Amaliy mashg‘ulot -5 Mavzu : Geomorfologik, tektonik, geologik, gidrogeologik va muhandis geologik xaritalar Tayanch so‘z va iboralar
Download 312.02 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Amaliy mashg\'ulot
AMALIY MASHG‘ULOT -5 Mavzu : Geomorfologik , tektonik, geologik, gidrogeologik va muhandis geologik xaritalar Tayanch so‘z va iboralar: injener-geologik, xaritalash,masshtab AMALIY MASHG‘ULOT MATNI 1. Injener-geologik xaritalash maydonlarni injenerlik nuqtayi nazaridan o‘rganishdagi asosiy geologik usul bo‘lib, injenerlik izlanishlarning boshlang‘ich bosqichlarida o‘tkaziladi. Uning asosiy maqsadi u yoki bu miqyosda injener-geologik sharoitni topografiya asosida tasvirlashdan iborat, ya’ni maydonlardan omilkorlik bilan foydalanish va muhofazalash, turli inshootlar qurilishini, qurilish va konchilik ishlarini bajarish sharoitini o‘rganishdan iborat. Injener-geologik xaritalashning xulosaviy mahsuloti injenergeologik xarita, uning tushuntirish matnini tuzish hamda o‘rganilgan hududda tarqalgan tog‘ jinslarining injener-geologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Injener-geologik sharoiti qanchalik aniq va obyektiv tasvirlansa, xarita shunchalik amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Xaritalar natijasiga asoslanib boshqa geologik turdagi ishlar (chamalash, tajriba ishlari, doimiy kuzatish ishlari va b.q.) aniqlanadi, izlanishlar bosqichiga mos yetarli darajada injener-geologik sharoit haqida tasavvur hosil qilinadi. Injener-geologik xaritalash uchun injener-geologik sharoitni mujassamlashtiruvchi hamma tabiiy omillar o‘rganiladi. Bu ning natijasida turli bino va inshootlarni joylashtirish rejasi, qurilish sharoiti, turg‘unligi haqidagi fikr yuritiladi. Xaritalashda hozirgi vaqtda qurilish sharoitini belgilovchi asosiy injenergeologik elementlar mukammal o‘rganilishi zarur, buning uchun geologik ishlarning chamalash, tajriba va boshqa turlaridan foydalaniladi. Injener-geologik xaritalash geologik xaritalashning davomi bo‘lib, u yoki bu maydonni geologik nuqtayi nazaridan o‘rganadi. Injenerlik izlanishlarini bajaradigan geologik ishlar ichida injener-geologik xaritalash o‘rni, ko‘p hollarda injener-geologik xaritalash geologik ishlar ichida qisqa vaqtda, kam mablag‘ sarflab maydonning injener-geologik sharoiti haqida, stratigrafiyasi, yer osti suvlarining tarqalishi, daryo vodiylari tuzilishi, tunnel trassalari va boshqalar qurilishi haqida ma’lumot olish vositasi hisoblanadi. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, injener-geologik xaritalash o‘tkazmay turib chamalash, kavlash, tajriba ishlarini o‘tkazish yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Shuning uchun injenergeologik xaritalash ishining o‘rni juda muhimdir. Biroq xaritalash oldiga qo‘yilgan vazifa hamma vaqt bir xil emas, u quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi: a) izlanish bosqichi; b) hududning o‘rganganlik darajasi; d) loyihalanayotgan inshoot turi; e) geologik sharoitning murakkabligi va boshqalar. Oldin qayd etganimizdek, injener-geologik izlanishlar ichida injener-geologik xaritalash izlanishlarning boshlang‘ich bosqichlarida asosiy tur hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda o‘rganilayotgan maydon sathi kichraysa ham uning mukammalligi oshib boradi. Mukammal izlanishlar boshlangunga qadar odatda xaritalash tugagan bo‘lishi kerak. Bu bosqichda u chamalash ishlari bilan qo‘shilib ketadi, chunki mukammal bosqichda asosan chamalash ishlari o‘tkaziladi. Bunday o‘zgarishga sabab katta miqdorda chamalash ishlarini o‘tkazmay turib mukammal xarita tuzib bo‘lmaydi. Xaritalash ishlarini umumgeologik ishlarda tutgan o‘rnini baholashda maydonning geologik hamda injener-geologik nuqtayi nazaridan o‘rganilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar maydon yaxshi o‘rganilgan bo‘lsa, geologik tuzilish, gidrogeologik sharoitlarning asosiy qonuniyatlari aniqlangan bo‘lsa xaritalashga ehtiyoj qolmaydi. Agar maydon sust o‘rganilgan bo‘lsa, xaritalash ishlari katta ahamiyat kasb etadi, uning yordamida qisqa vaqtda, kam xarajatlar bilan injener- geologik sharoitning asosiy elementlarini ajratish, unda yetakchi o‘rin tutuvchi elementlarni mukammal o‘rganish mumkin. Bu birinchi galda quriladigan inshootlarning o‘rnini tanlash, qurilish sharoitini baholash va boshqalarda muhim uslub hisoblanadi. Xaritalash turli qurilishlarda turlicha muhimlikka ega. Masalan: gidrotexnik inshoot qurilishi maydonining geologik tuzilishini o‘rganishda muhim hisoblansa, inshootni loyihalashda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlashga imkon bermaydi, buning uchun geologik ishlardan foydalanish zarur. Suv omborlari qirg‘oqlarini o‘rganishda esa xaritalash asosiy hisoblanadi. Yo‘l qurilishida esa xaritalash uning hamma yerida bir xil ahamiyatga ega emas, ya’ni ko‘prik, tunnel va boshqalar qurilishida xaritalash mukammal bajarilishi, boshqa geologik ishlar bilan birga o‘tkazilishi talab qilinadi. Shunday qilib, xaritalash ishlarining muhimligi loyihala nayotgan inshoot va injenerlik ishlari turi bilan belgilanadi. Bunda injener-geologik sharoit muhim ahamiyatga ega. Maydon qanchalik murakkab bo‘lsa, stradigrafik qirqimlarni, hudud strukturasini, geologik jarayonlar tarqalishini xaritalash ishlarini bajarmay turib aniqlash mumkin emas. Download 312.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling