Bahor Xush kelding, o‘lkamga bahor!


Download 1.48 Mb.
Sana24.01.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1114443
Bog'liq
Shukurova Sumbula


Yil fasllari
Shukurova Sumbula
O’ZBEKISTON juda go’zal diyor. Alloh Nazari, rahmati va barokati yog’ilgan zamin. Bizni vatanimizda 4ta yil fasillari ham ketma- ketlikda, navbatma navbat husn-jamolini nomoyon qiladi
Bahor

Xush kelding, o‘lkamga bahor!


Bahor - fasllar kelinchagi. Bunda gulyaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi. Daraxtlar gulga burkanadi, qushlarning orombaxsh sasi olamni tutadi.
Tuproq hidini sog‘ingan bobodehqon ketmonini olib, dalasiga oshiqadi. Kim ko‘chat qadagan, kim yer chopgan, kim daraxt butagan. Boshqasi ariq qazigan. Barcha-barcha tiriklik tashvishlari bilan band.
Bahor - yangilanish, yasharish fasli! 
Bu - go‘zallik, nafosat fasli!
Bahorning birinchi kuni barchangizga muborak bo‘lsin!
Yana bahor keldi, yana olamda,
Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot,
Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!
Qish

Kumush qish


Olamni zarrin parchalari bilan qoplab QISH fasli kirib keladi. Dov daraxtlar liboslarga burkangandek go’yo. Har bitta qor parchasi o’ziga xos. Bu so’zimiz isboti tariqasida AQSH larida bir guruh tadqiqodlar qor parchalari ustida tadqiqod qilishgan. Olimlar tasdiqladilarki, har bitta parchasi o’ziga xos shaklga ega va bu parchalarni zamonaviy inovatsiyalarda bajarish juda katta mashaqqat ekanligini tan oldilar. Vaholangki, 18ming olamlar Robisi ALLOH buyuk musavvir ekanligini yana bir bor isbotini topdi.
Bir kirobda o’qigandim, qish-sovuq, hamma joy qor. Ammo inson tafakkur qilsa bu oppoq qor emas, Aslida ALLOHNING RAHMATIDIR…..
Kuz

Oltin kuz tarovati


 Naqadar go'zal va serjilo fasl ... Har bir faslning o'z chiroyi bo'lganidek, bu faslning ham o'zgacha, hech qaysi faslnikiga o'xshamagan husn-tarovati bor. Shoir hamda yozuvchilarimiz aytganidek, bu fasl "Hazon" barglari bilan ajralib turadi ... Kuz fasli kirib kelganda tabiat manzaralariga e'tibor bersangiz ona tabiatimiz oltin libosga burkanadi. Go'zal tabiat manzaralari vujudga keladi. Yerga to'kilayotgan sariq rangdagi barglar o'zgacha olamni yuzaga keltiradi. Istirohat bog'lariga kirib, kuz faslining ajabtovur husni yog'ilayotgan daraxtlar oldida bir zum o'tirsangiz, xuddi sehrli olamga tushib qolgandek bo'lasiz.
Yoz

Mehrli va zavqli yoz


Yoz – quvnoq oromgoh, totli muzqaymoq va zavqli favvoralar fasli. Uch oy taʼtilda miriqib dam olish, sayohatlarga chiqish, istalgan toʻgarakka qatnashish bir olam taassurotlar qoldiradi. 
BAHOR faslida kurtak ochgan daraxtlarga YOZ o’zining issiq mehri bilan daraxt mevalarini birin-ketin pishishiga yordam beradi. Issiq sevar qishlar uchib keladi. O’rdaklar ko’lmaklarda suzishadi. Yoz fasli yil fasillari ichida eng issiq fasldir.
Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling