Bahorikor-lalmikor yerlarni baholash sug‘oriladigan tuproqlarni baholashdan biroz farq qiladi


Tuproqning skeletlilik darajasiga ko‘ra bonitirovka


Download 0.97 Mb.
bet4/4
Sana24.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1394655
1   2   3   4
Bog'liq
Banitirofka 1

Tuproqning skeletlilik darajasiga ko‘ra bonitirovka

koeffitsiyentining o‘zgarshi.

Skeletlilik darajasi

Koeffitsiyenti

1

Skeletsiz tuproqlar

1,00

2

Kuchsiz skeletli

0,95

3

O‘rtacha skeletli

0,80

4

Kuchli skeletli

0,70

Faqat skelet miqdorigina o‘simlikni hayoti va faoliyatiga ta’sir qilmaydi, balki skeletli qatlamni qalinligi, joylashgan chuqurligi ham tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni hosil bilan salbiy korrelyatsiyalanadi.


Skeletli qatlam 30, 30-50 sm chuqurlikda, ya’ni shu chegaradan yuqorida joylashganda g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, poliz va boshqa ildiz tizimi yuzada joylashadigan o‘simliklar uchun katta zarar etkazadi. Agar bu qatlam chuqurda joylashgan bo‘lsa, daraxt o‘simliklariga ham zarar etkazadi. Shu bois skeletli qatlam chuqurligiga ko‘ra ham bonitirovkalash koeffitsiyentlari o‘zgaradi.


Yuqorida ko‘rsatilgan hosilni cheklovchi omillardan tashqari lalmikor yerlarni ishlab chiqarish qobiliyatiga joyning relyefi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘rinda relyef agroekologik omil tariqasida eng avvalo quyosh va yerdan keladigan energiyalar taqsimotiga, yog‘in taqsimotiga ta’sirli ko‘rinadi. Bu omillar taqsimoti o‘z navbatida boshqa qator kattaliklarga jumladan geokimyoviy oqimga, nam taqsimotiga va boshqalarga ta’sir ko‘rsatadi. Xilma-xil relyef sharoitidagi o‘simliklar har xil darajada quyosh energiyasi va yorug‘lik bilan ta’minlanadi.


Sharqiy qiya tekisliklarga quyosh nuri nisbatan tik tushadi, demak, ko‘proq isitadi, ya’ni issiqlik rejimi boshqalarga nisbatan farqli bo‘ladi.
Nisbatan soya shimoliy, g‘arbiy qiya tekisliklar kuchsizroq darajada isiydi, shu bois bu maydonlarning tuproqlarida namlik biroz ko‘proq, atmosfera havosi harorati pastroq bo‘ladi.
Namlikning taqsimotiga relyef elementlarining morfometrik kattaliklari ta’sir qiladi. Relyefning namlikka ta’siri qiya tekisliklarda, jarliklarda, qirrali qoyalarda, uzun va tik qiyaliklarda, chuqur cho‘kmalarda yaqqol ko‘rinadi.
Tuproqqa va uning ichki qatlamlariga singib kirib borgan suvlar qiya tekislik bo‘ylab geokimyoviy oqimni tashkil qiladi va qiyalik bo‘ylab pastqamliklar tomon oqib boradi.
Geokimyoviy oqim o‘z yo‘lida har xil geokimyoviy baryyerlarda xilma-xil moddalarni kontsentratsiyalarini o‘zgartiradi. Masalan; organik moddalarni, oziqa elementlarni, mikro va makroelementlarni kontsentratsiyalariga geokimyoviy oqim turli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Yog‘inlarning bir qismi relyef turiga qarab tuproq ustida turli tezlikda pastqamliklar tomon, vaqtinchalik yoki doimiy eroziya bazisi tomon harakat qiladi va qattiq oqim tariqasida moddalarni harakatga keltiradi. Bu oqim ta’sirida yerlar eroziyalanadi. Tuproq ustki va ichki omillarining nisbatlari joyning relyefiga, o‘simlik turi va qoplanganlik darajasiga, tuproqning zichligiga, yotish holati va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Salbiy relyef holatida, ya’ni chuqurliklarda joylashgan tuproqlar hamma vaqt ham nisbatan yuqori namlikka ega bo‘ladilar. Bunga sabab yuqoridagi maydonlarda ichki va tashqi oqim tariqasida u yoki bu miqdorda suvlar har xil kontsentratsiyada kelib qo‘shilib turadi. Shu bois ba’zan bunday yerlar suv o‘tkazmas qatlam ustida joylashgan bo‘lsa sho‘rlanishi yoki botqoqlanishi mumkin.
Shu munosabat bilan bir xil iqlimiy sharoitda joylashgan maydonlarda har xil xususiyatlarga ega bo‘lgan tuproq ayirmalari ham hosil bo‘ladi.
E.Volni, S.Tashchanov, N.Altinbayev va AQSH davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra relyef elementlaridan eng katta agroekologik ahamiyatga ega xususiyatlari qiya tekslik ekspozitsiyasi, qiyalik darajasi, relyef shakli hisoblanadi.
Ayniqsa qiya tekislik ekspozitsiyasi donchilik hosili bilan korrelyatsiyalanadi, shu bois lalmikor yerlarni baholashda ekspozitsiya uchun ishlangan koeffitsiyentlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, to‘g‘ri baholashga olib keladi.
Lalmikor yerlarning ball bonitetini aniqlash sug‘oriladigan yerlarning unumdorlik darajasini aniqlash kabi bo‘ladi, ya’ni negizli shkaladan tuproqni genetik guruhi va unga muvofiq maksimal ball aniqlanadi, tuproqni hosil bilan korrelyatsiyalanuvchi xususiyatlari uchun ishlangan koeffitsiyentlarga ko‘paytirish asosida yakuniy ball bonitet chiqariladi.
Masalan; tipik bo‘z tuproqni baholash lozim bo‘lsa unga muvofiq maksimal ball 70, ya’ni negizli shkalada ko‘rsatilgan. Bu tuproq og‘ir mexanik tarkibli, kuchsiz yuvilgan, demak koeffitsiyent 0.95, skeletsiz, bu ko‘rsatkichga ko‘ra koeffitsiyent 1.00 va hokazolar.
Btb = 70 · 0,95 · 1,00 = 66,5 ball.
Tuproqni ball boniteti hosilni rejalashda, soliq miqdorini aniqlashda va boshqalarda muhim kattalik hisoblanadi. Soliqni tabaqalash ham, rag‘batlantiruvchi soliq miqdorini belgilash ham tuproqni sifat ko‘rsatkichi, ya’ni uni unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa olinadigan hosil miqdorini chamalash, rejalashda hal qiluvchi asosiy kattalik hisoblanadi.
Respublikada kuzgi lalmi bug‘doyni o‘rtacha maksimal hosildorligi gektariga 25 ts., arpaniki - 20 ts., demak, bir bonitet ballini hosil qiymati 25/100=0,25, 20/100=0,20 ts/ga.
Bahorikor yerlarda hosilni to‘g‘ri rejalashda tuproq uchun hisoblangan bonitet balli 0,25 yoki 0,20 ga ko‘paytiriladi. Masalan; 80*0,25=20 ts/ga yoki 80*0,20=16 ts/ga ni tashkil qiladi. Shu tariqa boshqa hisob kitoblarni amalga oshirish mumkin.
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling