Baholash ishi va investitsiyalar
―All Home”MCHJ ning bozor qiymatini qiyosiy yondashuv asosida
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
3.3. ―All Home”MCHJ ning bozor qiymatini qiyosiy yondashuv asosida
baholash Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuv bilan baholash uchun baholovchi o‘xshash korxonalar yoki ulardagi mulk ulushlarining sotuv narxlarini taqqoslashga asoslangan quyidagi usullarni qo‘llaydi: - o‘xshash korxonalar aksiyalarining bozor narxlari tahliliga asoslangan kapital bozori usulini; - baholanayotgan biznesdagi mulk ulushlari bilan oldi-sotdi qilishga doir axborot tahliliga asoslangan baholanayotgan korxona bo‘yicha bitimlar usulini; - baholanayotgan korxona aksiyalarining fond bozoridagi kotirovkalari haqidagi axborot asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitallashtirish usulini. Qiyosiy yondashuvdan foydalanganda baholovchi: 80 - o‘xshash korxonalarni tanlashni amalga oshirishi; - korxonalarni taqqoslash parametrlarini aniqlashi va multiplikatorlarni hisoblashni amalga oshirishi; - multiplikatorlar qiymatini tanlashni amalga oshirishi va baholash ob‘ekti qiymatini aniqlashi; - yakuniy tuzatishlarni kiritishi lozim. Axborotning mavjudligiga va mavjud axborotning to‘liqligiga qarab, baholovchi baholash ob‘ektini baholash uchun qiyosiy yondashuvning bir yoki undan ortiq usullarini qo‘llaydi. Baxolanayotgan ko‘chmas mulklarni qiyosiy yondashuv bo‘yicha baholashda, baxolanayotgan obyektlarga o‘xshash bo‘lgan ko‘chmas mulklarni Respublika Ko‘chmas mulk birjasi filiallarida o‘tkazilgan birja va auksion savdolarida sotilgan ko‘chmas mulklar ochiq bozorda tuzilgan bitimlar va takliflar qiymatlariga asosan amalga oshiriladi. Baholanayotgan obyektiga o‘xshash bo‘lgan binolarni taqqoslash usulida baholashda Internet saytlaridan olingan taklif narxlari bo‘yicha ishlab chiqarish binolari, sex va baza bino-inshootlari asos uchun olindi, hamda qiyosiy yondashuvda baholash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oldi: - baholash obyektlariga o‘xshash (analog) bo‘lgan obyektlar oldi-sotdi narxlari bo‘yicha ma‘lumot yig‘ish; - qiyoslash qismlarini tanlash; - baholash obyekti va aniqlangan muqobil (analog) obyektilarini bir-biriga taqqoslash va farqlari bo‘yicha tuzatish (korrektirovka) ishlarini amalga oshirish; - baholash obyektini qiymatini aniqlash. Baholash ob‘ektini qiyosiy yondashuvi bo‘yicha qiymati quyidagicha aniklanganligini quyidagi 5-ilovada ko‘rishimiz mumkin. 5-ilovada, savdolashish paytida sotilish bahosini pasayishi, yer uchaskasining umumiy maydoni, kv.m va joylashgan joyi kabi qiyoslash elementlariga tuzatishlar kiritildi. Tuzatishlar summasi 1 analog bo‘yicha 0,070 ni, 81 2 analog bo‘yicha 0,060 ni va 3 analog bo‘yicha 0,080 ko‘rsatkichlarini tashkil etdi. Binoni qiyosiy yondashuvda bozor qiymatini aniqlash jarayonida aniqlangan 1 kv.m maydonini binoni umumiy maydoniga ko‘paytirilgan holda binoni bozor qiymati aniqlandi. Binoni qiyosiy yondashuv usuli bilan baholash qiymati 846044754,25 so‘mni tashkil qiladi. Ko‘rib chiqilayotgan baholash ishi ―All Home‖ MChJning 100% ulushi hisoblanadi. Shuning uchun, baholovchi tomonidan birinchi navbatda, o‘xshash korxonalar ulushi oldi-sotdisi haqidagi bitimlarni topish ishlari amalga oshirildi. Ushbu maqsadlarda barcha ochiq axborot manbalari, xususan Respublika mulk markazidagi savdo natijalaridan foydalanildi. ―Birja‖ gazetasida Toshkent shahrida joylashgan quyida o‘xshash korxonalar ulushlari savdolari e‘lon qilingan: ―Texprom‖ MChJ (100% ulush), ―Promdetal‖ MChJ (100% ulush), ―Texnoprom‖ MChJ (100% ulush). Shu tariqa, analog sifatidagi yuqoridagi uchta korxonalar tanlandi. Ko‘rib chiqilayotgan korxonaning 100% ulushi baholanayotganligi sababli, qiyosiy yondashuv bilan baholashda bitimlar usulidan foydalanildi. Korxonalar ulushlari bo‘yicha bitimlar haqidagi axborotlarni tanlashda vaqt omili hisobga olindi. Qiyoslash uchun tanlangan barcha analoglar bo‘yicha bitimlar baholash davridan 6-9 oydan ortiq bo‘lmagan davr ichida amalga oshirilgan. Analoglarni tanlashda baholanayotgan obyekt joylashgan mintaqaga ham e‘tibor qaratildi. Baholash obyekti bilan birga, tanlangan barcha analoglar bitta hududda, ya‘ni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jroylashgan. Keyingi qiyoslash ishlari qiyoslanayotgan korxonalar faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirildi, xususan, mahsulot sotishdan tushgan tushum kabi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi. Aktivlarning balans qiymati va korxonaning sof aktivlari qiymati kabi mezonlar bo‘yicha tanlashda, baholanayotgan korxona va analog korxonalar asosiy vositalarini 2013-yilda qayta baholashdan o‘tkazgan degan farazdan kelib chiqildi. 82 Tanlangan korxonalar bo‘yicha ma‘lumotlar quyidagi 18-jadvalda keltirilgan. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling