Badiiy o’qish asoslari va bolalar kitobxonligi fanining maqsad va vazifalari. Kitobxonlik madaniyati


Abu Rayhon Beruniy «O‘tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar» asarida


Download 110.77 Kb.
bet2/5
Sana21.01.2023
Hajmi110.77 Kb.
#1107442
1   2   3   4   5
Bog'liq
КМ 2-маъруза (охирги)

Abu Rayhon Beruniy «O‘tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar» asarida:
“…bizgacha etib kelgan «Avesto» asliyatdagi namunasining beshdan ikki qismi bo‘lib, milodning III asrida Shopur Sosoniy hukmronligi davrida Mutapat Kartir tomonidan kohinlar xotirasidan yozib olingan”.
Qadimgi Turon va Eronda bu xildagi o‘quv maskanlari V asrdayoq yuzaga kelgani ma’lum. Chunonchi, sosoniy hukmdor Firuz Shahriyor (459-483) saltanati zamonida shaxsan uning dasturi asosida bunyod etilgan shunday o‘quv maskanida 800 nafar talaba tahsil olgan. Unda falsafa, falakiyot, tib, mexanika, fizika, she’r va musiqa ilmlari o‘rganilgan.
Ingliz sharqshunosi E.Braun e’tiroficha, o‘quv markazlaridan biri Gundi (Jundi)dagi Shopur hunarmandchilik jamiyati bo‘lib, Sharqda unga teng keladigani tarixdan ma’lum emas. U shu qadar shuhrat topdiki, 529 ta kutubxonasi bo‘lib, ularda musiqa, falsafa, handasa, tib, falakiyot, yulduzshunoslik, hisobu handasa, fizika, mexanika, dorishunoslik, axloq, she’r va go‘yandalikka oid pahlaviy, suryoniy, hindiy va yunon tillaridagi kitoblar jamlangan bo‘lgan. Xuddi shu maskanda Borbad, Sarkash, Sarkab, Romtin, Ozodvar Changiy, Gesui Navogar, Bomshod singari o‘sha zamonning mashhur xonanda, sozanda va raqqosu raqqosalari shogirdlarga o‘z hunarlarini o‘rgatishgan. Shu mulohazalarning o‘ziyoq qadimgi o‘lkamizda maktabning moddiylashuviga shart-sharoitning etiluviga olib kelgan va ajdodlarimiz o‘z ma’naviy kamolotlarini takomillashtirish yo‘lida ilk muhim qadamlarni qo‘ya boshlagan edilar.
“Qur’oni Karim”ning nazariy asoslarini ishlab chiqishda, uning mazmunini talqin qiluvchi tafsirlar yaratishda, qolaversa, Qur’oni karim andeshalarini ham jamiyatga, ham tabiatga tatbiq etib, fan va madaniyatning barcha sohalarida arablarning o‘zlarini ham hayratlantira olgan olamshumul kashfiyotlar qildilar. Imom Ismoil Buxoriy va uning Muso Termiziy singari shogirdlari hadisshunoslikka asos solishdi, Mahmud Zamaxshariy arab tilining ilk ilmiy grammatikasini yaratdi. Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniylar matematik fanlar tizimiga asos soldilar. Abu Nasr Forobiy Sharq falsafasining otasi sifatida tanilib, Aristoteldan keyingi «muallimi soniy» tarzida e’tirof qilindi. Abu Rayhon Beruniy geologiya, geodeziya va elshunoslik fanlari kashshofiga aylangan bo‘lsa, Abu Ali ibn Sino jahon tibbiyot fani asoschisi darajasiga ko‘tarildi. Abu Mansur Moturidiy kalom ilmi asoslarini ishlab chiqqan bo‘lsa, Burhoniddin Marg‘inoniy islom qonunshunosligi (fikh) kashshofiga aylandi. Mirzo Ulug‘bek jahon astronomiya ilmini yangi bosqichga ko‘targan bo‘lsa, Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va tilini jahonshumul yuksaklikka ko‘tardi. Ularning barchalari qomusiy bilimlar sohibi sifatida Sharq uyg‘onishi (renesansi)ni yuzaga keltirdilar.
Islom dinining tez tarqalishi va qaror topishi manfaatlari arablar olamida uni mashhur etti qabila lahjasida o‘qishga ruxsat berilishiga olib kelganligidan qur’onxonlikning «etti qiroat» yo‘nalishidagi etti mazhabi yuzaga kelgan edi. Bu jarayon bora-bora takomillashib, o‘n to‘rt mazhab yo‘nalishigacha o‘sdi, natijada «Ilmi qiroat» alohida fanga aylandi. Shu tariqa Qur’oni karimni boshdan oxirigacha yodlash bilan birga uni go‘zal va yoqimli qiroat qilish san’at darajasiga ko‘tarildi. Bu hol qiroat sirlarini mukammal o‘rgatadigan maxsus maktablarni tashkil etishni taqozo etdi, natijada, Qur’onni yodlash va qiroat qilishni o‘rgatadigan qorixonalar paydo bo‘la boshladi. Bunday maktablarni xatm qilganlar esa qoriy (qori) unvoniga sazovor bo‘lardi.

Download 110.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling