Baholash mezoni
Download 125,39 Kb. Pdf ko'rish
|
BAHOLASH MEZONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotlar
- Laboratoriya mashg‘ulotlari
![]() BAHOLASH MEZONI
Talabalar o‘zlashtirishini baholash ularning butun kurs davomida mashg‘ulotlarda ishtiroki, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan berilgan vazifalarni bajarishi, hamda yakuniy nazorat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Baholash quyidagicha taqsimlanadi: • Amaliy mashg‘ulotlar: 25 %; • Laboratoriya ishlari: 25 %; • Ma'ruzadan mustaqil topshiriqlar: 40 % • Oraliq nazorat: 10%
Joriy baholashlar (ma'ruza, amaliy, laboratoriya, oraliq nazorat) 100%, shaklida LMS tizimiga kiritiladi. Joriy baholashda 60% dan kam to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
belgilanadi: Ma'ruza mashg‘ulotlaridan talabalar 4 ta mustaqil topshiriqlar bajaradilar. Ma'ruzadan har bir topshiriq quyidagicha mezonlar bo‘yicha baholanadi: - Mustaqil ishning talab darajasida rasmiylashtirilganligi (titul varag‘i, mavzu rejasi, xulosa va adabiyotlar to‘g‘ri keltirilganligi, mustaqil ish shaxsan talaba tomonidan tayyorlanganligi); - mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va amaliy ahamiyati yoritilganligi, topshiriqda asosiy tushunchalar, qonuniyatlar uzviy ketma-ketlikda, ifodalar va birliklar to‘g‘ri keltirilgan holda yozilganligi; - mavzuni yoritishda yangi xorijiy adabiyotlardan, internet ma'lumotlaridan, axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanganligi, grafiklar, diagrammalar, rasmlar, animatsiyalar orqali tushuntirilganligi ; - mustaqil ishni himoya qilish va mavzuga doir savollarga aniq javob berish. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha baholash 25%ni tashkil etadi (har bir mustaqil ish 5 %): Talabalarga auditoriyada tarqatma shaklida masalalar, darsdan tashqari mustaqil yechish uchun variantlar taqdim etiladi. Talabaning auditoriyadagi faolligi va uyga berilgan 5 ta mustaqil topshiriqlarni baholash umumiy bahoning 25 foizini (5x5 = 25%) tashkil etadi. Har bir topshiriq maksimal 5% baholanib, bunda baholash mezonlari quyidagicha taqsimlanadi:
- har bir topshiriqdagi masalalarning to‘g‘ri yechilganligi; - talabaning auditoriyadagi faolligi; - fizik kattaliklar va ularning o‘lchov birliklarini to‘g‘ri qo‘llay olishi; - mustaqil ishni himoya qilish. ![]() Laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha baholash (har bir mustaqil ish 5 %): Laboratoriya ishini baholash umumiy bahoning 25 foizini (5x5 = 25%) tashkil etadi. Har bir laboratoriya topshirig‘i 5 foizgacha baholanadi va quyidagi mezonlar bo‘yicha taqsimlanadi: - berilgan laboratoriya ishini bajarish uchun mavzuga tegishli ma'lumotlar bo‘yicha grafiklar, jadvallar, hisoblash ifodalari keltirilganligi; - laboratoriya ishini bajarishga ruxsat olish, to‘g‘ri bajarish, hisoblashlarni to‘g‘ri amalga oshirish; -
Download 125,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling