Bahor fasliga tavsifnoma
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar
Download 44.28 Kb.
|
1534913924 72319
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar. Qushlarning ovozi jaranglaydi. Ayniqsa, bulbul ko'p sayraydi.
Sayroqi qushlarning tuxumlaridan madorsiz jish bolalar — qushchalar chiqadilar. Ularni onalari boqadilar. Bu paytda uyasidan tushib ketgan qaldirg'och va chumchuq bolalarini teztez ko'rish mumkin. Ularni uyalariga solib qo'yish kerak. Qush bolalarini tabiat burchaklariga olib kelib bo'lmaydi. Ular juda serovqat bo'ladilar. Qo'ng'izlar, pashshalar, asalarilar teztez guldangulga qo'nib turadilar. Ular gullardan nektar va chang yig'adilar. Kapalaklar ham gullarga qo'nadilar. Barglarning quyi qismlarida hasharotlarning ignalari izini ko'rish mumkin, ular barglarning sharbatidan so'rib oladilar. Salqin tunlarda gullarda mayda hasharotlarni uchratish mumkin. Ular tunda gullar ichida isinadilar. Ba'zi vaqtda esa, gullar ichiga tuxum qo'yadilar. Jumladan, chinnigullarning gulkosalarida tungi kapalaklarning tuxumlari topilgan. Suzg'ich ona qo'ng'iz ham o'simliklarga tuxum qo'yadi. U ikki oy mobaynida mingtacha tuxum qo'yadi. Keyinchalik tuxumdan lichinkalar chiqadi. Suzg'ich qo'ng'izning lichinkalari ikkiuch oy yashaydi, ana shu davr mobaynida ikki marta tullaydi. Yozning o'rtalarida lichinkalar qo'g'irchoqlarga aylanadi. Suzuvchi qo'ng'izlarning barcha qo'ng'izlardagi singari qo'g'irchog'i bo'ladi. Lekin qo'ng'iz lichinkasi suvdan chiqib, quruqlikda qo'g'irchoqqa aylanadi. Ana shu vaqtda suv qo'ng'iz oqayotgan suvdagi barglarga tuxum qo'yadi.U o'rgimchak iplariga o'ralgan holda hammasi bo'lib 50—60 ta tuxum qo'yadi. Oradan ikkiuch hafta o'tgach, tuxumlardan lichinkalar yorib chiqadilar. Suvsevar qo'ng'izning lichinkasi semiz va beo'xshov bo'ladi. U yomon suzadi. Oradan ikki oy o'tgach, qirg'oqqa sudralib chiqadi, o'ziga «beshik» yasaydi, ikki haftadan keyin esa, qo'ng'izga aylanadi. U quvvatga kirib olgach, «beshigi»ni qoldirib ketadi va suvda suza boshlaydi. Suv qo'ng'izini bahorda yoki yoz oxirida tutib olish va tabiat burchagida tekshiruv olib borish mumkin. Ular o't bosib ketgan hovuzlarda juda ko'p bo'ladi. Iyul oyida qushlar tullay boshlaydi. Ayniqsa, g'ozlar va o'rdaklarda tullash qizg'in tus oladi. Ularning barcha yo'g'on qanotidagi katta patlarto'kilib, uchish qobiliyatini yo'qotadi. Iyul oyining oxirlarida qushlarning sayrashlari kamaya boshlaydi. Qush bolalari esa mustaqil hayot kechira boshlaydi. Bu vaqtda ko'pgina kapalak va chigirtkalar paydo bo'ladi. Chigirtkalar himoya ranglari (ko'k ranglari) bilan deyarli ko'zga tashlanmaydilar. Ularni ko'pincha ko'k o't, shoxshabba va daraxtlarning ustida ko'rish mumkin. Ular orqa oyoqlarining yordami bilan kattakatta sakrashlari, shuningdek, o'zlarining pirillashlari bilan bolalarning diqqatini jalb etadilar. Ularning ikki juft qanoti va uzun mo'ylovi bo'ladi. Toshkentda kechki paytlarda uylarning devorlarida kaltakesaklarni uchratish mumkin. Ular qushlarning sayrashlari kabi chirillab, o'z yoniga kapalak, chivin va mayda chivinlarning uchib kelishlarini poylab yotadilar. Avgust oyida, ko'kqarg'a, jarqaldirg'och, ko'rkunaklar singari ba'zi bir qushlar uchib keta boshlaydi. Laylaklar Toshkentdan sentyabr oyida, Butun O'rta Osiyodan esa oktyabr oylarida uchib ketadilar. Avgust oyida hali kapalak, ninachi va qo'ng'izlar bo'ladi. Download 44.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling