Baholash ishi va investitsiyalar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash
4-jadval “ZIYO” kichik korxonasida foydaning riskka ta’sirchanlik darajasi 33 , (mln. so’mda) Ko’rsatkichlar 2010 y. 2011 y. 2012 y. 2013 y. 2014 y. 2014 yilda 2010 yilga nisbatan o’zgarishi Mahsulotlarni sotishdan olingan tushum
40,9 71,7
160,3
99,4
60,2
147,2 %
Sotilgan mahsulot tannarxi
19,3
32,5
68,3
57,2
43,6
225,9 %
Mahsulotlarni sotish-dan olingan yalpi foyda
21,6
39,2
92,0
42,2
16,6
76,8 %
Asosiy faoliyatdan olingan foyda
15,9
27,8
75,2
25,3
0,0
0,0 %
Boshqa faoliyatlardan olingan foyda
0,1
0,2
2,4
3,7
2,1
2,1 marta Yagona soliq to’lovi* 5,5
7,2 21,0
10,0 4,9
89,1 Joriy yilning sof foydasi
6,2
18,1
41,9
18,9
0,0
0,0 %
*2005 yil 1 iyuldan boshlab kichik kichik biznes sub’ektlari - mikrofirmalar va kichik korxonalarga nisbatan yagona soliq to’lovi joriy etildi. 4-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2010-2012 yillarda “ZIYo” kichik
33 “ZIYO” kichik korxonasining yillik balans hisobotlari ma’lumotlari asosida hisoblandi.
42 korxonasida yalpi foyda, mahsulotlarni sotishdan olingan foyda, asosiy faoliyatning foydasi va sof foydaning miqdorlari o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Mazkur o’sish mahsulotlarni sotishdan olingan tushum miqdorini ushbu davr mobaynida o’sganligi va mahsulotlar tannarxining tushum hajmidagi salmog’ining pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganligi bilan izohlanadi. Ushbu ko’rsatkich 2010 yilda 47,2 foizni tashkil qilgan holda, 2012 yilda esa, 42,6 foizni tashkil etdi. Yuqorida qayd etilgan holatlar “ZIYo” kichik korxonasi faoliyatidagi tovarlarni sotish jarayonidagi risklar va ayniqsa operatsion riskning foydaga ta’siri past darajada ekanligidan dalolat beradi va risklarni boshqarish samaradorligi nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. 4-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2013, 2014 yillarda “ZIYo” kichik korxonasining mahsulotlarni sotishdan olingan foydasini oldingi yillarga nisbatan keskin sur’atlarda pasayishi kuzatildi. Bu esa, o’z navbatida, asosiy faoliyatdan olingan foydaning va joriy yilning sof foydasini pasayishiga sabab bo’ldi. 2014 yilda korxonaning mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydasi atigi 16,6 mln. so’mni tashkil qilgani holda, u faoliyatini 4,2 mln. so’m miqdoridagi zarar bilan yakunladi. Ushbu muammoning yuzaga kelishining asosiy sababi sifatida riskning foydaga ta’siri darajasini tahlil qilingan davr mobaynida tovarlarni sotish jarayonidagi risklar va operatsion riskning foydaga ta’sir darajasi yuqori bo’lganligi bilan belgilanadi. 2014 yilda “ZIYO” kichik korxonasining baholarning tebranishi natijasida yo’qotish summasi 10,1 mln. so’mni tashkil qilgani holda, boshqa operatsion xarajatlar miqdori 7,9 mln. so’mni tashkil etdi. Ushbu ikki turdagi xarajatlarning miqdori 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 7,1 foizga ko’p demakdir. 2014 yilda “ZIYO” kichik korxonasi faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo’lsada, 4,9 mln. so’m miqdorida soliq to’lagan. Buning sababi shundaki, yagona soliq to’lovida soliq oborotdan to’lanadi. Shu sababli, korxona foyda olishi yoki olmasligidan qat’iy nazar hisoblangan soliqni to’lashi zarur.
43 Shuningdek, 4-jadval ma’lumotlaridan “ZIYO” kichik korxonasi 2014 yilda ishlab chiqarish riskining foydaga ta’sir darajasining yuqori bo’lganligi kuzatildi. 2014 yilda korxona mahsulotlarini sotishdan olingan tushumga nisbatan mahsulot tannarxining ulushi 72,4 foizni tashkil qildi. Holbuki, ushbu ko’rsatkichning 2013 yildagi darajasi 57,5 foizni tashkil qilgan edi. Tannarxning tushumga nisbatan keskin oshib ketishi mahsulotlarni sotishdan olingan tushum summasining 2014 yilda 2008 yilga nisbatan sezilarli darajada pasayib ketganligi bilan izohlanadi. Mazkur davrda tushum miqdorining pasayishi sur’ati 39,4 foizni tashkil qildi. Turli risklarning korxonalar foydasi miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlash muhim vazifalardandir. Shu sababdan risk darajasini miqdoriy aniqlash asosiy e’tiborni tortadi. Shunday risklar ham borki, ular ta’siri va keltiradigan zararini miqdoriy aniqlash qiyin kechadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, risklar miqdorini aniqlash va baholash g’oyat zarur bo’lib, o’ziga xos yondashuvlarni talab etadi. Risk darajasini aniqlash uchun, eng avvalo, muayyan risk ta’siri oqibatida aniq iqtisodiy ko’rsatkichning o’zgarishi tezligi va chegarasini aniqlash lozim bo’ladi. Bunday ko’rinishdagi tahlil ishlarini olib borish riskning mumkin bo’lgan chegarasini va funktsional bog’liqligini o’rnatishga olib keladi: R = f (x i ) 34 Bunda R – risk miqdori; x i – riskning i omil; i – 1, 2, ..., n. Korxonada yuzaga keladigan risklarning iqtisodiy zararini aniqlashda foydaning o’zgarishi va uni yaratishda ishtirok etuvchi korxona kapitalini hisobga olgan holda mumkin bo’lgan yo’qotishlarning maksimal chegarasini quyidagi formula orqali aniqlash o’rinlidir: R cheg
= N foyda
x K (6) Bunda R
cheg – riskning chegaraviy hisob bahosi (yillik), so’mda; N foyda –
o’rtacha yillik miqdori, so’mda. Agar nazarda tutilayotgan riskning hisob bahosi
34 Стратегический менежмент / под ред. A.Н. Петрова. – Спб.: “Питер”, 2008. – Стр. 383.
44 chegaraviy qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda yo’qotishlar xavfi mumkin bo’lgan yo’qotishlardan ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham riskning hisob bahosi korxona rahbarlariga yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulay oqibatlarni hisobga olgan holda muayyan faoliyat turini amalga oshirishi bo’yicha aniq qaror qabul qilishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, loyiha risklarini aniqlash, tahlil qilish, baholash va pasaytirish tadbirlarida risklarni boshqarish tizimi qonuniyati sifatida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi: loyiha risklarining tasnifi; loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari; loyiha risklarini boshqarishning axborot ta’minoti; risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash; risklarning oldini olish; risklarni kamaytirish texnologiyalari; risklarni boshqarishni tashkil etish; risklarni taqsimlash; risklarni sug’urtalash; risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash; risklarni moliyalashtirish; natijalarni o’rganish va monitoring olib borish; monitoring ma’lumotlari asosida risklarni boshqarishda qo’shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish. Xulosa qilib aytganda, risklar barcha investitsiya loyihalari uchun xos hisoblanadi. Riskni bartaraf etish uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash, daromad va yo’qotishlar, samaradorlikning pasayishi kabi holatlar bo’yicha risklar tahlilini olib borish orqali zaruriy choralar ko’rish bilan amalga oshiriladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling