Badminton


Download 282.5 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi282.5 Kb.
#1355986
Bog'liq
ko\'rgazma yengil atletrika


Badminton
Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib oʻynaladigan tennisga oʻxshash sport oʻyini. Oʻyin toʻrtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha oʻlchovi 13,4x5,2 m va juftli oʻyinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan toʻrda oʻtkaziladi. Oʻyinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Xol 0 va juft boʻlganda koptokcha oʻngdan, toq boʻlganda chapdan uriladi. Juftli oʻyinlarda oʻng tomondan boshlanib, har xoldan keyin oʻyinchilar sherigi bilan oʻrin almashtiradi. B. qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70-yillarida Angliyada rasm boʻlib, oʻyin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934-yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat aʼzo (1991). 1977-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi. 1992-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947-yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955-yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. B. Oʻzbekistonda 50-yillardan rivojlana boshladi.




Yugurish
Yugurish (sportda) — yengil atletika turi. Yugurish barcha sport turlaridan musobaqalarri va mashgʻulotlari tarkibiga kirgan. Olimpiada oʻyinlarida yugurish boʻyicha qisqa masofa (100, 200, 400 m), oʻrta masofa (800, 1500 m), uzoq masofa (3000, 5000, 10000 m), marafon (42 km 195 m), estafeta (4x100, 4x400 m), toʻsiqlar osha yugurish (100, 110, 400 m), gʻovlar osha yugurish (3000 m), yettikurash (100 m ga toʻsiqlar osha yugurish, 200, 800 m), oʻnkurash (100, 400, 1500 m, 110 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va zamonaviy beshkurash (4000 m)da musobaqalar oʻtkaziladi. Shuningdek, yengil atletika musobaqalarida mavqeiga qarab boshqa masofalarda ham yugurish poygalari tashkil etiladi.
Yugurish musobaqalari qadimdan Oʻzbekiston xalqi turmush tarzidan oʻrin olganini Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy rasmlarit aks ettirilgan yugurayotgan odamlar tasvirlarida koʻrish mumkin. 1916-yilda Margʻilonda yugurish yoʻlkasi qurilgandan keyin zamonaviy qoidalar asosida respublikada ommaviy musobaqalar tashkil etila boshlagan. Hozirgi vaqtda har bir yengil atletika musobaqasida yugurish turlari ham kiritiladi. Oʻzbekistonda yugurish boʻyicha Nikolay Ovsyannikov, Farida Hasanova, Mamatqul Oltiboyev, Aleksandr Chexonin, Ashur Normurodov, Roza Babich, Svetlana Oʻlmasova, Zamira Zayseva, Marina Shmonina, Anvar Koʻchmurodov, Lyudmila Perepeleva kabi taniqli sportchilar yetishib chiqqan




Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling