Baholash ishi va investitsiyalar


Download 456.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana02.06.2024
Hajmi456.9 Kb.
#1840422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-rasm. Riskni funktsiyalari
16
 
Lekin, asossiz yuqori riskka borish, huddi riskdan butanlay voz kechilishi 
kabi zarardir. Yuqoridagilarni mujassamlashtiradigan bo’lsak, risk qilishdan 
oldin uni iloji boricha o’rganish, baholash va boshqarishga intilish lozim. Uni 
boshqarishda esa albatta risk tamoyillarini (o’z kapitali imkoniyatlaridan ortiq 
riskka bormaslik, risk oqibatlarini har doim hisobga olish zarur, kam miqdordagi 
foyda uchun ko’p miqdordagi mablag’lar bilan risk qilish kerak emas) hisobga 
olish kerak. 
Riskning mohiyatiga berilgan ko’plab ta’riflarning tahlili risk vaziyatini 
keltirib chiqaruvchi asosiy jihatlarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi: yuzaga 
kelgan holatning tasodifiy xususiyati; muqobil qarorlarning mavjudligi; 
kutilajak natijaning ma’lumligi yoki aniqlash ehtimolining mumkinligi; zararlar 
yuzaga kelish ehtimoli; qo’shimcha daromad olish ehtimoli. 
Yuqoridagi riskka berilgan ta’rif-tavsiflarning mazmun-mohiyatidan kelib 
chiqib, 
ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda 
investitsiyalardan kutilgan yoki rejalashtirilgan foydaning olinmasligi, 
zahiralarning yo’qotilishi, kutilmagan harajatlarning kelib chiqishi yoki ortib 
ketishi bilan bog’liq hodisalar, ularning yuz berish ehtimolliklari riskni namoyon 
etadi. Boshqacha ifodalaganda, risk - bu kutilishi mumkin bo’lgan omad yoki 
xatar, ya’ni ko’zlangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan umidsizlik yoki 
ko’p mablag’larning yo’qotilishi va shu bilan birga ortib ketishi ehtimolliklari 
16
Tadqiqot natijalari asosida tuzildi. 
Risk funktsiyalari 
Konstruktiv regulyativ funktsiya – risk iqtisodiy 
rivojlanishni kuchaytiruvchi va qo’zg’atuvchi omil
Destruktiv 
regulyativ 
funktsiya 
– 
ko’pincha 
korxonalarni o’z mablag’laridan mahrum etib
ularning kamayishiga olib keladi, destabilizatsiya 
omilidir. 
Kerak bo’lmagan oqibat va yo’qotishlarni oldini olish 
maqsadida risk bo’yicha izlanishlar jarayonida
novator bo’lish imkoni orqali vujudga keladi.

Download 456.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling