REJA:
1.Relyef – geomorfologiyaning tekshirish ob’ekti. Relyef landshaftning etakchi komponenti.
2.Relyef shakllari va elementlari. Relyefning morfometriyasi va morfografiyasi. Relyef genezisi.
3.Geomorfologik strukturalar. Geologik strukturalar va ularning relyefda namoyon bo’lishi.
4.Endogen jarayonlar va ularning turlari. Endogen jarayonlarni vujudga keltiruvchi manba. Endogen jarayonlar tasnifi.
1.Relyef – geomorfologiyaning tekshirish ob’ekti. Rel’ef landshaftning etakchi komponenti.
Relyef (frants, relief, lot. relevo — ko’taraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi ko’rinishi, o’lchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga ko’ra turli-tuman notekisliklar: tog’, tekislik, pasttekislik, adir, yassi-tog’, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa past-balandliklar majmui. Yer yuzasining har bir qismi bir necha marta o‘zaro takrorlanuvchi va almashinuvchi hamda har bir relyef elementlaridan tuzilgan alohida relyef shakllaridan iborat bo’ladi.
Geometrik belgilar bo‘yicha yuza, qirra (ikki yuzaning kesishuvi) va
yuza burchaklari (uch va undan ko‘p yuzalarni kesishuvi) kabi relyef elementlari ajratiladi.
2.Relyef shakllari va elementlari. Relefning morfometriyasi va morfografiyasi. Relef genezisi.
Relyefning yirik shakllari-planetar, mega-va makro-, ayrim hollarda mezoshakllari endogen jarayonlar ta’sirida vujudga keladi. Ularning hosil bo’lishi litosfera xususiyatlariga bog’liqdir, mezo-, mikro- va nanorelyef shakllari esa asosan ekzogen jarayonlar ta’sirida hosil bo’ladi.
Relyef elementlariga tog’ tepasi, tog’ yonbag’ri, yonbag’ir etagi, cho‘qqi, dovon, suvayirg’ich. soylar va boshqalar misol bo’la oladi .
Relyef shakllari berk (barxan, balandlik, chuqurlik, karst voronkasi) yoki ochiq (jar, balka, daryo vodiysi), sodda yoki murakkab, ko‘tarilgan yoki pastqam bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |