"Badminton" to’garagi O’quv dasturi


Download 0.51 Mb.
Sana04.11.2020
Hajmi0.51 Mb.
#140494
Bog'liq
Badminton o'quv dastur


“Badminton” to’garagi

O’QUV DASTURI

KIRISH

Ushbu o’quv dasturi jismoniy madaniyat dasturi asosida ishlab chiqilgan. Jismoniy tarbiya va madaniyatga bugungi kunda alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jismoniy mashq bilan shug’ullanish organizmning barcha funksiyalarini yaxshilaydi, asab tizimini mustahkamlaydi, yurak – qon tomirlari, nafas olish tizimini, bosh harakat tizimini, organizmning himoya tizimini yaxshilaydi.

Ushbu to’garakninh asosiy maqsadi, yoshlarni jismonan sog’lom chiniqtirish bilan birga, yoshlar va barcha do’stlari orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishda ishtirokchi bo’lish istagini tarbiyalashdir.

O’quv dastur bir o’quv yiliga mo’lgallangan.

Dastur nazariy – amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga olgan.

Maqsad:

To’garak a’zolarining jismoniy holatiga ta’sir etish, jismoniy rivojlantirish? Jismoniy mehnat va jismoniy tarbiyaga mehr – muhabbatini oshirish.

Vazifalar:

Dasturni amalga oshirilishi:

- to’garak a’zolarini organizmlarini chiniqtirish va sog’ligini oshirish;

- umumjismoniy tayyorgarliklarini oshirish, to’g’ri jismoniy tarbiyaga yo’naltirish;

- o’yin texnikasi va taktikasini mukammal o’rganishga yo’naltirish;

- tayyorgarlik turiga ko’ra normativlarni topshirishiga tayyorlash.

“Badminton” to’garagining asosiy vazifasi – jismoniy, texnik, nazariy va amaliy tayyorgarlikni sifatli(normativ talablarga ko’ra) va ko'rsatkichli(soatlarda) amalga oshirish.

To’garak a’zolarini o’yinning nazariy va amaliy jixatlariga o’rgatish.

Mashg’ulotlar haftada 2 kun 1 o’quv yiliga mo’lgallangan ish reja asosida tashkil etiladi.

Guruhda 10 nafar to’garak a’zosi bo’ladi.

Ushbu to’garakka maktabda jismoniy tarbiya darslariga ishtiroki ruxsat etilgan, sog’lom a’zolar qabul qilinadi. To’garak a’zolari o’quv yili davomida yana ikki bor tibbiy ko’rikdan o’tadilar.

O’quv yili davomida to’garak a’zolarining olgan bilim va malakalari monitoring amalga oshiriladi.

Bilib oladi:

Yomon odatlar va turli kasalliklarni oldini olishda sportning ahamiyatini;

Jismoniy mashq va tayyorgarlikning chegarasini;

Sport kiyimi va sport anjomlarini toza va ozoda tutishni, gigiyena qoidalaridan noto’g’ri foydalanish oqibatida turli travmalar olishlari mumkinligini;

Ushbu to’garak mashg’ulotlari ularning qolgan dars jarayonlariga xalaqit bermasligini;

Badminton sport turning asoslarini;

O’yin qoidalarini;

O’yin texnikasi va taktikasini;

Guruhlar tuzulishini;

O’quv mashg’ulotlarda hakamlik qilish metod va qoidalarini bilib olishadi.



O’QUV DASTURI



Mavzular

Soatlar

Jami

Nazariy

Amaliy

1.

Kirish. O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport

3




3

2.


Jismoniy tarbiyaning inson hayotidagi o’rni. Texnika xafvsizligi va gigiyena qoidalari

3




3

3.


Odam tanasining tuzulishi va vazifalari

3




3

4.


Insonning uyak – qon tomirlari haqida ma’lumot. To’g’ri nafas olish va nafas chiqarish

3

3

6

5

Jismoniy mashqlarning inson organizmiga ta’siri

3




3

6

Jismoniy mashqlarning harakat va tananing tuzulishiga ijobiy ta’siri.

3

3

6

7

Badminton bilan shug’ullanishda nafasning ahamiyati

3

3

6

8

Gigiyena, shifokor nazorati, shaxsiy nazorat.

3

3

6

9

Badminton bilan shug’ullanuvchilar uchun umumiy gigiyena talablari. Sport kiyimi va sport anjomlariga gigiyenik talablar.

6

6

12

10

Ovqatlanish tartibi. Badminton bilan shug’ullanayotganda olishi mumkin bo’lgan travmalar.

6

6

12

11

Badminton o’ynash qoidalari. O’yinning qisqartirilgan qoidalari. Badminton o’yinchisining sport kiyimi

6

6

12

12

Badminton o’yini hakamining terminologiyasi va jest(qo’l harakat)lari

6

6

12

13

Mashg’ulot o’tish joylari va inventarlari. Inventarlarni asrash qoidalari

3

3

6

14

Maxsus tayyorgarlik. Tezkor javob qaytarish uchun tezlikni oshirish mashqlari

6

6

12

15

To’xtash – yugurish mashqlari.

6

6

12

16

Sakrash mashqlari. Shakrashni rivojlamtiruvchi mashqlar

3

3

6

17

Qo’l soha mashqlari. Qo’l harakatini chaqqonlashtiruvchi mashqlar

3

3

6

18

Hujum qilish texnikasi

3

6

9

19

Turishning boshlang’ich turish va o’zgaruvchanligi texnikasi

3

6

9

20

Raketkani to’g’ri ushlash texnikasi

3

6

9

21

Hujumni raketkaning old va orqa qismida qaytarish texnikasi

3

6

9

22

Volan bilan turli janglyorlik mashqlari

3

6

9

23

Badmintonda o’yinga to’g’ri turish(stoyka)

3

6

9

24

Hujum texnika turlari.

3

6

9

25

Volanni yetkazib berish(podacha) texnikasi

3

6

9

26

Volanni urish jarayonidagi kuch texnikasi

3

6

9

27

O’yin stoykalari: boshlang’ich, o’rta va oxirgi

3

6

9




99

117

216

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


O’quv metodik qo’llanmalar

1. Бадминтон: учебник для студентов вузов по направлению 032100 – физ.культура / Ю.Н. Смирнов. – 2-е изд., исправ. и доп. – М.: Советский спорт, 2011. – 248 с.

2. Бадминтон в системе физического воспитания студенческой молодежи: методические указания / В.М. Мачнев. – Оренбург: ГОУ ОГУ, 2003. – 27 с.

3. Бадминтон на этапе начальной подготовки в вузах: учебное пособие / В.Г. Турманидзе. – Омск: Изд-во Ом.гос. ун-та, 2008. – 72 с.

4. Бадминтон: примерная программа спортивной подготовки для ДЮСШ, СДЮШОР, УОР и ШВСМ / А.Н. Горячев; А.А. Ивашин; Московская городская федерация бадминтона. – М.: Советский спорт, 2010. – 160 с.

5. Игра бадминтон: учебно-методическое издание / А.В. Щербаков, Н.И. Щербакова. – М.: ООО «Гражданский альянс», 2009. – 121 с.



6. Тристан В.Г. Физиология спорта: учеб.пособие / В.Г. Тристан, О.В. Погадаева. – Омск: СибГУФК, 2003. – 92 с.

7. Учимся играть в бадминтон / В.Г. Турманидзе., А.В. Турманидзе. – М.: Чистые пруды, 2009. – 32 с.: ил. – (Библиотека «первого сентября».Серия «Спорт в школе», вып. 25).
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling