Badiiy matnning lingvopoetik tahlili
Download 37.71 Kb.
|
AU-guruh. G.Mahmudova. Mustaqil ish. Matn tilshunosligi
AYOLLAR NUTQI
Lingvokulturologiya til va madaniyatning o’zaro aloqasini, uzviy bog’liq jihatlarini,tilda aks etadigan xalq madaniyatining ko’rinishlarini tadqiq etadi. Lingvokulturologiyaning ayollar nutqiga xos bo’lgan jihatlari alohida e’tiborga molikdir. Ayollar nutqidagi madaniylik inson ruhiyatiga so’z bilan ta’sir o’tkazish lingvokulturologiyaning o’ziga xos jihatlaridan biri sanaladi.Ushbu sohada ayollar nutqi haqida gap ketganda,bevosita gender tafovutlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. Nutq uslublari, nutqiy xulq-atvor ko’rinishlari,nutqiy muomala modellarining tanlanishi ayol va erkakning nutq jarayonidagi eng muhim farqlanish jihatlari hisoblanadi. Mazkur holatda uslub deganda lingvistik xususiyatlar majmuyi tushuniladi: fonetik, ritm, intonatsiya, morfologik, sintaksis, leksik xususiyatlar erkak yoki ayollarga xos nutqiy xulq-atvor bilan tasvirlanadi. Ayollar erkaklarga nisbatan tezroq, ko’proq, ifodali gapirishlari mumkin. Ayollar so’zning oxirini ’’yutib yuboradilar’’,erkaklar esa, aksincha, ayollar o’ziga xos ohangda so’zlashishi mumkin. Shuningdek, ayollar nutqiga ularning qaysi millat vakilasi ekanliklari ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Masalan G’arb ayollari savol berib suhbatni davom ettirishga suhbatdoshiga dalda berishga, suhbatni qisqa javoblar bilan qo’llab turishga moyil bo’ladilar. Sharq ayollarining nutqi G’arb ayollari nutqidan ba’zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Kattalarga hurmat, shirin muaomilalilik, andisha, hayo va hamiyatlilikning beqiyos darajasi ularning nutqini bezovchi xususiyatlar hisoblanadi. Ayollar nutq madaniyligida bir holat borki, ayollar qarshi jins vakillariga nisbatan bo’ysinuvchanlik xarakteriga egadirlar. Abdulla Qodiriyning ,,O’tkan kunlar” romanidagi Oftob oyim nutqida bu holat yaqqol namoyon bo’ladi: -Siz muvofiq ko’rgan bir ishka qarshi tushib ra’yingizni qaytarolmayman,chunki nima bo’lganda ham sizning otaliq ismingiz bor,ham ko’broq ixtiyor sizning qo’lingizdadir’’-,deya Mirzakarim qutidorning qizlarini Otabekka berish taklifiga ko’nadi. Ayollar nutqidagi ushbu xususiyat turg’un emasligi bilan ham ajralib turadi. Aynan shu romandagi Otabekning volidasi O’zbek oyim obrazi bo’ysinuvchanlik xususiyatidan ancha yiroq qahramondir. Zero,Otabekni ikkinchi bor uylashga majburlar ekan ,Yusufbek hojining shoshma deyishiga qaramay: -Siz shu kungacha barcha ixtiyorni o’g’lingizga topshirib ,bolani bola qilmadingiz bir xudbin qildingiz. O’g’ul o’stirish bir turda bo’lmas deya keskin fikr bildirishi yuqoridagi bo’ysinuvchanlik omilining tamoman ziddidir. Bundan kelib chiqilsa,bo’ysinuvchanlik omili ham fe’l-atvorga va ayolning oiladagi mavqeyiga ham bog’liq ekanligini ko’rishimiz mumkin. Ayollar nutq intonatsiyasi erkaklarnikiga qaraganda juda katta farq qiladi. Shu bilan bir qatorda o’zbek ayollari nutqiga xos aylanay, girgitton, o’rgilay, qoqindiq kabi so’zlar ijobiy ma’no nozikligini ifodalovchi leksik vostilar sanaladi.Ular ko’proq keksa ayollar tomonidan qo’llanadi.Chunonchi: 1.Qo’shnilar ahvol so’rasa ,ularniyam o’ziniyam yupatadi: -Ha,endi keksalikda ,o’rgilay,lekin onamning oyoq og’rig’i faqat keksalikda emas. 2.-Kel-a, bo’yningda girgitton bo’lib ketay,seni qaysi shamol uchirdi,akam tirilib keldimi,haligina qovog’im uchib turgan edi,-dedi ammam. -Ha ,balli azamat,necha kundan buyon ko’zim uchib ,yo’lpashsha aylanib yurgan edi,haytovur yaxshilikka ko’rinadi. Sen kelar ekansan balli-balli,-dedi pochcham.(G’.G’ulom ,,Shum bola’’) Ayollar nutqidan keltirilgan ba’zi jihatlar faqatgina ularning nutqiga xos bo’ladi. Ayollar muloqotga kirishishda,ya’ni salomlashish,hol-ahvol so’rashning uzun bo’lishi,bir xil fikrlarni takrorlash,hissiyotlarni ochiq ifodalash,boshqalarning gaplarini suhbatdoshiga yetkazish,tanishlarining gaplaridan foydalanish,suhbat chog’ida ma’noli so’zlarning qo’llanishi,erishilgan natijalarni 200%ga mubolag’a qilish,muloqot paytida pauzalarning deyarli bo’lmasligi, suhbatdoshning fikrini tez-tez bo’lishi ,jumlalarning uzun bo’lishi kabi holatlar kiradi. Muhtaram tilshunos olimimiz Siddiq Mo’minning ,,So’zlashish san’ati’’kitobida rus tilshunoslari Vladimir Nalivkin va turmush o’rtog’i V.M. Nalivkinalarning ,,Farg’onadagi o’troq aholi ayollarining turmushiga doir ocherklar’’asari haqida ma’lumot berib o’tilgan.Ushbu ocherklar to’plamida xalq orasidagi ,,Elakka chiqqan ayolning ellik og’iz gapi bor’’ iborasi ilmiy jihatdan tadqiqi yoritib beriladi.Bu o’rganishlar natijasida ayollar qo’shnisining uyiga elak so’rab chiqib qolib ketishi bu ayollarga xos ko’p gapirish xususiyatini emas, balki suhbatdoshidan nimadir so’rashdan avval uning ruhiyatini o’rganishga bog’liq ekanligi ochib beriladi. Ayol suhbatdoshining kayfiyatini bilish uchun imkon qadar suhbatni cho’zishga harakat qiladi. Qo’shnisining harbiy xizmatga ketgan o’g’lidan tortib kichik qizining bo’yi yetib chiroyli qiz bo’lgani bilan suhbatni qizitib borishi ham alohida ahamiyatli hodisadir. Muddaoga birdan o’tmay hol-ahvol so’rab,suhbatdoshining ko’ngliga yo’l topgach: -Esim qursin-a elakka chiqqandim-, deya maqsadini soddagina bayon etadi. Suhbatdan ko’ngli iligan qo’shnisi esa bu buyum o’ziga juda zarur bo’lsa-da uni berib yuboradi. Buning asl mohiyati ayol suhbat jarayonida suhbatdoshiga ruhiy ta’sir o’tkazib borishidadir. Agar suhbatdoshining kayfiyatidan ayolning ko’ngli to’lmasa so’ramoqchi bo’lgan buyumini so’ramasdan ham chiqib ketishi mumkin.O’tkir Hoshimovning ,,Dunyoning ishlari’’asaridagi ,,Kaltakesakning dumi’’hikoyasi shunday so’zlar bilan boshlanadi: Download 37.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling