Umumiy tabiiy geografiya, Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan savollar
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Geografiya yonalishi bitiruvchilari uchun YaDA savollari
Umumiy tabiiy geografiya, Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan savollar: 1. Geokriologiya fani nimani o’rganadi? 2. “Al Komil fil usturlob” (“Usturlob to‘g‘risida mukammal ma’lumot”), “Fi sanoat al-Usturlob” (“Usturlob san’ati to‘g‘risida”), “Yetti iqlim”, “Astronomiya ilmiy asoslari” asarlarining muallifi kim? 3. Moskvitin, Ye.Xabarov va boshqalar qachon Yenisey va Lena daryolarini o‘rganib, butun Shimoliy Osiyoni kesib o‘tgan holda Oxota dengizigacha yetib borishgan? 4. Buyuk Britaniya milliy geografiya jamiyati qachon tashkil qilindi? 5. Yerning orbita bo‘ylab harakat tezligi qancha? 6. «Yer qatlamlari haqida» asari muallifi kim? 7. Galaktika o'z o'qi atrofida necha yilda bir marta aylanib chiqadi? 8. Yer po'stida ro‘y beradigan bukilish, burmalanish, sinish, siljish, ko‘tarilish, cho‘kish hodisalari nima deyiladi? 9. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlashdan ularni ilmiy asoslashga o‘tish kimning asarlarida ko'rina boshladi? 10. Xromosfera nima? 11. Marsning bir yili qancha sutkaga teng? 12. Afeliyda ya’ni yer Quyoshdan uzoqlashganda uning tezligi kamayadi va sekundiga necha km.ni tashkil qiladi? 13. Ekvator atrofida o‘rtacha yillik harorat qancha? 14. Dunyo okeanida eng yuqori sho'rlik (36%) qaysi hududlarda kuzatiladi? 15. Eng past sho'rlik qaysi dengizda kuzatiladi? 16. Unda to‘rtta qatlam ajraladi: yuza, oraliq, chuqur va tubatrofi bu okeandagi qaysi zona uchun xos? 17. Subtropiklarda (shimoliy va janubiy), harorat qancha? 18. Titikaka kelib chiqishiga ko’ra qanday ko’llar? 19. Ko’llar nechta turga bo’linadi? 20. Botqoqlar kelib chiqishiga ko'ra necha turga bo'linadi? 21. Doimiy qor qoplamining umumiy maydoni shimoliy yarimsharda qancha? 22. Vaqtinchalik qor qoplamining maydoni janubiy yarim sharda qancha? 23. Doimiy va vaqtincha muz qoplamining umumiy maydoni qancha? (mln.k m.kv) 24. Ko‘p yillik muzloq yerlar maydoni qancha mln.km 2 ni tashkil qiladi? 25. Botqoqliklaming ko'p qismi qaysi yarimsharda ko’p tarqalgan? 26. 2000 m dan pastda okean suvi harorati qancha? °C 27. Suv qancha °C da eng zich bo'ladi? 28. Suv qancha °C da eng zich bo'ladi? 29. Atmosferaning asosiy qismini qaysi elementlar tashkil etadi? 30. Dengiz sathida havo bosimi o‘rtacha qancha millibarni tashkil etadi 31. Qaysi gaz atmosferada katta miqdorni tashkil qiladi 32. Havoning Yer yuzasidan qaytgan issiqlik hisobiga isishi troposferada ko‘tarilma va pastlama havo oqimlarini vujudga keltiradi. Bunday oqimlar qanday oqimlar deb ataladi. 33. Harorat pasayishdan ko‘tarilishga o‘tadigan balandlik qanday deyiladi. 34. Quyoshdan Yerga keladigan elektromagnit energiya nima deb ataladi. 35. Qaysi qatlam mezosfera bilan termosfera orasida joylashgan o’tkinchi qatlam hisoblanadi 36. Atmosfera frontining yer yuzasi bilan kesishgan qismi nima deyiladi 37. Albedo qanday hodisa 38. Dunyoda bulut eng kam joy qayer? Bu yerda bulutlilik 0.5 ball hisoblanadi. 39. Havodagi namni bug' holatdan qattiq holatga o'tishi nima deb atladi. 40. T ropik havo massalarini ekvatorial havo massalaridan ajratib turuvchi front nima deyladi. 41. Atmosfera harakatlarining bir necha turlari ajratiladi, ulardan asosiylari qaysi turlari hisoblanadi? 42. Atmosferadagi nam qancha vaqtda bir marta yangilanadi? 43. Transpiratsiya qanday jarayon? 44. Qishloq xo‘jaligida chuchuk suv sug‘orma dehqonchilikda foydalaniladi mazkur suvlarning necha foizi daryolarga qaytmaydi. 45. Suv sathi pasaygan joylarga atrofdan suvlar oqib kelib uni to'ldiradi. Bunday oqimlar qanday oqimlar deb ataladi? 46. Okean yuzasidan yiliga qancha suv bug'lanadi? 47. Kim yerning granit qobig'i qadimgi biosferalar mahsuli degan g'oyani ilgari surgan 48. Quyosh radiatsiyasini qancha qismi bulutlar tomonidan qaytariladi? 49. Kim tomonidan hisoblangan bir astronomik yil 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniyaga teng va bu hozirgi zamon ma’lumotlaridan atigi 58 sekundga farq qiladi 50. Geografik bilimlarning rivojlanish tarixida Ilmiy geografik ishlar bosqichi nechanchi asrlarga to’g’ri keladi? 51. „Geografik lavhalar" asari muallifi kim? 52. Turkistonda milliy geografiya jamiyatlari qachon tashkil qilindi? 53. galaktikamizga eng yaqin galaktika qancha yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan? 54. Quyoshning diametri qancha km? 55. Yupiter sayyorasining hajmi Yer hajmidan necha marta katta? 56. Yer po‘stidagi eng ko‘p element (46,60%) qaysi 57. Yer sirtidagi tebranishlarni, zilzilalarni kuchini Rixter shkalasi bo‘yicha nechta magnituda o’lchanadi? 58. Gersin tog‘ hosil bo’lish bosqichi qaysi davrda ro’y bergan? 59. Ural, Markaziy Yevropa, Janubiy Appalachi, Patagoniya, Janubiy Tyanshan, Sharq, Avstraliya, Sharqiy Qozogiston tog’lari qaysi tog’ hosil bo’lish davrida shakllangan? 60. Baland tog’lar (3000 metrdan baland) quruqlik-ning necha foizini egallaydi? 61. Mirrix qaysi sayyoraning avvalgi nomi? 62. Xitoy va Mongoliyadan tortib to Vizantiyagacha bo‘lgan hududda yashovchi 30 ga yaqin turkiy qabilalarning XI asrdagi hayoti, ya’ni tili, urf-odatlari va turmush tarzi nuqtayi nazaridan qimmatli bo‘lgan buyuk asarni kim yozgan? 63. Yer ichiga tushgan sari har 100 metrda haroratning o‘zgarishiga nima deb ataladi? 64. Quyoshning necha foizi vodoroddan iborat? 65. 1594-yili Novaya Zemlya orolini, 1596-yili Shpitsbergen orollarini chuqur o‘rgangan sayyoh kim? 66. Iqlim xaritalarida bir xil miqdorda yog‘in yog‘adigan joylarni tutashtiruvchi chiziqlar nima deyiladi? 67. Havodagi namning bug‘ holatdan suyuq holatga o‘tishi fanda nima deyiladi? 68. Past tog’lar(500-1000m) butun quruqlikning ulushi necha foiz? 69. 1947-1980-yillarda zilzila oqibatida nechta odam halok bo’lgan. 70. Geografik qobiq haqidagi ta’limot XX asrda kim tomonidan ishlab chiqildi? 71. Taxmin qilinishicha, mantiya chegarasidagi ichki harorat …… ni tashkil qiladi. 72. Yer po‘sti zichligi qancha? 73. Gipotsentr - o‘choq, chuqurligiga ko‘ra nechta turga bo’linadi? 74. Yer yuzida nechta vulqon bor. 75. Ikki va undan ortiq tizmalarini kesishgan joy nima deyiladi? 76. Yer po‘sti hajmining qancha qismini magmatik va metomorfik jinslar tashkil qiladi? 77. Quyoshdan Yergacha yorug‘lik qancha vaqtda yetib keladi? 78. Yer yuzida yer qimirlashga sarf bo’lgan energiyaning necha foizi Tinch okean halqasiga to’g’ri keladi? 79. Qaysi davrda dastlabki umurtqali hayvonlar paydo bo'ldi? 80. Qaysi davrda shimoliy yarimsharda o'simliklarni barq urib rivojlanishi natijasida juda katta miqdorda organik moddalaming qoldiqlari cho‘kindi va yirik ko‘mir konlarini hosil bo'lishiga olib keldi 81. Qaysi davrida yopiq urug‘li o'simliklar va qushlar, sut emizuvchi hayvonlar paydo bo‘ldi va rivojlandi? 82. Hozirgi odamlarga yaqin bo‘lgan kramononlar necha ming yil ilgari paydo bo‘lgan? 83. Ko‘p hujayrali suv o'tlari qachon vujudga kelgan? 84. Geografik qobiqning rivojlanishi davomida yer yuzasida necha mln organizmlar turi hosil bo‘lgan? 85. Kriptozoy eoni qancha vaqt davom etgan. 86. F.N.Milkov (1990) ma’lumotiga binoan insonni tabiatga ta’siri taxminan necha mln. yil avval boshlangan. 87. F. N. Milkov (1990) insonni tabiatga ta'sirini qanday davrlarga bo‘ladi? 88. Eramiz boshida yer yuzida aholi soni qancha bo'lgan? 89. 1927-yili dunyo aholisi necha kishiga yetgan? 90. Har yili jahon ishlab chiqarishi jarayonida qancha suv bug'lanadi? 91. Jahon yer fondining necha foizini tabiiy o'tloqlar va o'tli butali yaylovlarga to’g’ri keladi? 92. Jahon yer fondining necha foizini ko'llar, daryolar, suv omborlar egallaydi? 93. Jahon yer fondining necha foizini Sanoat va shahar yerlari egallaydi? 94. Shaharlarda havo harorati tabiiy haroratdan qanchaga ortiq bo'ladi. 95. Hozirgi paytda yuqori darajada rivojlangan davlatlarda rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan aholi jon boshiga necha marta ko'p energiya ishlab chiqariladi. 96. Har yili hosil bo'ladigan biomassaning necha foizi cho‘kindi tog‘ jinslarini 97. tashkil qiladi? 98. Sodda, noorganik birikmalarni iste’mol qilish hisobiga birlamchi organik mahsulotni yaratuvchi organizmlar qanday organizmlar deyiladi? 99. Geterotrof organizmlar qanday organizmlar? 100. Qanday organizmlar konsumentlar deyiladi? 101. Tabiiy kompleksdagi hamma tirik organizmlarning umumiy massasi nima deyiladi? 102. Organik mahsulot nima? 103. Okean biomassasi quruqliknikiga nisbatan necha barobar kam 104. Q uruqlikda yiliga umumiy biomassaning necha foizga yaqini vujudga keladi? 105. Okeandagi biomassani asosiy qismi qaysi joylarda to'plangan? 106. Eng qattiq va zich moddalar geografik qobiqning qaysi qobig’ida to’plangan? 107. Qaysi omil tabiiy geografik jarayonlarni mintaqaviy-zonal tarqalishini keltirib chiqaradi? 108. Qaysi issiqlik mintaqasida faol haroratlar yig'indisi 6000 — 8000°C? 109. Issiq iqlim mintaqasida yillik radiatsiya balansi qanchani tashkil qiladi? 110. Qaysi issiqlik mintaqa har ikkala yarim sharning 40°—60° kengliklarni o‘z ichiga oladi? 111. Yer yuzida nechta iqlim mintaqasi ajratiladi? 112. Qaysi iqlim mintaqasida yozda ekvatorial havo massalari, qishda tropik havo massalari hukmronlik qiladi. 113. Sahroi Kabir, Arabiston, Taar cho'li va Avstraliya qaysi iqlim mintaqasida joylashgan? 114. Qaysi iqlim mintaqasida quyidagi to'rtta iqlim turi ajratiladi: materiklarning ichki qismidagi arid, o'rta dengiz, musson va okean iqlimlari. 115. Sharqiy Sibirda yanvarning o'rtacha harorati qancha ℃ ga tushadi? 116. Geografik qobiqda tabiat komplekslarining ekvatordan qutblar tomon qonuniy almashinishi nima deyiladi? 117. Zonallik to'g'risidagi hozirgi ta’limot qaysi olimning ishlariga asoslanadi? 118. Mo'tadil mintaqada qarag'ayning barglari necha yil daraxt shoxlarida turishi mumkin? 119. Tropik siyrak va quruq o'rmonlar va savannalar zonasiga qaysi hududlarni misol keltirsh mumkin? 120. Qaysi tabiat zonasida iqlim issiq, juda quruq va keskin kontinental, oqim umuman yo'q, o'simligi kserofit va juda siyrak, hayvonot olami kambag'al? 121. Qaysi iqlim mintaqada quyidagi tabiat zonalari vujudga kelgan: tayga, aralash o'rmonlar, keng bargli o'rmonlar, o'rmon-dasht, dasht, chala cho'l va cho'l? 122. Qaysi tabiat zonasi faqat shimoliy yarim sharda shakllangan? 123. Kim geografik zonallikning davriy qonunini asoslash maqsadida qurg'oqchilik- ning radioatsion indeksi tushunchasini fanga kiritadi? 124. 1805-yilda nemis geo- grafi A.Gommeyer fanga qanday yangilik olib kirdi? 125. Lanshaft tabiiy geografik majmualarning umumlashgan tipologik tushunchasidir degan g'oyani rivojlanishiga qaysi olimlar hissa qo’shgan? 126. Landshaftshunoslikning asosiy birligi nima? 127. Geografik qobiqda issiqlik qanday paydo bo’ladi? 128. Fazodan keladigan issiqlikning qancha qismini quyoshdan keladigan issiqlik tashkil qiladi? 129. Yer yuzasiga atmosfera orqali sochilmasdan keladigan radiatsiya qanday ataladi? 130. Yalpi radiatsiya deb nimaga aytiladi? 131. Albedo deb nimaga aytiladi? 132. Suv yuzasi yer yuzasiga tushadigan nurni qancha qismini qaytaradi? 133. Atmosferadan Yerni issiqlik taratishiga qarshi yo'naltirilgan issiqlik nima deb aytiladi? 134. Issiqxona samarasi deb nimaga aytiladi 135. Yer yuzasiga kelayotgan va qaytayotgan radioatsiya o'rtasidagi farq nima deb aytiladi? 136. 1 gramm suvni bug'lanishi uchun qancha kall issiqlik sarflanadi? 137. Haroratni atrof muhit bilan issiqlik almashinuvisiz o'zgarishiga nima deb aytiladi? 138. Galo nima? 139. Kondensatsiya nima? 140. Atmosfera bosimining joylashishi qanday asosiy qonuniyatlarga bo’ysunadi? 141. 30—35° kengliklarda havo yuqoridan pastga tushadi va passat sifatida ekvator tomon harakat qila boshlaydi. Havoning bunday aylanma harakati XVIII asrda passat shamollarini o'rgangan qaysi olim nomi bilan yuritiladi? 142. Yerga tushadigan Quyosh energiyasining qancha qismi mexanik energiyaga aylanadi? 143. Kechasi havo harorati necha ℃ dan past bo'lsa, suv bug'lari qattiq holatga o'tadi va qirov hosil bo'ladi? 144. Nurashning necha xil bo’ladi? Tuproqshunos olim Dokuchayev tuproqni nechta genetik gorizontlarga bo‘lgan? 145. Karbonda ignabargli o‘simliklar paydo bo‘lgan, qaysi davrlarida ular keng tarqalgan? 146. “Sernam joylar - botqoqlik, zax o‘tloqlar va o‘rmonlar, qayir o‘simliklaridir” bu o’simliklarni qaysi toifasi uchun xos? 147. “O‘rtacha nam joylar o‘simliklari. Bunday o‘simliklar Yer sharida eng ko‘p tarqalgan” bu o’simliklarni qaysi toifasi uchun xos? 148. O‘simliklar suvga bo‘lgan munosabatiga qarab nechta toifaga bo‘linadi? 149. Biomassaning eng ko‘p miqdori qaysi mintaqaga to‘g‘ri keladi. 150. Hayvonlar yer yuzida juda faol tarqaladi va o‘simlik turlariga qaraganda necha hissa ko‘p? 151. Biotop nima? 152. Okeanda necha mingga yaqin hayvon bor? 153. Hayvonlar ichida necha ming baliq turi mavjud? 154. Planktonlaming asosiy qismi necha m gacha bo‘lgan chuqurlikkacha tarqalgan? 155. Yer yuzi aholisi nechta katta irqqa bo’linadi? 156. Yer yuzi aholisining 56,2% i dengiz sathidan necha m gacha 157. bo‘lgan pasttekisliklarda joylashgan? 158. 1960 yilda jahon aholisi soni qancha?(mlrd.kishi) 159. Agar tabiatdan, uning Boyliklaridan ilmiy asosda oqilona foydalanilsa Ona Yerimiz 50 mlrd.odamni boqishi mumkin degan fikr qaysi olimga tegishli? 160. Hozirgi vaqtda dunyodagi aholining yarmidan ortig‘i to‘yib ovqat yemaydi, necha mln aholi ochlikdan vafot etyapti? 161. Yer yuzida qishloq xo‘jaligiga yaroqli necha mlrd.ga yer bor? 162. P. Gerasimov monitoringni nechta darajasini (pog'onani) ajratishni tavsiya etadi? 163. Albedo dashtlarda yoqqan qor kelayotgan radiatsiya miqdorini necha marta kamaytirib yuboradi. 164. Landshaftlaming xossalari o'rganadigan va kuzatiladigan joylar nima deb ataladi. 165. Yerga kelayotgan radiatsiya miqdorini boshqarib turadigan omillar necha guruhga bo'linadi? 166. Moddalarning geografik qobiqdagi texnogen harakati kimlar tomonidan har tomonlama o'rganilgan? 167. Perelman landshaft-geoximik to'siqlarni necha guruhga bo'ladi? 168. M. G. Glazovskaya tuproqqa tushadigan moddalami ikki katta guruhga bo'linadi ular qaysilar? 169. ……………….deganda tadqiq qilinayotgan obyektni kelgusidagi holati haqidagi ma’lumotlarni olish yoki bashoratni ishlab chiqish jarayonidir. Matnni to’ldiring. 170. Ma'lum bir fazoviy-vaqt oralig'ida Yer fazosida shakllanadigan ijtimoiy- iqtisodiy va tabiiy tizimlaming holatini bashorat qilish bu kimning talqini? 171. Geografik bashoratning boshlang’ich qismi siyosiy iqtisodiy-geografik xususiyatga ega bo’lmog’i lozim bu kimning talqini? 172. Daryo suvi eroziyasi qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi? 173. Tabiiy va ximiyaviy yemirilishlar (nurashlar) ta’siriga uchragan jinslarning og‘irlik kuchi, suv, shamol, muzliklar ta’sirida yonbag‘irlarda siljishi, harakatga kelishi qanday ataladi? 174. Daryoga keltirib quyilgan mahsulotlarning daryo suvi bilan birgalikda olib ketilishi jarayoni qanday nomlanadi? 175. Tabiiy, asosan relef sharoitlarining o‘zgarishi tufayli suvning oqish tezligi kamayishi natijasida oqiziqlarning cho‘kib, yotqiziqlar hosil qilish jarayoniga nima deyiladi? 176. Havzadagi qanday omillar daryo oqiziqlari hosil bo‘lishida asosiy o‘rin tutadi? 177. Havzaning relef elementlari deganda nimani tushunasiz? 178. Oqiziqlar sarfi deb nimaga aytiladi? 179. Oqiziqlar oqimi deb nimaga aytiladi? 180. Oqiziqlar moduli yoki yuvilish moduli deb nimaga aytiladi? 181. O‘rtacha loyqalik deb nimaga aytiladi? 182. Daryoning oqiziqlar sarfi qanday birliklarda ifodalanadi 183. Oqiziqlar moduli yoki yuvilish moduli qanday o‘lcham birligida ifodalanadi? 184. Daryo suvining loyqalik koefitsienti qanday birliklarda ifodalanadi? 185. Mutaxassislarning hisoblashlaricha Yer yuzidagi barcha daryolar deltalarining umumiy maydoni necha km 2 maydonni tashkil qiladi? 186. Suv eroziyasi tufayli Amudaryo havzasidan bo‘ladigan yuvilish yiliga qanchani tashkil etadi? 187. Quruqlikning okeanlarga nishab yuzalaridan bo‘ladigan yuvilish miqdorining katta qismi qaysi qit’aga to‘g‘ri keladi? 188. Suv eroziyasi tufayli yillik yuvilishning eng katta qiymati qaysi okean havzasiga to‘g‘ri keladi? 189. Suv eroziyasi tufayli yillik yuvilishning eng kichik qiymati qaysi okean havzasiga to‘g‘ri keladi? 190. Daryo suvlarining minerallashuv darajasi qanday aniqlanadi? 191. Daryo suvining minerallashuvi deb nimaga aytiladi? 192. O.A.Alyokin daryo suvlari tarkibidagi anionlar miqdoriga bog‘liq holda ularni qanday sinflarga bo‘lgan? 193. Tabiiy suvlarning minerallashuv darajasiga ko‘ra O.A.Alyokin necha guruhga ajratadi? 194. O.A.Alyokin tasnifiga ko‘ra kam minerallashgan suvlar tarkibida erigan moddalar miqdori qanchagacha bo‘ladi? 195. O.A.Alyokin tasnifiga ko‘ra o‘rtacha minerallashgan suvlar tarkibida erigan moddalar miqdori qanchagacha bo‘ladi? 196. O.A.Alyokin tasnifiga ko‘ra yuqori minerallashgan suvlar tarkibida erigan moddalar miqdori qanchagacha bo‘ladi? 197. O.A.Alyokin tasnifiga ko‘ra o‘ta minerallashgan suvlar tarkibida erigan moddalar miqdori qanchagacha bo‘ladi? 198. ... deb, quruqlikning atrofi berk soyliklarida joylashgan oqimsiz yoki oqimi sust, okean bilan o‘zaro bog‘lanmagan, o‘ziga xos ekologik sharoit va organizmlarga ega bo‘lgan suv havzalariga aytiladi. Yuqorida keltirilgan ta’rif qanday suv ob’ekti 199. Suv almashinish sharoitiga qarab ko‘llar qanday guruhlarga ajratiladi? 200. Konvektiv yomg’irlar qaysi mintaqa uchun xos Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling