Baholash ishi va investitsiyalar


 “All Home” MCHJ ning yakuniy bozor qiymatini aniqlash va


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/69
Sana05.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#214321
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Bog'liq
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari

3.4. “All Home” MCHJ ning yakuniy bozor qiymatini aniqlash va 
ekspert xulosa loyihasini shakllantirish 
 
Baholash  natijalarini  muvofiqlashtirish  -  baholashga  nisbatan  turli 
yondashuvlar  yordamida  olingan  natijalarni  o‘lchash  va  taqqoslash  yo‘li  bilan 
baholash  obyektining  yakuniy  qiymatini  aniqlash.  Muvofiqlashtirish  quyidagi 
usullardan biri bilan amalga oshiriladi: 
-  mantiqiy  muvofiqlashtirish  usuli  bilan.  U  baholovchi  amalga  oshiradigan 
tahlil  asosida,  barcha  muhim  parametrlarni  hisobga  olgan  holda  solishtirma 
o‘lchovlarni  tanlashdan  iborat.  Baholovchi  ustun  yondashuvni  aniqlaydi,  qolgan 
yondashuvlarning  natijalaridan  esa  ustun  yondashuv  yordamida  olingan  natijani 
tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi; 


 
86 
 
-  matematik  o‘lchash  usuli  bilan  (Ierarxiya  usuli).  Bunda,  turli  baholash 
yondashuvlari bilan olingan natijalarning solishtirma o‘lchovlarini aniqlash uchun 
bir nechta mezonlardan foydalaniladi va ularning yordamida qo‘llanilgan hisoblash 
usulining afzalliklari yoki kamchiliklari konkret obyektni baholash xususiyatlarini 
hisobga olgan holda tavsiflanadi.  
Solishtirma  o‘lchovlarni  aniqlashda  baholovchi  quyidagi  asosiy  omillarni 
tahlil qilishi lozim: 
-  tahlil  va  hisoblashlarga  asos  bo‘lgan  axborotning  ishonchliligi  va 
yetarliligini; 
-  baholash  yondashuvi  baholash  obyektiga  xos  bo‘lgan  narx  belgilovchi 
omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligini
- yondashuv baholash obyektiga o‘xshash obyektlarning odatdagi xaridorlari 
va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini; 
- baholash yondashuvi hisoblanayotgan qiymat turiga muvofiqligini. 
―All  Home‖    MCHJ  mulklarini  bozor  qiymatlarini  aniqlashda  olingan 
natijalarni  muvofiqlashtirishning  iyerarxiya  tahlili  usulidan  foydalanilgan  holda 
amalga oshirildi. Muvofiqlashtirish jarayonida xarajat va daromad yondashuvlarini 
solishtirma o‘lchovlari quyidagi omillardan kelib chiqib aniqlandi: 
- to‘plangan axborotlar, ma‘lumotlarni ishonchliligi; 
- axborot va ma‘lumotlarni to‘liqliligi; 
- baholash jarayonida bozor konyukturasini inobat olganligi. 
Yuqorida  keltirilgan  omillarni  o‘rganib  chiqan  holda  xarajat  va  daromad 
yondashuvilarini  solishtirma  o‘lchovlari  teng  miqdorda  olinishi  belgilab  olindi. 
Chunki,  har  ikkala  yondashuvda  ham  axborot  va  ma‘lumotlar  ishonchli 
manbalardan  olingan  bo‘lib,  baholash  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  yetarlidir. 
Shuningdek,  ikkala  yondashuvda  ham  baholash  jarayoni  bozor  konyukturasidan 
kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. 
Baholash  obyekti  qiymatining  yakuniy  miqdori  quyidagi  ierarxiya  tahlili 
usuli  bo‘yicha  aniqlandi.  Quyidagi  20-jadvalda  hisob-kitobda  qatnashadigan 
mezonlar bir-biri bilan solishtirildi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling