Baholash ishi va investitsiyalar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash
2-rasm. Riskni funktsiyalari 16
Lekin, asossiz yuqori riskka borish, huddi riskdan butanlay voz kechilishi kabi zarardir. Yuqoridagilarni mujassamlashtiradigan bo’lsak, risk qilishdan oldin uni iloji boricha o’rganish, baholash va boshqarishga intilish lozim. Uni boshqarishda esa albatta risk tamoyillarini (o’z kapitali imkoniyatlaridan ortiq riskka bormaslik, risk oqibatlarini har doim hisobga olish zarur, kam miqdordagi foyda uchun ko’p miqdordagi mablag’lar bilan risk qilish kerak emas) hisobga olish kerak. Riskning mohiyatiga berilgan ko’plab ta’riflarning tahlili risk vaziyatini keltirib chiqaruvchi asosiy jihatlarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi: yuzaga kelgan holatning tasodifiy xususiyati; muqobil qarorlarning mavjudligi; kutilajak natijaning ma’lumligi yoki aniqlash ehtimolining mumkinligi; zararlar yuzaga kelish ehtimoli; qo’shimcha daromad olish ehtimoli. Yuqoridagi riskka berilgan ta’rif-tavsiflarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiyalardan kutilgan yoki rejalashtirilgan foydaning olinmasligi, zahiralarning yo’qotilishi, kutilmagan harajatlarning kelib chiqishi yoki ortib ketishi bilan bog’liq hodisalar, ularning yuz berish ehtimolliklari riskni namoyon etadi. Boshqacha ifodalaganda, risk - bu kutilishi mumkin bo’lgan omad yoki xatar, ya’ni ko’zlangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umidsizlik yoki ko’p mablag’larning yo’qotilishi va shu bilan birga ortib ketishi ehtimolliklari
16 Tadqiqot natijalari asosida tuzildi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling