Baholash ishi va investitsiyalar
Investitsiya faoliyatining ob’ekt va sub’ektlari
Download 21.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqBaholash ishi va investitsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasida investitsiya siyosatini amalga oshirish tizimi
- Kafedra mudiri E.Nosirov
Investitsiya faoliyatining ob’ekt va sub’ektlari.
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi, eng avvalo, o’z manfaatlarini ko’zlab, ya’ni foyda olish maqsadida harakat qiladilar. Chunki, yuqori foyda investorning kapital qiymati o’sishga imkon beradi. Sanoat korxonalarida investitsiyalarning yo’naltirish ob’ekti quyidagilar hisoblanadi: yangi uskuna va jihozlar, texnika vositalarini sotib olish va o’rnatish; yangi inovatsion g’oyalarni moliyalashtirish; yangi bino-inshootlar qurish va foydalanishga topshirish; asosiy fondlarni ta’mirlash, yangilash; mahsulot assortimentini ko’paytirish; kadrlar malakasini oshirish va boshqalar. Bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini rivojlantirish davlatning ustuvor siyosatga aylantirilgan bo’lib, uning ta’minotiga erishish maqsadida sohaga investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy invetitsiyalar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda O’zbekiston Respublikasida investitsiya siyosatini amalga oshirish tizimi Investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab – quvvatlash, markazlashgan investitsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mehanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustuvorlik kichik biznes sub`ektlari, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan. Investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: investitsiyalar, ularning harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilikning huquqiy bazasini takomillashtirish; iqtisodiy tub islohatlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish; investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish; davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funksiyalarini yanada takomillashtirish. Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohatlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, Davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora – tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi hamda hayotga tadbiq qilinmoqda. Investorlar faoliyati ishlab chiqarish va mahsulotni ayirboshlash orqali foyda olishga qaratilgan. Shuning uchun investor o’z kapiatlini foyda olish qulay bo’lgan tarmoqqa safarbar etadi. Bunda iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha investitsiyalarni qo’yish uchun mezonlar juda muhim. Sanoat va hizmat ko’rsatish tarmoqlari uchun ichki bozorning hajmi va o’sishi investorning qaror qabul qilishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari investitsiyalarni jalb qilishga turtki bo’ladigan mehanizmlardan foydalanish bilan bo’g’liq davlatning faoliyati (loyihalarninng davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, investitsiya imtiyozlari, investorlarga kafolatlar va boshqalar) muhim hisoblanadi. Sanoatda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ishchi kuchi qiymatiga sezuvchan bo’ladi. Kafedra mudiri E.Nosirov Download 21.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling