Badiiy san’at turlari tasdir
Download 103 Kb.
|
ШЕЪРИЙ САНЪАТЛАР 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Atoyi)
. Badiiy san’at turlari TASDIR Tasdir - badiiy san’atning eng ko‘p tarqalgan, so‘zlar takroriga asoslangan turi. Bu san’atning mohiyati shunday: baytni boshlagan so‘z, uning oxirida ham takrorlanadi. Men bu yuz mushtoqidurmen, bog‘-u bo‘stonkim bo‘lur, Bo‘lmasin nasrin-u lola, arg‘uvon sizsiz menga. (Atoyi) Tasdir so‘zlar bir xil shaklda qo‘llansa ham, ular mazmu- nan farq qiladi, ya’ni ular ifodalagan ma’no ayni bir narsani emas, balki boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalaydi. Bunday holda tajnis - shakldoshlar yuzaga keladi. TASBE Tasdirda birinchi misraning dastlabki so‘zi (yoki so‘zlari) ikkinchi misra oxirida takrorlansa, tasbeda birinchi misra oxi- ridagi so‘z keyingi misra boshida takrorlanadi. Tasbening asosiy xususiyati shundaki, u kitobxon diqqatini fikr yuritayotgan obyektga markazlashtiruvchi linza vazifasini bajaradi. Chunki birinchi misra oxiridagi so‘zning keyingi misrani boshlashi beixtiyor kitobxon ongida ta’sir qo‘zg‘ata- di va bu ta’sir kitobxonni shu so‘z ustida o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun ham yetuk shoirlarning deyarli barchasi tasbe uchun baytdagi eng muhim so‘zlarni tanlaydi. Kuchum yetguncha ko‘p qildim vafolar, V a f o li qulni asrar podsholar. (Xorazmiy) TARDI AKS Tardi aks (ar.»teskari qilib takrorlash») she’rning birinchi misrasida keltirilgan so’z yoki so’z birikmalarini keying misrada o’rnini almashtirib qaytarishni nazarda tutadi. Tardi aks ham so‘z takroriga bag‘ishlangan lafziy san’atlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham so‘zlar takroriga tayangan boshqa san’atlarga - tasdir, tasbe, ishtiqoqqa ya qin turadi. Bu yaqinlik tardi aksda ham so‘zlarning takrorla nishidir. Tardi aksda takrorlangan so‘zlarning o‘rni qat’iy emas, unda takrorlanayotgan so‘zlarning miqdori ikki yoki undan ortiq bo‘lib, ular o‘rinlarini almashtirgan holda qo‘llangan bo‘lish lari shartdir: Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur. (Atoyi) Alisher Navoiyning: Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur. Misralari bilan boshlanadigan g‘azali boshdan oyoq mana shu san’atning qo‘llangani bilan ajralib turadi. «Balo» va «qaro» so‘zlari dastlabki oddiy tartibida ko‘zning qoraligini ta’kidlash uchun bo‘ysundirilgan. U «shunchalik», «nihoyatda» kabi so‘zlarning o‘rnida kelgan deyish mumkin. Ammo ularning o‘rni almashganidan keyin, ikkinchi misrada mut- laqo boshqa ma’no va mazmun yuzaga keladi. «Qaro balo» baloning rangini emas, balki uning darajasini, dahshatini ifodalaydi. Begona bo‘lubtur oshnodin, Begonag‘a oshno bo‘lubtur. Bu baytda «bo‘lubtur» va «oshno» so‘zlari istifoda etilgan. Natijada ma’noda kutilmagan yangi bir qirra ko‘zga tashlangan. Bu shoir uchun o‘zbek tilining o‘ziga xos ifoda imkoniyatini ko‘rsatishiga ham keng maydon ochib bergan. TAZMIN (AR. «bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo’ymoq») she’rga o’zga shoir (ko’pincha ustozlar) she’ridan bir misra yoki bir bayt olib , o’sha vazn , o’sha qofiya va radifda mazmunga muvofiq she’r bitish san’ati hisoblanadi. Masalan, Mashrab o’zining Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling