Mavzu: Shell komanda qobig’ida ishlash
Ishdan maqsad: Linux operatsion tizimida buyruqlar qatori bilan ishlashni o’rganish. shell komanda qobig’i bilan ishlashni o’rganish. Eng ko’p ishlatiladigan buyruqlarni bajarish ko’nikmalarini hosil qilish
Nazariy qism:
Eng ko’p foydalaniladigan Linux buyruqlari
Terminalda navigatsiya buyruqlari
&& — bu buyruq asosiy hisoblanadi, aslida u buyruq ham emas. Agar terminalda bir nechta buyruqni ketma ket bajarmoqchi bo’lsangiz shunchaki && ni ular orasiga joylashtiring. Misol uchun, [buyruq1] && [buyruq2] dastlab [buyruq1] ni, uning ketidan [buyruq2] ni ishga tushiradi. Istalgancha buyruqlarni shu tartibda bajarishingiz mumkin.
! — Bu buyruq oxirgi ishlatilgan buyruqni qayta ishga tushiradi. Uni history buyrug’I bilan birgalikda ishlatish yaxshi usul hisoblanadi. Siz buyruqlar tarixidagi n-buyruqni !n buyrug’i bilan qaytarishingiz mumkin. Shuningdek siz n ta buyruq oldin bajargan buyruqni !-n buyrug’i bilan takroran bajarishingiz mumkin.
cd — Joriy direktoriyani o’zgartiradi.
clear — Terminal oynasini tozalaydi.
history — Oxirgi ishlatilgan buyruqlar tarixini ko’rsatadi. Siz shuningdek klaviaturada yuqoriga va pastga tugmalarini bosib, oxirgi ishlatilgan buyruqlarni o’tkazib ko’rishingiz mumkin.
ls — Joriy direktoriyadagi fayl va papkalarni ko’rsatadi. Ko’rinadigan ro’yxat formatini turli parametrlar yordamida o’zgartirishingiz mumkin.
man — Qidiruvga asosan yordam oynasini (manual) ko’rsatadi. Buyruqni qanday ishlatishni o’rganish uchun yoki biror buyruqning qo’shimcha parametrlarini ko’rib olish uchun juda qulay. Qachon ikkilansangiz man buyrug’idan foydalaning
.
pwd — joriy direktoriyani absolyut yo’l sifatida ko’rsatadi.
whatis — Buyruq qatori dasturlarini qisqa ta’rifini ko’rsatadi. Bu buyruqni man ning qisqa ko’rinishi sifatida qabul qiling. Bu buyruqni buyruq nima ish bajarishini bilmoqchi bo’lsangiz va to’liq ma’lumot shart bo’lmasa ishlating.
Do'stlaringiz bilan baham: |