3-bob bo’yicha xulosa
3.1. Daromadli yondashuv hisob-kitoblariga asosan, baholash obyektining
prognoz qilingan pul oqimlari, hamda prognoz davridan keyingi qiymatining joriy
qiymati 1 710 863 (Bir milliard etti yuz un million sakkiz yuz oltmish uch ming
so‘m)ming so‘mni tashkil qildi.
3.2. Korxonaning aylanma mablag‘laridan tashqari aktivlari hisobot yili
bo‘yicha tuzatishlar kiritilgan summasi 1092570 ming so‘mni tashkil etgan.
Aylanma aktivlarning umumiy summasi esa, 1552184 ming so‘mdan iborat bo‘lib,
debitorlik qarzdorlik 141520 ming so‘mni tashkil qilgan.
Demak, ―All Home‖ MCHJ barcha mulklarini xarajat yondashuvida aniqlangan
baholash qiymati 1 408 487,0ming so‘mni tashkil etadi
3.3. Qiyosiy yondashuvda baholanayotgan obyektning bozor qiymatini
aniqlashda multiplikatordan foydalandik. Multiplikator narx/sotishdan tushgan
tushum (1 analogning oldi-sotdi narxi 1700000 / sotishdan tushgan tushum
1120650) 1 analog bo‘yicha 1,52, 2 analog bo‘yicha 1,27 va 3 analog bo‘yicha
1,77 ko‘rsatkichlarni hosil qilgan. Demak, ―All Home‖ MCHJ ni qiyosiy
yondashuvda baholash qiymati 1 900 552 ming so‘mni tashkil etadi.
3.4. Baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdori ―2016 yil 2 iyul holatiga
tavsiya etilayotgan bozor qiymati 1 709 000 000 (Bir milliard etti yuz tukkiz
million sum ) so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |