Ushbu ma’ruzada arid o‘lkalardagi eol jarayonlar, iqlim mintaqalari va shamol turlari,shamolning geologik va geomorfologik ishi hamda eol relyef shakllari haqida ma’lumot berilgan. Ma’ruza №13 eol jarayonlar va relyef shakllari reja


-TEST Havoning mavsumiy o`zgarishidan hosil bo`ladigan shamol?


Download 116.83 Kb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi116.83 Kb.
#1070940
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-ma`ruza. Eol jarayonlar va relyef shakllari

1-TEST
Havoning mavsumiy o`zgarishidan hosil bo`ladigan shamol?
Musson
Briz
Fyon
Garmsel

2-REJA: Shamolning geologik va geomorfologik ishi


Shamol yer yuzasiga ishqalanib, yer yuzasini yemirganda va mineral zarralarni bir joydan ikkinchi joyga uchirib borganda u geomorfologik (relyef hosil qiluvchi) va geologik omillarga aylanadi. Geomorfologik kuch bo`lgan shamolning xususiyatlari:
1. Shamol keng maydonda ish bajaradi (daryo esa o`zani bo`ylab tor yerda ish bajaradi.)
2. Shamol tog` jinslarining nihoyatda mayda bo`laklarini yumalatib va uchirib olib ketadi. (bu bo`laklarning o`lchami shamol kuchiga qarab turlicha bo`lishi mumkin)
3. Shamolning geomorfologik ta’siri yer sharining quruq va o`simlik qoplamagan joylaridagina effektivli bo`ladi. Cho`l va chala cho`llarda shuningdek suv havzalarining qumli sohillarida shamolning ishi ayniqsa sezilarlidir. Bunday yerlarning umumiy maydoni 35 mln. km2 ga yetadi.
Eol (yunoncha eolos- shamol xudosi, ma’budasi) jarayonlarining turlari: shamol ta’sirida relyef hosil bo`lish jarayoni. Shamollar faoliyati bilan bog`liq bo`lgan geomorfologik jarayonlarni eol jarayonlar, hosil bo`lgan relyef shakllarini esa eol relyef deb ataladi (14-rasm). Shamol yemirilgan jinslarni bir joydan ikkinchi joyga olib boruvchi kuch. Shamolning jinslarni uchirishi uning tezligigagina emas balki, yuqoriga ko`tarilma havoning kuchiga bog`liq. O`rtacha kuchga ega bo`lgan shamol (4-7 m/sekund) diametri 0,25 mm dan yirik bo`lmagan zarralarni uchiradi.
10 m/sekundgacha tezlikda esadigan shamol esa diametri 1 mm gacha bo`lgan jinslarni uchiradi, faqat dovul qum va mayda toshlarni uchirib ketadi. Mayin jinsli yer yuzasi tozalanadi va qaytadan nurash faoliyatini yuzaga kelishiga imkon yaratiladi. Toshloqlar ustida va orasidan barcha mayin jinslar ko’chiriladi. Tog` jinslarining shamol ta’sirida yemirilishi va ularni boshqa joylarga olib ketishi hodisasi deflyatsiya (lotincha deflyatsiya - puflash, uchirish) deyiladi.
Karroziya (lotincha karrosio-yemirish, uyib yuborish, tarashlash) shamolning o`zi va u ko`tarib borayotgan zarrachalar qoya toshlarga urilib qoya toshlar yuzasini silliqlaydi, bunda qoya toshlarning barcha qirralari o`tmas bo`lib qoladi, chuqur joylari yanada o`yiladi. Yumshoq jinslar tez yemirilib ketib, qattiq jinslar chiqib qoladi. Shamol olib borayotgan qum odatda yer yuzasidan 2-3 m balandda uchadi (qumli yuzalardan shamol oqimi 90% gacha bo`lgan chang, qum va gil zarrachalarini 11-40 sm gacha yer yuzasidan balandlikda olib ketadi). Shuning uchun ham karroziya qoya toshlarning tagini ko`p o`yadi va eol yoki shamol qozonlari deb ataladigan chuqurliklar relyef shaklini hosil qiladi. Bunda quyun shamollari aylantirib uchirganda qozonsoylarni yuzaga kelishi tezroq davom etadi. Bunday relyef shakllarini qumli va tog`li rayonlarda uchratamiz. Shamol ko`p esadigan o`lkalardagi ayri-ayri turgan qoyalarning shakli ko`ziqoringa o`xshab qolishi (qoya toshlarning tagi o`yilishidan) va enlama joylashgan jinslardan tuzilgan qoldiq tog`lar shaklini supaga o`xshash bo`lishi shundandir.
Karroziya gilli tekis yuzaga ham ta’sir ko`rsatadi, tekis yerlarni silliqlaydi va yumshoq jinslardan tuzilgan joylarni o`yib, bir-biroviga paralel devorlar - yardanglar bilan ajralgan jo`yaklar hosil bo`ladi. (turkcha yardang - tik tepalik, baland pushta) Shamol ko`p esadigan tomonga cho`zilgan qator-qator jo`yaklar hosil qiladi, jo`yaklar chuqurligi 1 m dan 6 m gacha bo`ladi. Markaziy Osiyo cho`llarida ko`proq uchraydi. Karroziya qoya toshlarni yemiradi, ba’zan toshlarning yuzasidagi qattiq jinslar yemirilmay cho`tir bo`lib qoladi. Agar qoya toshlardagi cho`kindi jinslar (ohaktosh, kutoshni) ni o`ysa kichik-kichik chuqurliklar hosil qiladi. Ular tashqi ko`rinishidan panjaraga o`xshaydi yoki tosh turlari deyiladi. Ba’zan bu xildagi o`yiqlar lyossli ko`tarilmalar devorlarida tokchasimon o`yiqlar hosil qiladi.
Relyefning shamol vujudga keltiradigan akkumulyativ (lotincha akkumulyatsio-to`planish) shakllari ancha xilma-xildir. Bunday relyef shakllarining xarakteri ko`p jihatdan shu joydagi kuchli shamollar rejimiga bog`liq. Shamol olib borayotgan jinslarini uchragan to`siqlarda tashlaydi, cho`ktiradi, uning natijasida cho`lning yoki arid o`lkaning akkumulyativ relyef tipi paydo bo`ladi.
Qumlar paydo bo`lishiga ko`ra ham bir-birovidan farq qilishi mumkin, akkumulyativ yo`l bilan hosil bo`lgan qumlar Qoraqum cho`lini qumini paydo bo`lishi Amudaryo faoliyatiga, Kampirakqum Zarafshon faoliyatiga, g`arbiy va shimoli-g`arbiy Qizilqum Sirdaryo faoliyati bilan bog`liq. Prolyuvial yo`l bilan hosil bo`lgan qumlar Markaziy Qizilqum tog`lari atrofidagi, Gobi, Sahroi Kabir, Arabiston, Avstraliya va Alashandagi qumlar asosan tog` toshlarni nurashidan va ularni shamol ko`chirib tog` oldi rayonlarda to`planishidan hosil bo`lgan qumlardir.

Download 116.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling