Ushbu ma’ruzada arid o‘lkalardagi eol jarayonlar, iqlim mintaqalari va shamol turlari,shamolning geologik va geomorfologik ishi hamda eol relyef shakllari haqida ma’lumot berilgan. Ma’ruza №13 eol jarayonlar va relyef shakllari reja


-TEST Deflyatsiya so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noi anglatadi?


Download 116.83 Kb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi116.83 Kb.
#1070940
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-ma`ruza. Eol jarayonlar va relyef shakllari

2-TEST
Deflyatsiya so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noi anglatadi?
lotincha - puflash, uchirish
yunoncha - shamol xudosi, ma’budasi
lotincha - qurg`oqchil
lotincha - yemirish, uyib yuborish, tarashlash


3-REJA: Eol relyef shakllari
Dyunalarning hosil bo`lishi. Bu relyef shakli ariddan ko`ra gumid sharoitda asosan yuzaga keladi, shuning uchun qumli relyef shaklini cho`lga xos bo`lmagan o`lkalarda uchratamiz. Dyuna qumlari cho`l iqlimiga nisbatan namliroq sharoitida ya’ni daryo, ko`l va dengiz sohillarida rivojlanadi. Dyunani hosil bo`lishini daryo misolida qarasak, oqim tezligi kichik bo`lgan joylarda loyqa ko`proq cho`kadi. Loyqa vaqt o`tishi bilan qurigach o`zandan sohilga qarab esadigan shamol, o`zan atrofidagi qurigan loyqa ya’ni qumni sohilga tomon ko`chira boshlaydi. Kechqurun quruqlik ichkarisidan daryo o`zaniga qarab esgan shamol qumni “pushtasimon” ya’ni uzun qum tepaligini hosil qiladi. Bunday qum tepaliklari daryo sohilida bir necha qator bo`lib cho`zilib yotadi. Dengiz va ko`l sohilidaga qum tepaliklar qirg`oq bo`yi urilma to`lqinlarining sayoz qirg`oqlarni to`ldirishi oqibatida hosil bo`lgan. Dengiz va ko`l sohilidagi hosil bo`lgan ayrim qum tepalar uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. Chunki to`lqinlar surib chiqargan qumlarning shamol bilan harakat qilishi natijasida yakka-yakka tepalar bir-birlari bilan qo`shilib ketadi. Suvdan ma’lum uzoqlikda, biroq qirg`oqqa bo`ylama (paralel) ravishda paydo bo`lgan cho`zinchoq tepaliklar tizmasini dyuna deb atashadi. (15–rasmga qarang) Dyunaning shamolga qaragan tomoni sal qiya, teskari tomoni tik bo`ladi. Daryo o`zani, ko`l, dengiz tomonidan dyunaning ko`ndalang kesmasiga e’tibor bersak, tikkasiga tushgan dengiz tomon va yassi yonbag`irli teskari tomoni borligini ko`ramiz. G`arbiy Sahroi Kabirda (Atlantika okeani sohillarida) dyuna balandligi 100 m gacha etadi.
Dyuna shamol ta’sirida yiliga bir necha metr siljib turadi. Qarama-qarshi yo`nalishdagi shamollardan biri kuchliroq bo`lsa, uzunasiga ketgan dyunaning uchlari egila boshlaydi va taqa shaklini oladi. Bu taqalarning ikki uchi kuchli shamollarda ro`para bo`lib xalqasimon dyunani hosil qiladi. Shamollar asosan bir tomonga esadigan bo`lib qolsa parabolik (yoysimon) dyuna hosil bo`ladi. Dyunaning tepa qismi bo`linib ketishi va bir-biriga paralel bo`lgan ikkita bo`ylama dyunaga aylanishi mumkin. Dyunalarning uzunligi tepasidan hisoblaganda bir necha kilometrga yetadi, o`rta qismi ingichka, ikki uchi uzun, qavariq yon bag`ri tik, botiq yonbag`ri yotiq bo`ladi, ularga nisbatan barxanlar juda kichik.
Qumli cho`llarning o`simlik qoplamiga qarab 3 tipga bo`lamiz:

Download 116.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling