Sensan sevarim, xoh inon , xoh inonma, Qondir jigarim xoh inon , xoh inonma –
Tarzida bog’lanuvchi g’azalida Lutfiyning mashhur g’azalidan bayt keltiradi.
TAZOD
Baytda ma’no jihatidan o’zaro zid, qarama – qarshi bo’lgan (antonim) so’zlarni qo’llab, ta’sirchan badiiy timsollar, lavhalar yaratish tazod (ar.»zid qo’yish», «qarshilantirish») sanátidir. Bu san’at «contrast priyomi» deb ham yuritiladi.
Tazod san’ati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi.
Atoyi she’rida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o‘xshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qo‘llangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini kitobxon ko‘z oldida aniq va ta’sirchan tarzda tasavvur eta oladi:
Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur,
Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofiqtur.
Bu yerda «tirilmoq» va «o‘lmoq» so‘zlari o‘zaro zid qo‘yilgan.
Quyidagi baytdagi tazodlar «nasya» bilan «naqd» so‘zlari tufayli hosil bo‘lgan:
Bu kun vaslingni tark ay la, tilar jannat zohidlar, Berurlar nasyag‘a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur? (Atoyi)
She’riy san’atlarni qo‘llashda ham Navoiy dahosiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Quyidagi misolning har ikki misrasi- da ham tazod mavjud:
Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor. (Alisher Navoiy)
Turdi Fаrоg’iyning quyidаgi misrаlаridа hаm tаzоd sаn’аti qo’llаngаn:
Do'stlaringiz bilan baham: |