Ushbu ma’ruzada arid o‘lkalardagi eol jarayonlar, iqlim mintaqalari va shamol turlari,shamolning geologik va geomorfologik ishi hamda eol relyef shakllari haqida ma’lumot berilgan. Ma’ruza №13 eol jarayonlar va relyef shakllari reja


Download 116.83 Kb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi116.83 Kb.
#1070940
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-ma`ruza. Eol jarayonlar va relyef shakllari


Ushbu ma’ruzada arid o‘lkalardagi eol jarayonlar, iqlim mintaqalari va shamol turlari,shamolning geologik va geomorfologik ishi hamda eol relyef shakllari haqida ma’lumot berilgan.


MA’RUZA №13 EOL JARAYONLAR VA RELYEF SHAKLLARI


Reja:
1. Arid o‘lkalardagi eol jarayonlar, iqlim mintaqalari va shamol turlari
2. Shamolning geologik va geomorfologik ishi
3. Eol relyef shakllari


Tayanch so’z va iboralar: Eol, Koriolis kuchi, deflyatsiya, korraziya, eol relyef, eol yotqiziq, "eol shahar", "eol qozon" (puflashni), arid iqlim, kontinental (qurg`oqchil), bug`lanuvchanlik, bug`lanish, advektiv shamollar, eol, deflyatsiya, karroziya, shamol qozonlari, yardanglar, lyoss, tokchasimon o`yiqlar, dyuna, mustahkamlangan, yarim mustahkamlangan, mustahkamlanmagan qumlar, tekis qumlar, do`ng qumlar, pushtali yoki qum tepalar, chuqurchali yoki ko`zoynakli qumlar, barxanlar, barxan zanjiri, barxan pushtasi, erg, nefud, gilli cho`llar, taqir cho`llar, koklar, sho`rxok, sho`r, toshloq cho`llar, hamadlar, gipsli cho`llar.
1-REJA: Arid o‘lkalardagi eol jarayonlar, iqlim mintaqalari va shamol turlari
Arid iqlimi (lotincha “aridus”- qurg`oqchil) tropik, subtropik, o`rta kenglik mintaqalaridagi cho`l va chala cho`llar iqlimidir. Bu atamani fanga kiritgan olim A.Penkdir. U iqlimlarni geomorfologik jihatdan tabaqalashtirishda arid so’zini qo`llagan.Arid iqlim namlanish miqdori o`simliklar vegetatsiya uchun yetarli bo`lmagan (150-200 mm), quruq, issiq kontinental (qurg`oqchil) iqlim. Iqlim quruqligi sababli erozion relyef shakllari kam yoki sust rivojlangan, ximik nurashdan fizik nurash ustun turadi. Olinadigan radiatsiyani asosiy qismi tuproq va havoning isishiga sarflanadi, yoqqan yog`inni bug`lanishiga juda oz qismi ketadi. Bug`lanishga nisbatan bug`lanuvchanlik ancha katta. Arid iqlim sharoitida mumkin bo`lgan (potentsial) bug`lanishga nisbatan 10-20 barobar va undan ham ortiq bug`lanuvchanlik bo’ladi, shuning uchun yozi jazirama issiq bo`ladi. Doimiy oqadigan daryolar deyarli yo`q, asosan tranzitlari kesib o`tadi. Arid iqlimli o`lkalarni yuzaga kelishida (Sahroi Kabir, Arabiston, Janubiy Eron, Avstraliya va boshqa cho`llarda) issiqlik miqdorining kattaligi va yog`in miqdorini kamligiga sabab yil bo`yi, mavsumiy yoki fasliy subtropik antitsiklonlarini kirib kelishi, dengiz - okeanlardan uzoqligi, nam havolar yo`lini tog`lar to’sishi, yoki qirg`oq yaqinida bo`lsa sovuq dengiz oqimini o`tishi oqibatlarida qurg`oqchil o`lkalar yuzaga keladi. Bunday sharoitda yashovchi aholi dehqonchilik qilmoqchi bo`lsa faqat sug`oriladigan yerlardagina qilishi mumkin. Arid o`lkalarning oqimsizligi, avvalo ularda bir-biridan alohida va turli balandlikda joylashgan, atrofi berk botiqlar yog`in yetishmasligi sababli suvga to`lmaydi. Ularni bir-birovidan ajratib turadigan to`siqlar yuvilib ketmaydi. Eng chuqur quruq botiqlar - Turfon -154 m, Liviya cho`lidagi Kattara-133 m, Mang`ishloq yarim orolidagi Qoragiyo -132 m, Kaliforniyadagi Ajal vodiysi okean sathidan -85 m pastdadir.
Shamol cho`llarning tasodifiy yo`lovchisi - mehmoni emas, balki uning xo`jayinidir, quyosh chiqishi bilan boshlangan yengil shabada asta-sekin kuchayadi, chunki havoda nisbiy namlik kamayib havo quruqlasha boradi, kunning ikkinchi yarmida juda kuchayadi, bu chang to`zonli sharoitni yuzaga keltiradi, kechga tomon yana pasayadi, kechasi butunlay to`xtab qoladi. Bu doimiy shamollardan tashqari advektiv shamollarni kirib kelishi shamol faoliyatini yanada oshiradi.
Havo bosimi bir xilda bo`lmaganligidan shamol paydo bo`ladi. Ekvatorda bosim kamayganda subtropikdan ekvatorga tomon havo oqimi yo`nalib passat shamollarini vujudga keltiradi. Shimoliy yarim sharda passatlar shimoldan janubga harakat qilmay, shimolisharqdan janubi-g`arbga tomon esadi. Janubiy yarimsharda janubdan shimolga emas, balki janubi-sharqdan shimoli-g`arbga tomon harakatlanadi. Bu hol Erning o`z o`qi atrofida aylanishidan kelib chiqadi. Passat shamoliga qarshi esuvchi, uning ustida harakatlanuvchi shamolga antipassat deyiladi. Bu shamol 2,5—3 km balanddikda bo`ladi. Antipassat zkvatordan ko`tarilgan issiq havo oqimidan hosil bo`ladi, bu shamol yerning aylanishi ta’sirida shimoliy yarim sharda o`ngga, janubiy yarim sharda esa chapga burilib esadi.
Briz — quruqlik bilan suvning har xil isishidan paydo bo`lgan shamol. Quruqlik kunduz kuni tez, suv esa sekin isiydi, natijada suv yuzasidan shamol quruqlikka tomon harakatlanadi, bu dengiz brizi deyiladi. Kechasi quruqlik tez, dengiz sekin soviydi, natijada havo oqimi quruqlikdan dengizga tomon harakatlanadi, bu qirg`oq brizi deyiladi.
Musson — havoning sutkalik isishi va sovishidan emas, balki mavsumiy o`zgarishidan hosil bo`ladi; dengiz bilan quruqlik o`rtasida shunday hodisa bo`lib turadi. Mussonlar Afrika, Avstraliya va boshqa materik oralarida sodir bo`ladi. Bundan tashqari, tsiklon va antitsiklon nomi bilan yuritiluvchi havo oqimlari ham bor.
Siklon havo oqimlari (issiq va sovuq) soat strelkasiga qarama-qarshi tomonga qarab yo`naladi. Chunki havo bosimi markazda kam bo`ladi. Antisiklonda havo oqimlari soat strelkasi bo`ylab harakatlanadi. Siklon uchun bosimning chekka tomonlardan markazga tomon kamayib borishi, antitsiklonda esa, aksincha markazdan chekka tomonlarga shamolning ko`payishk xarakterlidir. Siklon shamollari juda kuchli harakatlanib vaqt-vaqti bilan dengiz qirg`og`ida, dengizdan daryo ichkarisiga suvni teskari oqizib, quruqlikni suv bosadi, ba’zan suvning sathi 3—5 mm gacha ko`tariladi. Shamol kuchi juda katta tezlikda harakatlanganda og`irligi 80 kg dan 160 kg gacha bo`lgan toshlarni dumalata oladi. Masalan: siklon shamolining harakat tezligi 25 m/sek dan 70 m/sek gacha, ba’zan 190—260 m/sek ham bo`ladi. Shunday qilib passat, musson, briz va tsiklon havo oqimlari (shamollar) Yer sharidagi quruqlik, dengiz va organik dunyoga fizik ta’sir etadi va ularni harakatga keltiradi, bir holatdan ikkinchi holatga o`tishiga yordam beradi.

Download 116.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling