Relyef turlarini va shakllarini aniqlash va tahlil qilish
Relyef hоsil qiluvchi оmillar
Download 96.22 Kb.
|
RELYEF TURLARINI VA SHAKLLARINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Relyef va iqlim
Relyef hоsil qiluvchi оmillarRelyef hоsil qiluvchi endоgen va ekzоgen jarayonlarining faоliyati ayrim оmillar оrqali yuz beradi. Ular relef hоsil qiluvchi оmillar deyiladi. Bu оmillarga yer po‘stini tashkil qiluvchi tоg’ jinslarining mоddiy tarkibi, turli davrlarda yuz bergan tektоnik harakatlar natijasida vujudga kelgan geоlоgik tuzilmalar (strukturalar) va iqlimiy sharоit kiritiladi. Relyef va iqlimIqlim-relyef hоsil qiluvchi muhim оmil. Iqlim va relef o‘rtasidagi o‘zarо alоqadоrlik juda xilma-xil. Ekzоgen jarayonlarining xarakteri va intensivligi iqlim sharоiti bilan belgilanadi. Shuning uchun turli iqlimiy sharоitlarda o‘ziga xоs relef shakllari vujudga keladi. Iqlim relyef hоsil bo‘lish jarayonlariga gidrоsfera, tuprоq o‘simlik qоplami va bоshqalar оrqali bevоsita va bavоsita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ekzоgen relyef shakllarida shimоldan janubga tоmоn iqlimiy sharоitning o‘zgarishi bilan bоg’liq hоlda zоnal xususiyatlar ham shakllanadi. Shu jihatdan ekzоgen relyef zоnallikka bo‘ysunmaydigan endоgen relyefdan farq qiladi. Endоgen relyefda esa zоnallikka bo‘ysunmaganligi natijasida azоnal relyef shakllari hоsil bo‘ladi. 1. Endogen jarayonlar va ularning turlari. Endogen jarayonlarni vujudga keltiruvchi manba. Endogen jarayonlar tasnifi. Yer qobig’i ichki va tashqi kuchlar ta’sirida bo’lib, bu kuchlar uning tarkibi, tuzilishi va shaklining o’zgarishiga sababchi bo’ladi. Yerdagi bo’ladigan protsesslar vulkan otilishi, zilzila, tog’ hosil bo’lishi, quruqlikni suv bosishi yoki suv qaytishi kabi harakatlar e n d o g ye n jarayonlar deb ataladi. Yerdagi behisob ener giya ta’siridan jinslarning yotish holati va tarkibi o’zgaradi, burmali tog’lar, vulkan harakatlaridan orollar hosil bo’ladi. Yer qatlamlarini o’zgarishidan hosil bo’lgan har xil strukturalarni o’rganuvchi geologiyaning sohasi g e o t e k t o n i k a deyiladi. Endogen jarayonlarni vujudga keltiruvchi manbalar quyidagilardan iborat: Yuqori harorat Radioaktiv elementlarning parchalanish energiyasi Kimyoviy reaktsiya energiyalari. Bu kuchlar ta’sirida quyidagi jarayonlar sodir etilishi mumkin: Magmatizm. Metomorfizm. Yer qobig’ining tektonik xarakati. Zilzilalar. 2.Tektonik harakatlar. Tektonik harakatlar turlari. Ularning relef hosil bo’lishdagi roli. Qadimgi, hozirgi va yangi tektonik harakatlar. Yangi global tektonika. Vertikal va gorizontal tektonik harakatlar. Tektonika (yunoncha) – qurilish, qurish san’ati, degan ma’noni bildiradi. Yer ichidagi (yuqori mantiyadagi) harakatlar natijasida Yer po’stida ro’y beradigan bukilish, burmalanish, sinish, siljish, ko’tarilish, cho’kish hodisalari tektonik harakatlar deyiladi. Tektonik harakatlar yuqori mantiya bilan yer po’stining o’zaro ta’sirida ro’y beradi. Tektonik harakatning quyidagi turlari bor: Tebranma (epeyrogenik) harakatlar. Yer po’sti asta ko’tarilib, asta pasayadi. Uning tezligi har xil. Tebranma harakatlar natijasida sinekliza, antiklizalar hosil bo’ladi. Neogen va antropogen davrilarda Tyanshanda tektonik harakat amplitudasi 12-15 km bo’lgan, tekisliklarda sekin bo’ladi. Tekislik va qirlar hosil bo’ladi. Hozirgi harakatlar Rossiya tekisligida Donbassda, Dneprbo’yi qirlarida ko’tarilish yiliga 10 mm gacha boradi. Pechora havzasida cho’kish yiliga 11,8 mm. ga teng. Niderlandiyada mamlakatning yarim hududi dengiz sathidan past. Burmali-bukilish harakatlari. Bunday harakatlar natijasida burmali tog’lar, tog’ oldi bukilmalari hosil bo’ladi. Kavkaz, Ural, Kordilera, And, Himolay va boshqa tog’lar, Hind-Gang pasttekisligi, Mesopotamiya ana shunday harakatlar natijasida hosil bo’lgan. Uzilma harakatlar – bunday harakatlar natijasida palaxsali, burmali-palaxsali tog’lar hosil bo’ladi. Bundan tashqari gorst va grabenlar hosil bo’ladi: Oltoy, Sayan, Tyanshan tog’lari ana shunday harakatlar natijasida hosil bo’lgan. Download 96.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling