar deb talaffuz jihatidan teng kelish hodisasiga aytiladi: bor(Qо‘qonda Urfiy degan, Xо‘jandda Kamol Xо‘jandiy degan shoirlar bir-birlari bilan dо‘st ekan. Kamol Xо‘jandiy Urfiyni mehmonga chaqiribdi. Supada suhbat qilib о‘tirganlarida Kamol Xо‘jandiyning kichkina kuchugi dasturxon yoniga kelib, hatto dasturxonga tegib ketsa ham, u indamas ekan. Urfiyning juda g‘ashi kelib, achchig‘i chiqipti va oxiri sо‘rapti:- Bu maxsumchaga nima nom qо‘yganlar?
Kamol Xо‘jandiy: Urfiy nomlardan birini qо‘yganmiz-da.
Urfiy: Kamoliga yetsin!9
Tuyuq:
Bunim yо‘q, unim yо‘q,
Uyimda unim yо‘q.
Ishimda unum yо‘q,
Aytishga unim yо‘q. (Kamiy)
Paronim sо‘zlar
Paronimlar (para-yonida + onyma-nom) deb fonetik tarkibi boshqa-boshqa, talaffuzdagina о‘xshash, yaqin bо‘lib qolgan sо‘zlarga aytiladi. Abzal (asli afzor-asbob, egar-jabduq) – afzal (lafz sо‘zining kо‘pligi), xalos (ozod bо‘lish) – xolos (faqat), xush (yaxshi, yoqimli) – hush (insonning sezish, idrok etish qobiliyati). «Paronimlarga asoslangan uslubiy figura paronomaziya deb yuritiladi. Badiiy adabiyotda paronomaziyadan ifodalilik, ohangdorlikka erishish, komik effekt yaratish, sо‘z о‘yini hosil qilish kabi maqsadlarda foydalaniladi.»

Download 118.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling