Baholash ishi va investitsiyalar
-rasm.Tarmoq axborotini yig’ish va tahlil qilish yo’nalishlari
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
6-rasm.Tarmoq axborotini yig’ish va tahlil qilish yo’nalishlari
13 Normativ-huquqiy baza korxonalarda tarmoqqa kirish uchun cheklovlar mavjudligini hisobga olgan holda belgilanadi. Agar asosiy moliyaviy koeffitsiyentlar bo'yicha tarmoqdagi o'rtacha ma‘lumotlar mavjud bo‗lsa, ulardan 13 Абдураҳмонов И. Рыночная стоимостъ-это стандартная база оценки // Частная собственностъ.-2003.-№8.C- 12. 41 baholash jarayonida foydalanish zarur. Baholanayotgan korxona ma‘lumotlarini tarmoqning boshqa korxonalarining ana shunday ko'rsatkichlari bilan taqqoslash tarmoqni tadqiq etishdagi muhim bosqich hisoblanadi, chunki u baholanayotgan korxonaning reytingini aniqlash, foydalilik va xarajatlarining talab etiladigan miqdoriga nisbatan ishonchli prognozlarni tuzish imkonini beradi. Asosiy axborot manbalari: - statistika organlarining ma‘lumotlari; - O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari; - tarmoqqa oid axborot bulletenlari, - biznes-reja. Sotish bozorlari. Taklif, talab, narx bozor iqtisodiyotini tartibga solishning muhim vositalari hisoblanadi. Talab va taklif o'rtasida muvozanatga erishish umumiy makroiqtisodiy muvozanatni ham, mahsulot sotishning o'ziga xos xususiyatlarini ham belgilab beradi. Korxona tovarlarni sotish bo'yicha tanlagan strategiyani tahlil qilish uchun to‗rtta muqobil strategiyadan foydalanish mumkin: 1. Yuzaga kelgan bozorga raqobatchilar olib chiqqan mahsulot bilan kirib borish. 2. Bozorning yangi segmentlarini barpo etish hisobidan bozorni rivojlantirish. 3. Yangi tovarlar ishlab chiqish yoki avvalgi tovarlarni takomillashtirish. 4. Yangi bozorlarni o'zlashtirish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotni diversifikatsiyalash. Tovarlarni sotish strategiyasiga qarab sotiladigan mahsulot hajmining prognozi tuziladi. Tanlangan strategiyani amalga oshirishdagi cheklovlar: talab hajmi va yetkazib berivchilar bilan o'zaro munosabatlar baholovchilarning alohida e‘tiborini tortadi Talab- ma‘lum bir muddatda muayyan narx bo‘yicha sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar miqdori. Axborot yig'ish jarayonida shartnomalarning yuridik jihatdan aniqligi va ularning ishonchliligi nuqtayi nazaridan yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar 42 alohida e‘tiborga loyiq. Mazkur axborotni yig'ishdan maqsad mamlakatda (agar zarurbo'lsa, chet elda) tovarni sotish bozorining salohiyatini aniqlashdan iborat joriy narxlardagisotuvlar hajmi, baholanayotgan korxona bo'yicha so'nggi 2-5 yil mobaynidagi ma‘lumotlar, raqobatchilar bo'yicha joriy narxlardagi sotuvlar hajmi, O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida sotuv bozorlarini kengaytirish bo'yicha prognozlar. Asosiyaxborot manbalari: - baholanayotgan korxona marketing ma‘lumotlari; - statistika organlarining ma‘lumotlari; - tarmoqqa oid axborot nashrlari; - davriy iqtisodiy matbuot; - biznes-reja; - shaxsiy aloqalar. Raqobat shartlari. Bozor iqtisodiyotiga takomillashmagan raqobot bozorlari xosdir. Chunki, ularda erkin raqobatli narx shakllanishi mexanizmijiddiy cheklovlarga ega. Korxonaning raqobatbardoshligini baholash bozorning xilini, demak,o'rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi raqobatchilarningtarmoqqa kirishi uchun cheklovlar mavjudligini hisobga olgan holda amalgaoshiriladi. Tahlil(natural va qiymat ifodalarida) raqobat qiluvchi tovarni ishlabchiqarish hajmi, sotilayotgan mahsulotning mintaqada yoki umuman tarmoqdaishlab chiqarishumumiy hajmidagi ulushi haqidagi ma‘lumotlar, raqobatchilar mahsulotiningtavsifi (hajmi, xizmat ko'rsatish sifati, narxlar,sotish kanallari, reklama), shuningdek, ushbu tovarning mamlakatdagi asosiyimportchilari ro'yxati bilanto‘ldirilishi lozim. Asosiy axborot manbalari: Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling