Badiiy o’qish asoslari va bolalar kitobxonligi fanining maqsad va vazifalari. Kitobxonlik madaniyati


Download 110.77 Kb.
bet3/5
Sana21.01.2023
Hajmi110.77 Kb.
#1107442
1   2   3   4   5
Bog'liq
КМ 2-маъруза (охирги)

«Haftiyak»

  • VII asrdayoq Eron pedagoglari tomonidan tuzilgan bu o‘quv kitobi, salkam o‘n to‘rt asr davomida Eron, Markaziy Osiyo, Sharqiy Xitoy, Hindiston va boshqa musulmon o‘lkalarida ilk alifbe vazifasini o‘tab keldi. Haftiyak-forscha tojikcha so‘z bo‘lib, Qur’onning ettidan biri degan ma’noni anglatadi. Unda eng asosiy suralar jamlangan bo‘lib, taxtaxonlik tugashi yoki u bilan baravar o‘qitila boshlangan. Bolalar undagi suralarni birin-ketin hijjalab qiroat qilganlar, dastlabki paytda undagi har bir harf abjad hisobi asosida o‘rganilgan va bu abjadxonlik deb yuritilgan.

«Haftiyak»

  • Haftiyak 13-14 suralarigacha taxtaxonlik bilan baravar o‘qilgan, harfni harf bilan urishtirib o‘qish etakchilik qilgan. Bunda belgi ifoda etadigan tovush emas, balki harfning nomiga e’tibor berilgan. Aytaylik, «maktab» so‘zi o‘qiladigan bo‘lsa, mim va qof mak hamda te va be -tab demak, shu ikki hijo birgalikda maktab tarzida qiroat qilingan. Boshqa usullarda ham taxminan shunday yo‘l tutilgan- harflar nomlari aytilgan holda ularni bir-biriga qo‘shib, so‘zni tiklash yo‘lidan borilgan. Shu boisdan bolalar so‘z shaklini esda saqlashga e’tibor berib, suralarni asosan yodlaganlar, uning mazmunini tushunib olishga u qadar ahamiyat bermaganlar.

«Yosin» va «Taborak» suralaridan boshlab hijjalab emas, balki so‘zlarni o‘qish usuliga o‘tilgan. Qay bir o‘quvchining zehni o‘tkirroq, xotirasi mustahkamroq bo‘lsa, suralarni tezroq yodlashga ulgurgan. Shu bois «Haftiyak»ni o‘rganish ikki yilgacha cho‘zilgan. Uni boshdan oxirigacha yodlab ulgurganlargina xatmi kutub1 qilib, shundan keyingina Qur’oni karim mutolaasini boshlashgan. Shu ma’noda «Haftiyak» nafaqat ilk o‘qish kitobi, balki bolalarni Qur’oni karimni o‘qishga shaylaydigan, uning ruhiga olib kiradigan ilk islomiy saboq vazifasini o‘tagan.
Qur’on nozil qilina boshlagan kezlardayoq sura va oyatlarning mazmunini tushunish uchun sahobalar payg‘ambarlardan ularni izohlashni so‘rab borganlar.
Islom ahkomlari xususida payg‘ambar va’zlar aytgan, shu asosda islom ta’limotini ommaga yoyish avj olgan. Natijada Muhammad alayhissalomning muborak so‘zlari, naqli va xabarlari yuzaga kelganki, bular hadislar deb yuritila boshlangan. Ilk maktablarda ham «Haftiyak» va Qur’oni karimni o‘qish va o‘qitish jarayonida sura va oyatlar mohiyatini tushuntirishda hadislardan ifoda etishga to‘g‘ri kelgan, shu tariqa ommaviy hadisxonlikdan farqlanuvchi maktab hadisxonligi yuzaga kelgan. «Chor kitob» paydo bo‘lguniga qadar Qur’ondan keyin hadis sabog‘i an’anaga aylangan va bu an’ana tolibul ilmlarni diniy-axloqiy ruhda tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etgan.

Download 110.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling