Badiiy matnning lingvopoetik tahlili


Download 37.71 Kb.
bet3/3
Sana22.12.2022
Hajmi37.71 Kb.
#1043899
1   2   3
Bog'liq
AU-guruh. G.Mahmudova. Mustaqil ish. Matn tilshunosligi

-Ertalab tong otishi bilan onam darvozani lang ochib qo’yadi:farishta kirarmish.Hali uyg’onmasimdan gangur –gungur suhbat boshlanadi.
Yaxshi o’tiribsizmi ,poshsha oyi? -Shukur aylanay.O’g’lingizdan xat bormi?
-Ikki haftadan buyon xat kelmayapti, ko’nglim g’ash.
-Unaqa bo’lsa erta-indin o’zi kirib keladi. Meni aytdi dersiz.
Ushbu misol ham yuqoridagi fikrimizga yorqin dalil bo’la oladi.Chunki ayol kishi imkon qadar suhbatdoshining ko’nglini ko’tarishga, ruhiyatini jonlantirishga harakat qiladi. Ayolning ayolligi ham so’z sehrini bilishida va har qanday tarang vaziyatni ijobiy tarafga o’zgartira oladigan nutqiy salohiyat yetukligining sohibasi ekanligidadir. Ayollarning fe’l-atvorlarida ijobiy xislatlar bilan birgalikda salbiy xislatlari ham nutqlarida namoyon bo’lishiga duch kelamiz. Ayollar nutqlarining yana bir jihati shundaki, qarg’ish so’zlar erkaklar nutqiga qaraganda juda ko’p ishlatiladi.Bu qarg’ishlarning katta qismida o’lim tilash ma’nosi anglashiladi. Masalan: bo’yning uzulgur, kafaning lahadda chirigur, go’ringda ilon qopgur, tusingni yel olgur kabi qarg’ish so’zlar ayollar nutqida keng qo’llanadi. Afsuski, bu hodisa nutq madaniyligiga katta zarar yetkazadi. Ayollar nutq madaniyligiga putur yetkazadigan muhim omillardan yana biri maydagaplik, chaqimchilik, g’iybat, gap tashish va mubolag’a, yolg’on unsurlarining nutqda keng foydalanilishidir. O’qimishli, mutolaa zavqini his etadigan ayollar nutqi yuqoridagi salbiy hislatlardan holiroq bo’lishi kuzatiladi. O’zbek ayollari nutqida erkalash sifatlari ham mislsiz o’rin tutadi. Olimlarning tadqiqotiga ko’ra,erkalashlar og’riq qoldiruvchi vosita hisoblanar ekan. Bunday paytda qon aylanish yaxshilanib, qondagi kislarod miqdori 10-15 %ga oshar, qon bosimi mo’tadillashib nafas olish yengillashar ekan. Ayollar farzandalariga murojaat qilayotgan paytlarida bolajonim, boquvchim, ertam egasi, ko’zlarim nuri, borlig’im, deb murojaat qilishadi. Ushbu erkalashlarning zamirida ertangi kunga da’vat g’oyasi namoyon bo’ladi . Bunday murojaatlarni eshitib voyaga yetgan farzand ruhiyati ham mukammal bo’ladi.Ayollar nutqi insonni shaxs sifatida tarbiyalashi va uning ruhiyatiga ijobiy ta’sir o’tkazishi bilan ham lingvokulturologik sohaning o’rganilishi zarur bo’lgan dolzarb mavzularidandir.
XULOSA: Ayollar nutq madaniyatini o’rganishda muallif ular nutqidagi alohida jihatlarga e’tibor qaratish kerak deb hisoblaydi. Nutqning madaniyligini saqlab qolishdagi omillar ko’rib chiqilishi lozimligi ta’kidlanadi. Ayollar nutq madaniyligiga zarar yetkazuvchi g’iybat, chaqimchilik, qarg’ish so’zlardan foydalanishdan cheklanish tavsiya etiladi. Xulosa sifatida gender tilshunosligini o’rganish bilan bir qatorda ayollar nutqini ham tadqiq etish joiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. Sh.Usmanova ,,Lingvakulturalogiya” darslik,Toshkent 2019.
2. Abdulla Qodiriy ,,O’tkan kunlar’’, ,,Yangi asr avlodi’’.Toshkent 2018.
3. O’tkir Hoshimov ,,Dunyoning ishlari’’
4. S. Mo’minning ,,So’zlashish san’ati” Farg’ona nashriyoti 1997.
6. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.-T., 2002, 5-b



1 Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.-T., 2002, 5-b.

Download 37.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling