Baholash mezoni


Download 125.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.05.2020
Hajmi125.39 Kb.
#103957
Bog'liq
BAHOLASH MEZONI

background image
BAHOLASH MEZONI 

 

Talabalar  o‘zlashtirishini  baholash  ularning  butun  kurs  davomida 



mashg‘ulotlarda ishtiroki, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan berilgan 

vazifalarni  bajarishi,  hamda  yakuniy  nazorat  natijalariga  ko‘ra  amalga  oshiriladi. 

Baholash quyidagicha taqsimlanadi: 

• Amaliy mashg‘ulotlar: 25 %;  

• Laboratoriya ishlari: 25 %; 

• Ma'ruzadan mustaqil topshiriqlar: 40 % 

• Oraliq nazorat: 10% 

 

Joriy baholashlar (ma'ruza, amaliy, laboratoriya, oraliq nazorat) 100%, shaklida 



LMS tizimiga kiritiladi. Joriy baholashda 60% dan kam to‘plagan talabalar yakuniy 

nazoratga kiritilmaydi. 

 

 

Ma'ruzadan  mustaqil  topshiriqlarni  joriy  baholash  miqdori  40%  deb 



belgilanadi: 

Ma'ruza  mashg‘ulotlaridan  talabalar  4  ta  mustaqil  topshiriqlar  bajaradilar. 

Ma'ruzadan har bir topshiriq quyidagicha mezonlar bo‘yicha baholanadi: 

Mustaqil  ishning  talab  darajasida  rasmiylashtirilganligi  (titul  varag‘i,  mavzu 



rejasi,  xulosa  va  adabiyotlar  to‘g‘ri  keltirilganligi,  mustaqil  ish  shaxsan  talaba 

tomonidan tayyorlanganligi); 

 mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va amaliy ahamiyati yoritilganligi, 



topshiriqda  asosiy  tushunchalar,  qonuniyatlar  uzviy  ketma-ketlikda,  ifodalar  va 

birliklar to‘g‘ri keltirilgan holda yozilganligi

mavzuni  yoritishda  yangi  xorijiy  adabiyotlardan,  internet  ma'lumotlaridan, 



axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanganligi, grafiklar, diagrammalar, 

rasmlar, animatsiyalar orqali tushuntirilganligi ;  

mustaqil ishni himoya qilish va mavzuga doir savollarga aniq javob berish. 



 

Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha baholash 25%ni tashkil etadi (har bir mustaqil 

ish 5 %): 

Talabalarga  auditoriyada  tarqatma  shaklida  masalalar,  darsdan  tashqari 

mustaqil  yechish  uchun  variantlar  taqdim  etiladi.  Talabaning  auditoriyadagi  faolligi 

va  uyga  berilgan  5  ta  mustaqil  topshiriqlarni  baholash  umumiy  bahoning  25  foizini 

(5x5 = 25%) tashkil etadi. Har bir topshiriq maksimal 5% baholanib, bunda baholash 

mezonlari quyidagicha taqsimlanadi: 

 



har bir topshiriqdagi masalalarning to‘g‘ri yechilganligi; 

talabaning auditoriyadagi faolligi;  



fizik kattaliklar va ularning o‘lchov birliklarini to‘g‘ri qo‘llay olishi; 

mustaqil ishni himoya qilish. 


background image
 

Laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha baholash (har bir mustaqil ish 5 %): 

Laboratoriya ishini baholash umumiy bahoning 25 foizini (5x5 = 25%) tashkil 

etadi.  Har  bir  laboratoriya  topshirig‘i  5  foizgacha  baholanadi  va  quyidagi  mezonlar 

bo‘yicha taqsimlanadi: 

berilgan  laboratoriya  ishini  bajarish  uchun  mavzuga  tegishli  ma'lumotlar 



bo‘yicha grafiklar, jadvallar, hisoblash ifodalari keltirilganligi; 

laboratoriya ishini bajarishga ruxsat olish, to‘g‘ri bajarish, hisoblashlarni to‘g‘ri 



amalga oshirish; 



mustaqil ishni himoya qilish va mavzu bo‘yicha savollarga to‘g‘ri javob berish. 



 

Download 125.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling