Baholash mezoni Kreditlarni olish uchun talablar: iii-semestr Qurilish mexanikasi
Download 95.09 Kb.
|
Baholash mezoni-qurilish mexanikasi
Baholash mezoni Kreditlarni olish uchun talablar: III-semestr Qurilish mexanikasi Oraliq nazorat, mustaqil ish, hisob-grafik ishi shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni muvoffaqiyatli topshirishi kerak bo’ladi. Fan doirasida 2 ta joriy nazorat nazorat (JN), 2 ta oraliq (ON), va yakuniy nazorat (YaN) olinadi. Xususan: 1-ON uchun talabaga: 1-12 mavzular bo’yicha tuzilgan savollarga yozgan yozma ishiga olgan bahosi; 1-12 amaliy ishlari, HGI bajarishi va topshirishi, uyga vazifa bo’yicha olgan bahosi; 1-4 mustaqil ish mavzulari asosida bajargan ishlaridan olgan bahosi o’rtachalaridan hisoblangan baho qo’yiladi, ya’ni: 1-ON = (a+b+c) / 3. 1-ON bo’yicha a, b, c punktlarning birortasini bajarilmasligi, talabaning 1-ON dan o’tmaganligini anglatadi va 2-ON ga ruxsat berilmaydi. 1-ON ni topshirishni oxirgi muddati 2-ON ning boshlanish sanasigacha. 1-ON dan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda 2-ON ga ruxsat beriladi. 2-ON uchun talabaga: 13-22 mavzular bo’yicha tuzilgan savollarga yozgan yozma ishi yoki testda olgan bahosi; 13-22 amaliy ishlari, HGI topshirishi, uyga vazifani bajarishi bo’yicha olgan bahosi; 4-8 mustaqil ish mavzulari asosida bajargan ishlaridan olgan bahosi o’rtachalaridan hisoblangan baho qo’yiladi, ya’ni: 2-ON = (a+b+c) / 3. 2-ON bo’yicha a, b, c punktlarning birortasini bajarilmasligi talabaning 2-ON dan o’tmaganligini anglatadi va YaN ga ruxsat berilmaydi. 2-ON ni topshirishning oxirgi muddati YaN ning boshlanish sanasigacha. 2-ON dan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda YaN ga ruxsat beriladi. YaN da talabaga barcha o’tilgan mavzular doirasida tuzilgan savollar bo’yicha yozgan yozma ish yoki test uchun baho qo’yiladi. YaNdan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda talaba fanni o’zlashtirgan xisoblanadi va 4 kreditga ega bo’ladi. Yakuniy nazorat savollari bo’yicha ballar miqdori (baho foizi) kafedra tavsiyasiga asosan institut O’quv-uslubiy kengashi qarori bilan taqsimlanadi. Ballar taqsimoti amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan talabalar e’tiboriga yetkaziladi. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo’yicha tegishli kreditlarni o’zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo’yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Download 95.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling