Relyef turlarini va shakllarini aniqlash va tahlil qilish
Relyef shakllari katta-kichikligiga ko‘ra
Download 96.22 Kb.
|
RELYEF TURLARINI VA SHAKLLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Megashakllarga
- Geotektura
- Morfoskulptura
Relyef shakllari katta-kichikligiga ko‘ra planetar shakllar, megashakllar, makroshakllar, mezoshakllar, mikroshakllar va nanoshakllarga ajratiladi.
Planetar shakllarga materiklar, okean tagi, hozirgi zamon geosinklinal mintaqasi, suv osti o‘rtalik tizmalari kiritiladi. Megashakllarga tog’ mintaqalari, tekislik o‘lkalari, okean tagidagi yirik soyliklar, ko‘tarilmalar, planetar miqyosdagi yoriqlar kiritiladi. Alp, Kavkaz. Tyanshan tog’lari, Turon pasttekisligi, O‘rta Sibir yassitog’ligi megashakllarga misol bo’la oladi. Ayrim tog’ tizmalari (masalan Oloy tizmasi), botiq yoki vodiylar (Farg’ona vodiysi) relyefning makroshakllaridir. Jarlar, balkalar, barxan zanjirlari va boshqalar mezoshakllar; karst voronkalari, kichik jarlar, qirg’oq marzalari mikroshakllar deyiladi. Relyefning eng kichik shakllari, masalan, jo‘yakcha, yumronqoziq uyasi va boshqalar nanorelyefga kiritiladi. Ekzogen jarayonlarining faoliyati oqibatida akkumulyativ va denudatsion relyef shakllari tarkib topadi. Akkumulyativ shakllar materiallarning to‘planishidan (morena tepaliklari, barxanlar, dyunalar, deltalar), vodiylar, denudatsion (qayta ishlangan) shakllar esa materialni olib ketilishidan (jar, soyliklar, yardanglar) hosil bo’ladi. Relyef shakllarining kelib chiqishiga ko‘ra I.P.Gerasimov va Yu.A.Meshcheryakovlar geotektura, morfostruktura va morfoskulptura shakllariga bo’lishadi. Geotektura planetar va megarelyef shakllari bo’lib, ular endogen jarayonlar natijasida vujudga keladi. Morfostruktura makrorelyef shakllari bo’lib, ular endogen va ekzogen jarayonlarining o‘zaro birgalikda ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Bunda endogen jarayonlar asosiy rol o‘ynaydi. Morfostruktura shakllari relyefda ifodalangan geologik strukturalardir. Morfoskulptura mezo-, mikro-, va nanorelyef shakllari bo’lib, ular asosan ekzogen jarayonlarining faoliyati natijasida vujudga keladi. O‘xshash qiyofa, tuzilish, kelib chiqishga ega bo’lgan va muayyan hududda qonuniy ravishda takrorlanuvchi relyef shakllarining birikmasiga relyefning genetik tiplari deyiladi. Relyefning har bir tipi relyef hosil qiluvchi muayan jarayonlar va omillar faoliyatida tarkib topadi. Quyida Moskva universiteti geomorfolog olimlari tomonidan taklif etilgan relyef shakllarining genetik tasnifini keltiramiz. Download 96.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling