Baholash ishi va investitsiyalar
-rasm. Korxonaning axborotlari
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
7-rasm. Korxonaning axborotlari
14 Ishlab chiqarish quvvatlari. Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi,bir tomondan,unga nisbatan talab bilan, ikkinchi tomondan esa, uniishlab chiqarish uchunishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi bilanbelgilanadi. Shuning uchun, ayniqsa, prognozlarni tuzishda, bo‗lajak kapital qo‗yilmalarini hisobgaolgan holda korxonada ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligihaqida malumotlarni hisobga olish lozim. Ishchi va boshqaruv xodimlari. Ishlab chiqarishning mazkur omili korxona qiymatiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Yopiq turdagi korxonalarda xodimlarning mehnati aksiyalar bilan qisman qoplanishi (xizmatchilarning foydada ishtirok etish dasturi) va bunda korxona xodimlari aksiyalarning ma‘lum paketga ega bo‗lgan korxonamulkdori sifatida ishtirok etishi mumkin. Korxona boshqaruvchisi asosiy shaxs bo‗lib, biznesning samarali boshqarilishiniva rivojlanishini ta‘minlashi mumkin. Mazkur bo'lim axborotinitahlil qilishning muhim jihati bo'lib tarmoq bo'yicha o'rtachama‘lumotlar bilan solishtirilganda korxonada ish haqining darajasi hisoblanadi.Ko'p yoki kam tomonga farqlanishga baholanayotgan biznes 14 Абдураҳмонов И. Рыночная стоимостъ-это стандартная база оценки // Частная собственностъ.-2003.-№18. C-13. 45 xususiyatlarini aniqlash maqsadi sifatida qaralishi kerak, shuningdek unga hisobotni bir me‘yorga keltirish chog'ida tuzatishlar kiritilishi mumkin. Asosiy axborot manbalari: - biznes-reja; - korxona rahbari bilan suhbat; - marketing ma‘lumotlari; - retrospektiv moliyaviy hisobot. Ichki moliyaviy hisobot. Joriy va retrospektiv moliyaviy axborotdan foydalanish va uni tahlil qilish maqsadi baholash sanasida korxonaning real moliyaviy ahvolini, sof foyda, moliyaviy xatar hamda moddiy va nomoddiy aktivlarning haqiqiy miqdorini aniqlashdan iborat. Baholashning maqsadlariga qarab korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish yo'nalishlari o'zgarishi mumkin. Agar korxona aksiyalarining minoritar (nazoratsiz) paketi qiymati baholanayotgan bo'lsa, u holda imkoniyatli sarmoyadorni ko'proq korxona rentabelligining prognoz bahosi, uning dividendlar to'lash qobiliyati qiziqtiradi. Baholash jarayonida tahlil qilinadigan moliyaviy hisobotning asosiy hujjatlari: - buxgalteriya balansi; - moliyaviy natijalar haqida hisobot; - mablag'lar harakati haqida hisobot. Bundan tashqari, buxgalterlik hisobining boshqa rasmiy shakllaridan, shuningdek, korxonaning ichki hisobotidan foydalanish mumkin. Har qanday korxonada, ayniqsa, yopiq turdagi korxonada baholash ishlari uchun muhim hujjatlar to'plamidan, shuningdek, bevosita korxona rahbarlaridan olingan axborotdan foydalanish lozim. Ichki axborotni yig'ish ishlarining maqsadi quyidagilardan iborat: - bo'lajak tendensiyalarni aniqlash maqsadida korxonaning tarixini tahlil qilish; - sotuvlar hajmlari, foydaning pul oqimlarini bashorat qilish uchun axborot 46 yig'ish; - baholanayotganbiznesga xos bo'lgan xatar omillarini hisobga olish; - moliyaviy hujjatlarni tahlilqilish; - rahbarlar bilan suhbat va yanada haqqoniy baholash imkonini beruvchi qo'shimcha axborotlar yig'ish. Zarur holda baholovchi tarmoqning o‗xshash korxonalari yoki tarmoq bo‗yicha o‗rtacha ko‗rsatkichlar bilan qiyosiylikka va korxona pul oqimlarini prognoz qilishda qo‗llanishga yaroqlilikka erishish uchun moliyaviy hisobotni me‘yorga solishni - baholanayotgan biznes qiymatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadigan ko‗rsatkichlar bo‗yicha tuzatish kiritishni amalga oshiradi. Tuzatishlarni kiritish uchun asoslar va ularning qo‗llanishi baholash to‗g‗risidagi hisobotda keltirilishi lozim. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling