Bahor fasliga tavsifnoma


Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar


Download 44.28 Kb.
bet7/8
Sana28.09.2023
Hajmi44.28 Kb.
#1688959
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1534913924 72319

Hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar. Iyun oyida suv havzalaridagi itbaliqlar yosh qurbaqacha va choi baqalariga aylanadilar. Qurbaqalar suv havzalarining o'zida yashayveradilar, cho'l baqalari esa qirg'oqqa chiqadilar, ekin maydonlari va bog'larga joylashadilar.
May — iyun oylarining oxirlarida sahro kaltakesaklari (3—6 tadan) tuxum qo'ya boshlaydilar. Iyun oyining oxirida sariq kaltakesak 8—10 tagacha tuxum qo'yadi.
Yovvoyi hayvonlarning ham bolalari, jumladan, bo'ri bolalari ulg'aya boshlaydi. Yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, bo'ri bolalari 5—6 hafta ona suti bilan ovqatlanadi. Oltinchi haftadan boshlab astasekin go'sht yeyishga o'rganadi. Bo'ri bolalari katta hayvonlar singari ko'p suv ichadigan bo'ladilar. Shunday voqealar ham uchraganki, buloq suvining qurib qolishi natijasida ko'pgina bo'ri bolalari nobud bo'lgan. Yozning ikkinchi yarmida bo'rilar mol va yowoyi tuyoqlilar: jayronlar, arxar (yowoyi qo'y)larga teztez hujum qilib turadilar.
Iyun oyida tuyalar ham tug'adi. Yosh bo'taloq odatda nimjon bo'ladi. Mahalliy aholi uni o'z utovlarida saqlaydi, kigizlarga o'rab, quyoshdan panalaydi. Bo'taloq bir oz o'sgandan keyin, uni soyasalqin yerga bogiab juda ehtiyot qilib boqadilar. Faqat tunlari uni bo'shatib, onasining yonida qoldiradilar. Ona tuyalar o'z bolalariga juda g'amxo'r va mehribon bo'ladilar, hatto bolalarini emizish uchun ataylab yaylovlardan kelib turadilar.
Iyun — iyul oylarida ona echkemar qoyalarning yoriqlariga 1 — 2 tadan bir necha marta tuxum qo'yadi. Iyul oyining oxirida yosh kaltakesaklar tuxumdan chiqadilar, shuningdek, sahro yosh ilonquyruqlari ham paydo bo'ladi. Yaylovlarda dumbali va qorako'l qo'ylarni boqish davom etadi. Dumbali qo'ylarda moy to'planadi.
Avgust oyida yosh toshbaqalar paydo bo'ladi. Ular ko'rinishda juda kichkina bo'lib, bo'ylari 3057 mm ga etadi. Toshbaqalar juda sekin o'sadilar. Tuxumdan chiqqach, ular qum orasiga kirib ketib u yerda kelgusi bahorgacha uxlaydilar.
Avgust oyida tipratikanlar 5—7 tadan bolatug'adilar. Ular tug'ilganda ko'zlari ko'r, tanasi maydachuyda qisqa ninachalar bilan qoplangan bo'ladi. Tipratikanchalar ulg'ayishi bilan ularning ninachalari o'sa boradi, qattiqlashadi va to'q qo'ng'ir tus oladi. Tipratikanlar ko'pgina yovvoyi qushlar va hayvonlar (ukkilar, tulkilar) uchun yemish bo'ladilar.
Yozda sahrolarda qo'shoyoqlarni ko'rish mumkin. Ular odatda qorong'i tushishi bilangina uyalaridan chiqadilar. Ba'zan kunduzlari ular qum oralariga kirib oladilar. Qo'shoyoqlar har turli ovqatlar: sahro lolalarining ildizlari, g'ozyoyi, g'allasimon o't urug'lari bilan ovqatlanadilar. Shuningdek, ular qo'ng'iz, qurt, chumoli va kaltakesaklarni bajonu dil yeydilar. Ular, agar yonatroflarida polizlar bo'lsa, tarvuz, qovoq, qovunlarni yorib urug'larini yeydilar. Ba'zan bodringlarni, karam, no'xat va sabzi barglarni yeydilar.
Qo'shoyoqlarning ko'pgina dushmanlari bor: tulki, bo'ri, it, bo'g'ma ilon, boyqushlar shunday hayvonlarjumlasidandir. Xavf tug'ilib qolgan taqdirda u ilon izi qoldirib sakraydi va birorta teshikka yashirinishga harakat qiladi. Yoz o'rtalarida qo'shoyoq 3—6 ta bola tug'adi, bolalari uzoq vaqtgacha onasining yonida bo'ladi.
Avgust oyining oxirida bo'ri bolalari o'sib yetiladi. Ular ko'pincha qorong'i tushgach va tun paytlarida uy hayvonlarini ovlaydilar. Ba'zi hollarda uy hayvonlariga kunduz kunlari ham hujum qiladilar, lekin aholi yashaydigan punktlardan olisda boigan joylardagina shunday qilishlari mumkin. Choi bo'risi chorvachilikka zarar keltiradi.

Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling