Baholash ishi va investitsiyalar
“All Home” MCHJni baholash obyekti sifatida tahlili: hududiy
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
2.3. “All Home” MCHJni baholash obyekti sifatida tahlili: hududiy
joylashuv muhiti, tavsifi, moliyaviy ko’rsatkichlari, bozori tahlili 2014 yil 29 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ―Toshkent shahar Hamza tumanining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida‖gi SQ-441-II- sonli qarori asosida Hamza tumaniga – Yashnobod tumani nomi berildi. Tuman Amir Temur xiyoboni va Istiqbol ko‘ch. bo‘ylab Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha, Toshkent avtomobil halqa yo‘li bo‘ylab, Ohangaron yo‘lidan Parkent ko‘chasigacha davom etadi. Maydoni 3,37 ming gektar, shu jumladan, ko‘kalamzor yerlar 615 gektar. Ko‘chalar soni 356 ta. Asosiylari: Istiqlol, Taraqqiyot, Farg‘ona yo‘li, Toshkent avtomobil halqa yo‘li, Jarqo‘rg‘on, Hamza va Ohangaron. Hamza tumanida 50 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 2769 ta korxona va tashkilot, 2169 kichik korxona va mikrofirma, 266 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, «Podyomnik», «O‘zenergota‘mir», «Toshkentvino», «G‘alla-Alteg», «O‘zbek qog‘ozi», «O‘zbekiston shampani», «Toshdonmahsulot», «Toshkentguruch» AJ, «Farm Glass» qo‘shma korxonasi va beton qurilish tashkilotlari, temir yo‘l 47 transporti korxonalari - teplovoz va vagon depolari mavjud. Shuningdek, tumanda 78 transport va aloqa korxonalari joylashgan. 168 kurilish tashkiloti; temir yo‘l transporti korxonalari — teplovoz va vagon depolari, Toshkent yuk ortish tushirish temir yo‘l bekati bor. Shuningdek, tumanda 37 transport va aloqa korxonalari joylashgan. O‘zbekiston milliy axborot agentligi, 25 umumiy ta‘lim maktabi, 50 ta maktabgacha tarbiya muassasasi, 5 musiqa, maktabi, 4 kasbhunar kolleji, Toshkent birinchi tibbiyotinti va biznes maktabi bor, 9 kasalxona, 30 poliklinika va ambulatoriya muassasasi, 1 qon quyish stansiyasi faoliyat ko‘rsatadi. Aholiga 359 oziq-ovqat, 595 sanoat mollari do‘konlari, 197 umumiy ovqatlanish, 324 maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 16 jamoat kutubxonasi, 4 kinoteatr, 2 madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, ―BaxtRohat‖ dam olish zonasi bor. Tumandagi 19-asrda qurilgan Toshkent tibbiyot akademiyasi binosi (ilgarigi kadet korpusi), Rim-katolik cherkovi (Polsha kosteli binosi, 1914-17 yillar) respublika ahamiyatidagi me‘moriy yodgorliklardir. Tuman hududida Fransiya, Turkiya, Xitoy, Indoneziya, Ukraina, Yaponiya davlatlari elchixonalari va Koreys milliy markazi joylashgan. ―All Home‖ MChJ korxonasi baholash obyekti hisoblanadi. ―All Home‖ MChJ Toshkent shahar, Yashnobod tumanida joylashgan. Korxona hududi jami yer maydoni 0.34 ga ni tashkil etadi. Binoning poydevori betondan, Devori temir-beton plita,karkas temir-beton, yopilmasi temir-beton ferma, tomi profnastil, poli beton, ichki devor g‘ishtdan, deraza va eshiklari yog‘ochdan. Bugungi kunda binodan to‘liq bandlik darajasida foydalaniladi. Korxona moliyaviy holatining tahlili hisobxona balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va tekshiruv davrida baholanayotgan korxona to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotlar hamda uning faoliyati yo‘nalishi maqsadidagi asosiy moliyaviy koeffitsientlar va ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Tahlil o‘tkazishning maqsadi – o‘tmishda kompaniya rivojining yo‘nalishlari, bugungi 48 holatini baholash, kelgusida rivojlanishini asoslash, uning ishga aloqador va moliyaviy xavf-xatarlari darajasini aniqlash. Kompaniyaning aniq sanaga moliyaviy holatini aniqlash kompaniya bu sanadan oldingi davrda moliyaviy resurslarni qanchalar to‘g‘ri boshqarganligini; mulkdan qanday foydalanganligi, bu mulkning tarkibi qandayligi; shaxsiy va yollanma manbalarni qanchalar maqsadga muvofiq bir-biriga bog‘laganligi; shaxsiy kapitalidan qanchalar foydali ishlatganligi; ishlab chiqarish potentsiali qanchalar berilganligi; debitorlar, kreditorlar, budjet va boshqalar bilan munosabatlarini belgilash imkoniyatini beradi. Moliyaviy tahlil xulosalari biznesni baholashda barcha turdagi yondashuvlarda foydalaniladi. Baholovchiga korxonaning 2014-2016 yillar uchun yillik balanslari taqdim qilingan. Dastlabki tahlil moliyaviy tahlil o‘tkazish uchun eng yaxshi davr 2015 va 2016 yillar ekanligini ko‘rsatdi. Tahlilda uzoq o‘tmish ma‘lumotlaridan foydalanish tahlilga Korxonaning hozirgi haqiqiy moliyaviy holatini aks ettirmagan ortiqcha ko‘rsatkichlar kiritadi. Shuning uchun bu korxonaning moliyaviy-xo‘jalik holatining tahlili oxirgi to‘liq moliyaviy yil (2016y) bo‘yicha o‘tkazilgan. Lekin zaruriyat holatlarida korxonaning 2014 yildan 2015 yilgacha davrdagi ish ko‘rsatkichlari ham keltirilgan. Moliyaviy natijalar tahlili. 01.07.2016 yil holatiga ―All Home‖ MChJning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlari quyidagi ma‘lumotlar bilan taqdim qilingan: 1. Jamiyatning Nizom kapitali 450000 ming so‘mni tashkil qiladi. 2. Korxona aktivlarining balans qiymati – 732906,8 ming so‘m. 3. Majburiyatlarning balans qiymati – 143696,8 ming so‘m. Korxonaning likvidlik ko‘rsatkichi o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini bajarish qobiliyatini baholash uchun qo‘llaydi. Quyidagi 2-jadvalda korxonaning aktiv va passiv mablag‘larining yillar bo‘yicha dinamikasi keltirilgan. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling