Baholash mezoni
Download 203.22 Kb. Pdf ko'rish
|
BAHOLASH MEZONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish
- Oraliq
- Talabalar bilimini baholash mezonlari quyidagicha
- Oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkazish taxminiy jadvali 1 Nazorat turi ON YAN 2
Baholash mezoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘iga
asosan tasdiqlangan ―Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida‖gi nizomga muvofiq Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Mazkur nizomga muvofiq talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Shunga muvofiq talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a‘lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho. Mazkur mezonlar asosida talabaning amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat esa semestr yakunida talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli 3 xildir: Og‘zaki, yozma va test. 1) Og’zaki va yozma. Oraliq baholashlarda 1 tadan nazariy topshiriq va 2 tadan amaliy topshiriq beriladi. Yakuniy baholashlarda 2 tadan nazariy topshiriq va 2 tadan amaliy topshiriq beriladi.
Talabalar bilimini baholash mezonlari quyidagicha: O‘zlashtirish bahosi Talabaning bilimi va faoliyatiga qo‘yiladigan talablar 5 A‘lo Hulosa va qaror qabul qilish; Ijodiy fikrlay olish; Mustaqil mushohada yurita olish;
Mohiyatini to‗la tushunish; Bilish, tushuntirib berish, isbotlash; 4 Yaxshi
Mustaqil mushohada yurita olish;
Mohiyatini tushunish; Bilish, tushuntirib berish;
Tasavvurga ega bo‗lish; 3 Qoniqarli Mohiyatini asosan tushunish; Bilish, tushuntirib berish;
2 Qoniqarsiz
Javoblarda xatoliklarga yo‗l qo‗yilganlik; Bilmaslik. 2) Test. Nazoratning bu shaklida standart va nostandart test topshiriqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Talabalar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashda Blum taksonomiyasi asosidagi nostandart test topshiriqlari muhim ahamiyatga ega. Chunki, bunday nostandart testlar talabalar o‘quv maqsadlari ya‘ni bilish, tushunish, amaliyotga qo‘llash, tahlil, sintez, hulosalash darajasini aniqroq baholash imkoniyatini yaratadi. Shu maqsadda oraliq nazoratning test shakli 25 ta test topshiriqlaridan iborat bo‘lib, ulardan 15 tasi standart yana 10 tasi esa nostandart test topshiriqlaridan iborat bo‘ladi. Har bir test topshirig‘i 0,2 bahodan baholanib, so‘ngra barcha berilgan to‘g‘ri javoblar jamlanib, nazoratning umumiy bahosi quyidagi shkala asosida qo‘yiladi: 5 (a‘lo) 4 (yaxshi) 3 (qoniqarli) 2 (qoniqarsiz) 4,6 – 5,0 3,6 – 4,4 3,0 – 3,4 3,0 dan kam
Oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Nazorat turini o‘tkazish shakli esa kafedra tomonidan belgilanadi. Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor- o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va
mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat turi oliy ta‘lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. Oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkazish taxminiy jadvali 1 Nazorat turi ON YAN 2 Shakli test
test 3 Muddati (haftalarda) 12
18
Download 203.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling