Baholash ishi va investitsiyalar
-rasm. Biznes va uning tarkibiy qismlarining turli bozorlarda ishtiroki
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
2-rasm. Biznes va uning tarkibiy qismlarining turli bozorlarda ishtiroki. 6 Biznes tovarining barcha belgilariga ega va u fuqarolik-huquqiy muomala obyekti bo‗lislu mumkin. Lekin bu alohida turdagi tovar hisoblanadi. Va ana shu alohidalikni baholovchi xususiyatlar uni baholashmng tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini belgilab beradi. Birinchidan, biznes - bu investitsiya tovari, ya‘ni unga kelajakda foyda olish maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar vaqt bo‗yicha ajratilgan. Bunda kutilayotgan foydaning miqdori ma‘lum emas, ya‘ni ehtimoliy xususiyatga ega, shuning uchun sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatarini hisobga olishiga to‗g‗ri keladi. Agar bo‗lajak daromadlar ularni olish vaqtini hisobga olgan holda investitsiya tovarini xarid qilish xarajatlaridan kam bo‗lsa, u investitsiyaviy jozibadorligini yo‗qotadi, Shunday qilib, mulkdor oladigan bolajak daromadlarning joriy qiymati xaridor tomonidan bozor narxining yuqori chegarasini o‗zida namoyon etadi. Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u butun tizim sifatida ham yoki uning alohida kichik bo'lagi va xatto qismi sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda uning muayyan sarmoya bilan, muayyan tashkihy-iqtisodiy shakl bilan aloqasi uziladi, biznesning qismlari boshqa, sifat jihatdan yangi tizimm (korxonani) shakllantirish 6 Xodiyev B.YU., Berkinov B.B., Kravchenko A.N. Biznes qiymatini baholash. – T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2007 y. – 7- b. Biznes va uning tarkibiy qismlari Tovar bozorlari Fond bozori Ko`chmas mulk bozori Ko`char mulk va jihozlar bozori Kreditlar bozori Nomoddiy aktivlar bozori Sug`urta bozori Boshqaruvchilar bozori 13 asosiga aylanadi. Bunda biznesning o‗zi emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari amalda tovar bo‗ladi. Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo‗lgan ehtiyoj tovarning ichida ham, tashqi muhitda ham kechadigan jarayonlarga bog‗liq. Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi beqarorlik biznesni ham beqarorlikka olib keladi, ikkinchi tomondan, biznesning beqarorligi jamiyatning o‗zidagi beqarorlikning yanada o‗sishiga olib keladi. Bundan biznesning tovar sifatidagi yana bir xususiyati - uning fuqarolik- huquqiy muomalasini tartibga solishga bo‗lgan ehtiyoj kelib chiqadi. To‗rtinchidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik uchun alohida ahamiyatini hisobga olgan holda nafaqat biznes aylanishi mexanizmini tartibga solishda, balki biznesning bozor narxini shakllantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda ham davlatning ishtiroki zarur.Biznes tovar sifatida tegishli bozorlar va ularning infratuzilmasini rivojlantirish zaruratini shart qilib qo‗yadi. Bunda ushbu tovar butunligicha ham, uning alohida qismlari bilan ham sotilishi mumkin, bu biznesni ko‗char va ko‗chmas mulk bozorlariga ham, fond (sarmoya) bozorlariga ham jalb etish imkomyatini nazarda tutadi. Biznesning mulkiy bozorlardagi ishtiroki ular orqali mulk huquqlari va ular bilan bog'liq manfaatlar boshqa shaxsga o'tkaziladigan, narxlar belgilanadigan va yerdan foydalanishning turli raqobat qiluvchi variantlari o'rtasidagi kenglik taqsimlanadigan tartib va mexanizmlar to‗plamiga mos keladi. Biznesning mulkiy qismining mulk bozorlarida ishtiroki ko‗char va ko‗chmas mulknmg turli xillari uchun belgilangan mexanizmlaiga muvofiq amalga oshiriladi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling