Baholash ishi va investitsiyalar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
91 XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimiz ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish, qolaversa biznes qiymatini baholash bo‘yicha yozilgan bitiruv malakaviy ishimiz iqtisodiyotning barcha jabhalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda dolzarb masalalaridan biridir. Iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lgan ko‘chmas mulk bozorini zamon talabi asosida rivojlantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ta‘kidlash joizki, mamlakatimizda ―Rieltorlik faoliyatit o‘g‘risida‖gi Qonun qabul qilingach, ko‘chmas mulk bozori faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi. Hozirda mazkur hujjat tizim faoliyati va rivojlanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Zero, xususiy sektor va jismoniy shaxslarning biznes (korxona) obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatishning huquqiy jihatlari qonun yo‘li bilan kafolatlandi. Aynichog‘da, ko‘chmas mulk bozorida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, sotuvchi va xaridorlarning teng huquqliligini ta‘minlash borasida barcha shart-sharoitlar yaratildi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan rieltorlik tashkilotlari qonun asosida yaratib berilayotgan sharoitlarga javoban, zimmalariga yuklatilgan vazifalarga nisbatan mas‘uliyat bilan yondashmoqadalar. Bitiruv malakaviy ishida baholash faoliyati tizimining asosiy elementlari belgilandi va ta‘riflandi. Har bir alohida element faoliyati batafsil tahlil qilinishi ulardan har birining kuchli tomonlarini ham, zaif taraflarini ham ko‘rsatdi. Bitiruv malakaviy ishda olib borilgan izlanishlar quyidagi xulosa qilishga olib keldi. 1. Biznes (korxona) qiymatini baholash obyekti sifatida tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona yoki biznes hamda biznesdagi mulk ulushlari hisoblanar ekan. Malakaviy ishda ob‘ekt sifatida Toshkentshahar, Yashnobod tumani joylashgan―All Home‖ MCHJning Nizom jamg`armasidagi 100% ulushi baholandi. 92 2. Biznes qiymatini baholashda ―biznes‖ va ―biznes qiymati‖ tushunchalаriga ta‘rif berildi. Shuningdek,biznes qiymatini baholashga tasir etuvchi omillar o`rganildi va har bir turi bo`yicha tariflar berildi. 3. Biznes qiymatini baholashda qo‘llaniladigan yondashuv usullariga tavsif berildi. Asosan, daromadli ва хараjаtli yondashuv usullаri kengroq ochib berildi. 4. Biznes qiymatini baholashning huquqiy mehanizmi yoritib berildi. Bunda baholash faoliyatiga tegishli, prizidentimiz farmonlari, qarorlari, shuningdek, Vazirlar mahkamasi qarorlari, qonunlar va mulkni baholash 9-son ―Biznes qiymatini baholash‖ milliy standarti o`rgаnildiva tahlili amalga oshirildi. 5. Baholanayotgan biznes obyekti idenfikatsiya qilindi va axborot yig‘ish jarayoni tahlili amalga oshirildi. 6. Biznes qiymatini baholash daromadli yondashuv asosida tahlil qilinib baholayotgan obyektning prognoz qilingan pul oqimlari, hamda prognoz davridan keying qiymatining joriy qiymati 1 710 863 ming so`mni, bino va inshootlarning harajat usulida baholangan hamda yer maydonidan foydalanish huquqi qo`shilgan qiymati 1 160 849 173so`mni tashkil etdi, ―All Home‖ MCHJ barcha mulklarni xarajat yondashuvi aniqlangan baholash qiymati 1 408 487,0 ming so`mni tashkil etdi. Qiyosiy yondashuvda ―All Home‖ MCHJ ning baholash qiymati tahlil natijalari bo`yicha 1 900 552 ming so`m ekanligi aniqlandi. Baholash instituti shakllanishining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, uning birinchi va ikkinchi bosqichlarida amalga oshirilgan ishlar, baholash faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan tashkiliy-huquqiy baza mamlakatimizda bu boradagi faoliyat samaradorligini oshirish va yanada takomillashtirishga ustuvorlik berilgan uchinchi bosqichda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichda, biznes qiymatini baholash institutining o‘ziga xos yo‘nalishlari, xususan: - bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes qiymatini baholovchi va baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy tuzilmalar shakllantirildi va rivojlantirildi; - baholash faoliyatini tartibga soluvchi tashkiliy-huquqiy baza shakllantirildi va amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etila boshlandi; 93 - baholash munosabatlari xalqaro andazalarining ijobiyjihatlari aniqlanib, milliy andazalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha yetarli malaka va tajriba to‘plandi. Baholash faoliyatini tashkil etish va uning samaradorligini ta‘minlash imkonini beruvchi eng muhim omillardan biri baholash munosabatlarida ishtirok etayotgan tomonlar manfaatlariga mos keladigan andozalar va ularning amal qilishiga erishishdir. O‘zbekistonda baholash instituti samarali amal qilishi va takomillashtirilishida ham baholashning milliy andozalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy yechimini topishi lozim bo‘lgan muammolar keng doirasi biznes obyektlarini baholash jarayonining sifati oshirilishini talab qiladi. O‘zbekistonda biznes obyektlari qiymatini baholash mexanizmini takomillashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi chora-tadbirlarlar majmuini o‘tkazish bilan uyg‘unlashishi lozim: - daromadli yondashuv usullari hisob-kitoblarini osonlashtirish maqsadida baholovchilar uchun ma‘lum bir ma‘lumotlar bazasini yaratish; - analog obyektlar haqida yetarlicha ko‘p darajada ma‘lumotlarning mavjud bo‘lgan sharoitda, statistika usullarini tanlash, baholashning modellarini yaratish va ular orqali asoslangan xulosa bashoratlarni olish; - andozalar va namunalar sifatida baholash hujjatlarining turli xillarini tayyorlash va tasdiqlash; - baholash ishlarining dasturiy ta‘minotini ishlab chiqish. Yuqorida ko‘rsatilgan mulohazalar bizning fikrimizcha biznes qiymatini baholash xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirish va muvofiqlashtirilishning samarali mexanizmini yaratilishi va eng asosiysi biznes qiymatini baholash faoliyati o‘z o‘rnini barqarorligini ta‘minlashi mumkin. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling