Badiiy san’at turlari tasdir


Tor ko‘ngullik beklar, manman demang, kenglik


Download 103 Kb.
bet3/3
Sana25.04.2023
Hajmi103 Kb.
#1396833
1   2   3
Bog'liq
ШЕЪРИЙ САНЪАТЛАР 4

Tor ko‘ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidir, tenglik qiling.

TASHBEH (ar. «o’xshatish») – biror obraz yoki undan ortiq narsa va hodisalar, xususiyatlar o’rtasida mavjud bo’lgan o’xshashlik, sifat, belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o’zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa – hodisalarning ayrim xususiyati yorqin va ta’sirliroq shaklda ochib beriladi.
Tashbih adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’atlardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘xshatish desa ham boTadi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o'xshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o'sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga o‘xshatishdir. Masalan, «Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulga o‘xshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishi mumkin:
Oxshamish - tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz).
0‘xshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tu­shuncha (gul).
Asos - nimaga ko‘ra o‘xshatishning yuzaga chiqqanligi (go‘zallikda).
Vosita - o‘xshatilish belgisi (kabi).
Vosita ishtirok etgan o‘xshatishlarda tashbih aniq ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida -dek, -day, -cha, -simon, -vor,
-saro, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar, kabi, sin- gari, misli, gokyo, vanglig% xuddi, o‘xshab, nechukki
va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘p hollarda asos ishtirok etmaydi. Misollarga murojaat qilamiz:
Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh kо CHаgа olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru yel yangi ig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yangiig‘.
Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘xshamish bi­lan o‘xshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hiloldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» de- yish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga «yuzi oy» ishlatiladi:
Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Xilqat alarg‘a-u sanga - tiyra xok, -
baytida ham shu hoiatni ko‘rish mumkin. Asos va vositaning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘xshamish bi­lan o‘xshatilmish ishtirok etgan o‘xshatish san’ati mutlaq tashbih (aniq o‘xshatish) deyiladi.
Ayrim o‘rinlarda o‘xshamish ham tushib, o‘xshatilmish- ning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «оu», «gul» so‘z-
larining o‘zi o‘xshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbih (ishora o‘xshatish) deb ataladi.
Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beri bon bog‘ni ma’inur qil, -
baytida to'rtta kinoya tashbih bor: bo‘ri - bo‘ridek talovchilar, gala - gala singari xalq, suv - suvdek (zarur) adolat, bog‘- bog‘ga o‘xshash mamlakat tashbihlarining ishoralaridir.
Atoyining quyidagi misralarida ham tashbehning go‘zal namunasi yaratilgan:
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.
Ko‘rinib turganidek, go‘zal yor (sanam) pariga o‘xshatil- moqda. Xalq tasavvurida pari suv yoqasida (daryo qirg‘og‘ida, ariq bo‘yida) bo‘ladi. Shoir ana shu xalqona tasavvurdan ham ustalik bilan foydalanmoqda.
Sulton Alixo‘ja, Hakimjon ikav,
Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.
Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,
Xo‘ja - chiroq yog‘i, Hakimjon - pilik.
(O ‘xshatish)



Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling