Umumiy tabiiy geografiya, Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan savollar
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, Aholi geografiyasi, Topografiya fanlaridan
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Geografiya yonalishi bitiruvchilari uchun YaDA savollari
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, Aholi geografiyasi, Topografiya fanlaridan
savollar: 1. Bugungi kunda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya rivojlangan ko‘plab xorijiy (Аngliya, Fransiya, AQSh, Xitoy va h.k.) mamlakatlarda qanday atalmoqda? 2. Ma'lumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish muammolari dastavval Yevropada, xususan, Germaniyada qaysi nemis olimlari tomonidan amaliyotda ko'rib chiqilgan? 3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya mustaqil fan sifatida nimalarni o'rganadi ? 4. Geografiya fanining eng birinchi tamoyili nima? 5. Geografiya fanining ikkinchi bir muhim tamoyili nima? 6. Professor E.B.Alayev nimani geografiyaning alohida tamoyili sifatida ko'rsatadi? 7. Geografiyaning ikki hududiylik va komplekslilikdan so’ng qaysi tamoyil turadi? 8. Tarixiylik tamoyilining muhimligini kim ham ta'kidlagan? 9. Qaysi nemis olimi geografiyada tarixiylikni inkor etgan? 10. Kim 1923-y "Inson ekologiyasi yoxud geografiya" nomli maqolani yozgan edi? 11. Qaysi olim insonsiz geografiyaga bor vujudi bilan qarshi turib,"Insonni unutibsiz!" deb xitob qilar edi? 12. “Geographie: Eine Globale Synthese” kitobining muallifi kim? 13. Peter Haggett o‘zining “Geographie: Eine Globale Synthese” kitobida geografiya fanining nechta asosiy tarmog‘ini ajratadi? 14. Rus olimi V.S. Jekulin geografik fanlarni necha blokka ajratgan? 15. Kimning fikriga ko‘ra, iqtisodiy geografiyaning obyekti antroposfera (ekosfera) bo‘lib, bu yerda xo‘jalik faoliyati rivojlanadi? 16. Kimning fikriga ko‘ra: “Tizim bu doimo o‘zaro munosabatda bo‘lib turadigan elementlar majmuasidan iborat”? 17. Qaysi olim “Iqtisodiy geografiya – hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning shakllanishi, faoliyati va rivojlanish jarayonlari hamda ushbu tizimlarni boshqarish haqidagi fan”, deb ta’kidlagan? 18. Kimlar “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hududiy ijtimoiy tizimlarni o‘rganadi”, degan fikrni ilgari surishgan? 19. Kimning fikriga ko‘ra, har qanday fan alohida fan sifatida faoliyat olib borishi uchun, avvalo, u o‘z tadqiqot obyektiga, o‘zining predmetiga ega bo‘lishi kerak? 20. Kimning fikriga ko‘ra, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ichki tuzilishi to‘rt asosiy qismdan yoki blokdan iborat? 21. A.S.Soliyevning fikriga ko‘ra, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ichki tuzilishi qaysi to‘rt asosiy qismdan yoki blokdan iborat 22. Sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jaligi geografiyasi, transport geografiyasi, qurilish geografiyasi, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish geografiyasi qaysi blokka kiradi ? 23. Aholi va aholi punktlari geografiyasi, shaharlar geografiyasi (geourbanistika), qishloqlar geografiyasi, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari (savdo, madaniy, maishiy, maorif va boshq.) geografiyasi, tijorat geografiyasi qaysi blokka kiradi ? 24. Tibbiyot geografiyasi, rekreatsiya geografiyasi, din geografiyasi, jinoyat geografiyasi, geopsixologiya, xulq-atvor geografiyasi, turmush tarzi geografiyasi qaysi blokka kiradi? 25. Geosiyosat, limologiya, geokonfliktologiya, harbiy geografiya va boshqalar. qaysi blokka kiradi ? 26. “Hudud” tushunchasida-yer sharining suv bilan qoplangan bir qismi qaysi tushuncha orqali to‘ldiriladi? 27. “Hudud” tushunchasida-yer shari atmosferasining bir qismi qaysi tushuncha orqali to‘ldiriladi? 28. Ayni vaqtda, “territoriya”, “akvatoriya” va “aerotoriya” tushunchalari birgalikda qaysi tushunchasini hosil qiladi? 29. Qaysi yondashuv – hududiy jihatdan yaqin va chegaradosh mamlakatlarning iqtisodiy integratsiya asosida umumiy bozor (bojxona, valyuta ittifoqlari va boshq.) tuzish uchun intilishi bilan xarakterlanadi? 30. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanining asosiy obyekti nima? 31. “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanining asosiy predmeti nima ? 32. Qaysi usul orqali o‘rganilayotgan hodisa va voqeliklar umumlashtirilib, kartaga tushiriladi? 33. Qaysi usulda obyektlarning katta-kichikligi, o‘z ko‘lami jihatidan bir-biriga ma’lum darajada teng bo‘lishi shart? 34. Kim qaysi asarida, aholining hududiy joylashuvi, mamlakatlar va hududlar o‘rtasidagi tovar ishlab chiqarish va savdo-sotiq aloqalarini yoritgan? 35. Qaysi davrda hududiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi va jahon xo‘jaligining shakllanishi, o‘z navbatida, iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi? 36. Iqtisodiy geografiya” tushunchasi kim tomonida qachondan ishlatila boshlagan ? 37. Iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida necha yo‘nalish yoki omil asosiy sabab bo‘lgan? 38. Iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida qaysi 3 yo‘nalish yoki omil asosiy sabab bo‘lgan? 39. V.N.Tatishyev (1686-1750) geografiya fanini “sifat” jihatidan nechaga bo‘lgan? 40. V.N.Tatishyev (1686-1750) geografiya fanini “sifat” jihatidan qaysi 3 geografiyaga bo‘lgan ? 41. 1830-yil Britaniyada turli geografik klublar birlashuvi asosida nima vujudga keldi? 42. Kim o‘zining “Antropogeografiya” asarini yaratib, siyosiy geografiya va siyosiy geografik determenizmga mansub ishlar olib borgan? 43. A.Gettner geografiyasi qaysi tamoyiliga asoslangan? 44. Ingliz olimi G.G.Chizxolmning yozgan asari geografiyaning qaysi yo’nalishiga bag’ishlangan? 45. Birinchi iqtisodiy geografiya kafedrasi Peterburg Politexnika Institutida kim tomonidan va qachon ochilgan? 46. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otut-turk” nomli asarida qanday ma’lumotlar berilgan? 47. “Xorazm geografiyasi” nomli asari kim yozgan? 48. 1940-yillarda kim O‘rta Osiyoni iqtisodiy geografik jihatidan tadqiq qilib o’zining qaysi monografiyasini yozadi? 49. “Xalqlar boyligi sabablari va ularning tabiati to‘g‘risida tadqiqotlar” asarining muallifi kim? 50. Qaysi amerikalik iqtisodchi “Leontyevning o‘ziga xos fikrlari” nomli asarni yozgan? 51. Tyunen halqalari qaysi asarda va qaysi shahar misolida yozilgan? 52. Shtandort nima ? 53. Sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil? 54. Kim qishloq xo‘jaligining areal, maydon sifatida, sanoatning esa nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi? 55. Xo‘jalik sig‘imi past hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida qaysi nazariyalar katta ahamiyatga ega.? 56. 1892-1928-yillarda rus iqtisodchisi N.D.Kondratyev tomonidan birinchi marta qaysi nazariya taklif etildi? 57. Misr, Xitoy va Hindiston I.Mechnikovning jahon sivilizatsiyasi qaysi turiga kiritiladi? 58. Kim mashhur “Tabiat manzaralari” nomli asarini yozgan? 59. N.N.Kolosovskiy qaysi yilda hududiy ishlab chiqarish mavzuida maqola yozgan? 60. Sanoat tugunlari, ya’ni sanoat korxonalarini bir joyda g’uj holda mujassamlashuvi nima deb ham ataladi? 61. Iqtisodiy geografiya fanining qaysi uchta asosiy tushunchasi mashhur olim N.N.Kolosovskiyga taalluqli? 62. Iqtisodiy rayonlashtirishdan asosan nechta maqsad ko’zda tutiladi? 63. Nimada mamlakat maydoni qanchalik katta va ichki jihatdan sotsial- iqtisodiy tafovutlarga qancha boy bo’lsa, shuncha muhimdir? 64. Iqtisodiy rayonlashtirishning mexanizmi yoki formulasini qanday tasvirlash mumkin? 65. Tabiiy resurslarning ekologik klassifikatsiyasi – ularning nimasi qarab bo’linadi? 66. Muqobili mavjud tabiiy resurslarga qaysi resurslari kiradi? 67. Qaysi mehnat taqsimoti Yer sharining quruqlik qismida emas, balki uning okean va dengizlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, ixtisoslashuvini anglatadi? 68. Qaysi amerikalik iqtisodchi “Leontyevning o‘ziga xos fikrlari” nomli asarni yozgan? 69. Ishlab chiqarishni joylashtirishga oid ilmiy g‘oyalar, dastavval, qayerda yaratilgan? 70. Leontyev Xeksher-Olin teoremasidan foydalanib, urushdan keyingi davrda qaysi davlat iqtisodiyoti kapital chiqarish turlariga ixtisoslashganini ko‘rsatib berdi? 71. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining joylashuv tizimidagi Tyunen halqalar soni qancha? 72. “Tyunen halqalari”dagi 3-halqada qanday mahsulot yetishtirishga urg`u berilgan? 73. “Tyunen halqalari”dagi 5-halqada qanday mahsulot yetishtirishga urg`u berilgan? 74. Tyunen g‘oyasining asosiy mohiyati nimadan iborat? 75. “Sanoat shtandorti to‘g‘risida” nomli asarining muallifini toping? 76. “Iqtisdoiy landshaft” tushunchasini kim yaratgan? 77. Sanoat shtandortini belgilovchi ikkita omil – transport va ishchi kuchi (mehnat resursi) omillariga, A.Veber keyinroq yana bir muhim bo’lgan qaysi omilini qo‘shdi? 78. Aholi joylashuvi, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy tashkil etish muammolari bilan qaysi olim shug‘ullangan? 79. “Janubiy Germaniya markaziy o‘rinlari” nomli asar muallifi kim? 80. Olimlar siyosiy geografiyani necha miqyosda o’rganishadi? 81. 1898-yilda “Siyosiy geografiya” nomli kitobni yozgan qaysi nemis geografi va sotsiologi siyosiy geografiyaning “otasi” deb tan olingan? 82. Vena geosiyosiy bosqichida qaysi geosiyosiy markazlarning ta’sir doirasining pasayishi kuzatilgan? 83. Uchlik ittifoqining birinchi jahon urushida (1914-1918) parchalanib ketishi qaysi geosiyosiy bosqichni boshlanishi bilan xarakterlanadi? 84. Posttam geosiyosiy bocqichi qaysi yildan boshlandi? 85. K. Ritter dunyoni qanday ikki qismga bo’ladi? 86. Kim “davlat inson kabi sezuvchan va fikrlovchi mavjudotdir” degan fikrni aytgan? 87. Qaysi tushuncha (kategoriyasi)ning shakllanishida F. Maltus ishlari va g’oyalari muhim o’rin tutadi? 88. N.Spaykmen qaysi davlatni Xartlendga ham va Rimlendga nisbatan ham juda qulay o’ringa ega deb hisoblaydi? 89. Olimlarning bashoratiga ko’ra 2050-yilga borib harorat odatdagidan necha gradusga ortadi? 90. FAO qanday tashkilot? 91. 1968 yilda 10 davlatdan 30 kishidan iborat qaysi nodavlat tashkiloti tuzildi? 92. BMTning atrof-muhit bo’yicha birinchi Umumjahon Konferensiyasi qayerda va qachon o’tkazildi? 93. Kim nozogeografiya, ya’ni inson kasalliklari geografiyasini tibbiyot geografiyasini tarkibiy qismlaridan biri deb ta’kidlagan? 94. Kim o’z qarashlarida “ahloqiy muhit” tushunchasini izohlab o’tadi? 95. “Havolar, suvlar va joylar” asarini kim yozgan? 96. Kim insonni “kichik olam” deb hisoblagan? 97. Qaysi mamlakatlarda temiryo’l dengiz sathidan 4700-4800 m balandlikda joylashgan? 98. Turistik kelishlarning regional tahlili va daromadlar tahlili chog’ida janon nechta turistik makroregionlarga ajratiladi? 99. Butunjahon Turistik Tashkiloti nechanchi yildan buyon xalqaro turistik tashkilot rasmiy ittifoqi merosxo‘ri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda? 100. Hozirgi vaqtda barcha turistik kelishlarning rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarga mos ravishda necha foizi to’g’ri keladi? 101. Aholi deganda kimlarni tushunamiz? 102. Aholi geografiyasi nimani o‘rgatadi? 103. Aholining asosiy funksiyalari to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang 104. “Demografiya” atamasining ma’nosi to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang 105. Aholi soni va tabiiy harakati haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayoniga nima deb ataladi? 106. Aholini dastlabki ro’yxatga olish qaysi mamlakatlarda amalga oshirilgan? 107. Aholining dastlabki ro’yxatlarini o’tkazishdan maqsad nima bo’lgan? 108. O’zbekiston Respublikasi hududida qaysi yillarda aholi ro’yxati o’tkazilgan? 109. Aholi soni va uning yosh -jinsiy tarkibi nima hisobiga o‘zgarib turadi? 110. Aholining miqdoriy xususiyatlari nimada ifodalanadi? 111. Aholi soni qaysi omillar ta’sirida o’zgarib turadi? 112. O’rtacha yillik aholi soni qanday aniqlanidi? 113. Demografik jarayonlar tarkibiga nimalar kiradi? 114. Demografik jarayonlarni o‘rganishda asosiy mezon nima? 115. Demografik o‘tish davri nima? 116. Demografik jarayonlarni o‘rganishda mezon qilib qanday son olingan? 117. Insonning pushtliligi deganda nimani tushunamiz? 118. Insonlarning reproduktiv xulki nima? 119. “Demografik tanglik” qaysi mamlakatlarda kuzatiladi? 120. Afrika mamlakatlarida Progressiv yosh tarkibi qanday bo‘ladi? 121. Statsionar yosh tarkibi qanday bo‘ladi? 122. Regressiv yosh tarkibi qanday bo‘ladi? 123. «Demografik qarish» asosan qaysi mamla-katlarda kuzatiladi? 124. Odamlarning kelib chikishi, gavda tuzilishi va kiyofasi o‘xshash bulgan tarixan tarkib topgan hududiy birligi qanday ataladi? 125. Yevropoid irqi dunyo aholisining necha foizini o‘z ichiga oladi? 126. Mongoloid irqi: dunyo aholisining necha foizini o‘z ichiga oladi? 127. Negroid irqi: dunyo aholisining necha foizini o‘z ichiga oladi? 128. Millat bo‘lishi uchun qanday shartlar bo‘lishi kerak? 129. Etnos deb kimlarga aytiladi? 130. Aholisi asosan bir millatli bo‘lgan mamlakatlarni ko‘rsating. 131. Aholisi asosan ko‘p millatli bo‘lgan mamlakatlarni ko‘rsating. 132. Qaysi dinlar eng keng tarqalgandir? 133. Katolik mahzabi qaysi dinga qarashli? 134. Sunniy mahzabi qaysi dinga qarashli? 135. Sintoizm diniga qaychi mamlakat aholisi e’tiqod qiladi? 136. O’zbekistonda aholisi zichligi eng yuqori bo’lgan mintaqalarni aniqlang? 137. O’zbekistonda aholi eng siyrak joylashgan mintaqani aniqlang? 138. Tabiiy o’sish (kamayish) darajasi qaysi demografik jarayonlar orqali aniqlanadi? 139. Mexanik o’sish (kamayish) darajasi qaysi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi? 140. Yil davomida tug’ilganlar va yil davomida o’lganlar o’rtasidagi farq nima deb ataladi? 141. “Urbanizatsiya” atamasi qaysi tildan olingan? 142. Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishiga quyida keltirilgan javoblardan qaysi biri ta’sir qilmaydi? 143. Suburbanizatsiya atamasi qanday ma’noni anglatadi? 144. Urbanizatsiya atamasi qanday ma’noni anglatadi? 145. “Migratsiya” atamasi qaysi tildan olingan? 146. Immigratsiya bu nima? 147. Emigratsiya bu nima? 148. Aholi sonining o’sishi olib keladigan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar noto’g’ri keltirilgan javobni aniqlang 149. Aholi sonining yuqori sur’atda o’sishi fanda qanday nomlanadi? 150. Respublikada aholining tabiiy o’sishi qaysi aholi manzilgohlarida yuqori hisoblanadi? 151. Quyidagilardan qaysi nomenklatura mashtabi 1:500 000 ni tashkil qiladi? 152. Kartografiya to’g’risidagi dastlabki ta’rifni quyidagilardan qaysi olim bergan edi? 153. “GIS – bu geografik ma’lumotlarni saqlash, ularga ishlov berish va natijalarni tasvirlay oladigan apparat-dasturli vosita inson faoliyatidan iborat bo’lgan majmuadir” Ushbu ta’rif quyidagilardan qaysi olimga tegishlidir? 154. Har qanday GATning yuragi nima? 155. Sun’iy yoʻldoshning aylanib oʻtgan yoʻliga uning nimasi deyiladi? 156. GAT ning novatorlik davri qaysi yillarning oʻz ichiga oladi? 157. “Arc Map” dasturining qanday funksiyasidan foydalanib bir hududga ta'luqli ko‘plab rel'efning raqamli modellarini birlashtirish mumkin? 158. Kartografiyaning qaysi yo’nalishi Yer ellipsoidini tekis yuzada tasvirlash usullarini o’rganadi? 159. Kartografiyaning qaysi yo’nalishi kartalarda maydon , masofa va hajm hisoblash usullarini o’rganadi? 160. Kartaning quyidagilardan qaysi tarkibiy qismi qisqa to’liq va kartada tasvirlanayotgan voqea hodisalarning hammasini o’z ichiga qamrab olishi kerak? 161. Yer sharini shimoliy va janubiy qutblarini tutashtiradigan aylana yoylaridan iborat chiziqlarga nima deyiladi? 162. Quyidagilardan qaysi nomenklatura 42 0 shimoliy kenglik va 62 0 sharqiy uzunlikdagi nuqta joylashgan? 163. Quyidagilardan qaysi nomenklatura 30 0 shimoliy kenglik va 15 0 sharqiy uzunlikdagi nuqta joylashgan? 164. Quyidagilardan qaysi nomenklatura 53 0 shimoliy kenglik va 35 0 sharqiy uzunlikdagi nuqta 165. Quyidagilardan qaysi nomenklatura 46 0 shimoliy kenglik va 65 0 sharqiy uzunlikdagi nuqta joylashgan? 166. Globusda ikki nuqta orasidagi eng yaqin masofani tasvirlovchi chiziqqa nima deyiladi? 167. Odatda maktab o’quv globuslari necha xil masshtabda yasaladi? 168. Quyidagilardan qaysi variantda “Toshkent globusi” masshtabi to’g’ri ko’rsatilgan? 169. Agar Azimut 140 0 ga teng bo’lsa rumb burchak necha gradusga teng bo’ladi? 170. Agar Azimut 280 0 ga teng bo’lsa rumb burchak necha gradusga teng bo’ladi? 171. Agar to’rtinchi chorakda rumb burchagi 78 0 ga teng bo’lsa azimut burchak necha gradusga teng bo’ladi? 172. Agar ikkinchi chorakda rumb burchagi 78 0 ga teng bo’lsa azimut burchak necha gradusga teng bo’ladi? 173. Agar uchinchi chorakda rumb burchagi 12 0 ga teng bo’lsa azimut burchak necha gradusga teng bo’ladi? 174. Agar ikki nuqta orasidagi masofa 5,2 cm karta masshtabi esa 1:350 000 bo’lsa haqiqiy masofani toping? 175. Agar ikki nuqta orasidagi masofa 3,4 cm karta masshtabi esa 1:750 000 bo’lsa haqiqiy masofani toping? 176. Quyidagilardan qaysi nomenklatura parallellar (kenglik) 1 0 20′ dan o’tkaziladi? 177. Quyidagilardan qaysi nomenklatura parallellar (kenglik) 40′ dan o’tkaziladi? 178. Topografik kartalarda ramka necha xil bo’ladi? 179. Quyidagilardan 1:10 000 masshtabli nomenklaturada 54 0 shimoliy kenglik har bir varaqiga necha kilometr kvadratdan to’g’ri kelishi ko’rsatilgan? 180. Quyidagilardan 1:25 000 masshtabli nomenklaturada 54 0 shimoliy kenglik har bir varaqiga necha kilometr kvadratdan to’g’ri kelishi ko’rsatilgan? 181. Quyidagilardan 1:50 000 masshtabli nomenklaturada 54 0 shimoliy kenglik har bir varaqiga necha kilometr kvadratdan to’g’ri kelishi ko’rsatilgan? 182. Geografik kartalarda odatda qaysi masshtab berilmaydi? 183. Tayanch pnuktlar quyidagilardan qaysi biri tarkibiga kiritiladi? 184. Quyidagilardan qaysi olim tomonidan 1886-yilda Globus yasalgan edi? 185. Quyidagilardan qaysi Globus “qora” rangda bo’ladi? 186. Quyidagilardan qaysi hududda miloddan oldingi 2000 yillar o’rtalariga oid toshga yo’llar, daryolar va sug’orib ekin ekiladigan yerlar chizmasi topilgan? 187. Klavdiy Ptolomeyning “Geografik atlasi” da nechta karta berilgan? 188. Klavdiy Ptolomeyning kartalarida O’rta Osiyo qaysi kengliklar oralig’ida tasvirlangan edi? 189. Klavdiy Ptolomeyning kartalarida O’rta Osiyo qaysi uzoqliklar oralig’ida tasvirlangan edi? 190. Klavdiy Ptolomeyning kartalarida bosh meridian sifatida quyidagilardan qaysi obyektni ko’rsatgan edi? 191. Klavdiy Ptolomeyning kartalarida O’rta Osiyo yashagan nechta qabila hudulari to’grisida ma’lumotlar tasvirlangan? 192. M.Xorazmiyning Kitob surat ul-arz asarida nechta obyektning koordinatalari ko’rsatilgan? 193. Xorazmiyning ”Kitob surat ul arz” asaridan saqlanib qolgan 4 ta karta qaysi shaharda 194. Quyidagilardan qaysi A.Klark olim Xorazmiy haqida “Yevropadagi hech bir xalq Xorazmiyerishgan yutuqqa erishishga va bunday asar yaratishga qodir emas edi” degan? 195. Taxminlarga ko’ra O’rta Osiyo va arab kartografiyasining asosi hisoblangan “Islom atlasi” muallifi qaysi olim hisoblanadi? 196. “Islom atlasi” da nechta karta berilgan edi? 197. Barcha yirik masshtabli topografik xaritalar va planlarning nomenklaturasi uchun qaysi masshtabli topografik xaritaning nomenklaturasi asos qilib olingan. 198. Chiziqni joyda o`lchangan uzunligi 270 m xaritadagi uzunligi esa 2.7 sm bo`lsa, xaritaning masshtabi qancha bo`ladi. 199. Gorizontallaning bir-biriga qancha yaqin yoki uzoq bo`lishi nimaga bog`lik bo`ladi. 200. Amudaryoning bir qancha o’zanlar orqali Orol dengiziga quyilishi quyidagilardan qaysi olim kartalarida aniq ko’rsatilgan edi? 201. Chiziqni joyda o`lchangan uzunligi 640 km xaritadagi uzunligi esa 2 sm bo`lsa, xaritaning masshtabi qancha bo`ladi.? 202. Geografik kenglik necha gradusgacha o`lchanadi.? 203. N-34-Б nomenklatura masshtabi necha ekanligini toping..? 204. N-34-112-Б-a nomenklatura masshtabi necha ekanligini toping. 205. Chiziqni joyda o`lchangan uzunligi 6 km xaritadagi uzunligi esa 1,5 sm bo`lsa, xaritaning masshtabi qancha bo`ladi.? 206. Geografik kenglik qaysi yoy bo`yicha o`lchanadi..? 207. Geografik uzoqlik qaysi yoy bo`yicha o`lchanadi? 208. Chiziqni joyda o`lchangan uzunligi 4,5 km xaritadagi uzunligi esa 1,5 sm bo`lsa, xaritaning masshtabi qancha bo`ladi.? 209. Geografik uzoqlik nima? 210. Chiziqni joyda o`lchangan uzunligi 80 km xaritadagi uzunligi esa 4 sm bo`lsa, xaritaning masshtabi qancha bo`ladi? 211. "Kartografiya" ilmiy ishlab chiqarishi Davlat korxonasl qachon tashkil etilgan? 212. H.Hasanov Hofizi Abruning qaysi asarini geograflar Hoflzi Abruning shoh asari deb ta’kidlagan? 213. Sharqda birinchi bo'lib globus yasagan, o'zi mustaqil ravishda Yer meridian aylanasi uzunligini hisoblab chiqqan va o’ziga xos doiraviy dunyo xaritasini kim tuzgan? 214. Geografik kartalarda elektrostansiyalar qanday tasvirlash usullarida ko’rsatiladi? 215. Chiziqni joyda o`lchangan uzunligi 11 km xaritadagi uzunligi esa 2 sm bo`lsa, xaritaning masshtabi qancha bo`ladi.? 216. Geografik kartalarda daryolar va aloqa yo’llari qanday tasvirlash usullarida ko’rsatiladi? 217. Bag’dod akademiyasida Xalifa Ma'munning topshirig'iga ko’ra, kim boshchiligida 70 dan ortiq olim " Jahon xaritalari"ni yaratgan? 218. Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asarining kartografik ahamiyati nimada? 219. Bizgacha yetib kelgan geografik xaritalarning eng birinchi sistemali to'plamini kim yaratgan? 220. Birincbi bo'lib xaritaga gradus turlarini kim tushirgan? 221. Quyidagilardan qaysi mamlakatda bosh meridian sifatida Ferro oroli kartalarda ko’rsatilgan? 222. Quyidagilardan qaysi mamlakatda bosh meridian sifatida Pulkovo kartalarda ko’rsatilgan? 223. Agar Mashtab 1 santimetrda 2500 metr Kartada ikki nuqta orasidagi masofa 6 sm bo’lsa haqiqiy masofani aniqlang. 224. Qadimgi yunon (grek) olimi Eratosfen ma’lumotiga ko’ra, Yerning ilk kartografik tasvirini kim yaratgan? 225. Chiziqni joyda o`lchangan uzunligi 60 km xaritadagi uzunligi esa 2,5 sm bo`lsa, xaritaning masshtabi qancha bo`ladi.? 226. Kartalarda Aholi zichligini tasvirlashda qanday usuldan foydalaniladi? 227. Quyidagilardan qaysi biri chiziqli belgilar usulida tasvirlanadi? 228. Quyidagilardan qaysi biri areallar usulida tasvirlanadi? 229. Kartografik tadqiqot usuli bu: 230. Ikki qismdan (jilddan) iborat kompleks geografik ilmiy ma’lumotnoma O'zbekiston atlasi qaysi yillarda chop etilgan? 231. O’zbekistonning birinchi o’quv o’lkashunoslik atlasi qachon chop etilgan? 232. Bobur asarlaridagi joy nomlarini quyidagilardan qaysi olim kartaga tushirgan? 233. Hoji Yusuf Hayatiy globusi aylanasi quyidagilardan qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan? 234. Hoji Yusuf Hayatiy globusi masshtabi quyidagilardan qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan? 235. Birinchi geografik atlas atamasi kim tomonidan taklif etilgan? 236. «Toshkent» geografik atlasi qachon chop etilgan? 237. O’zbekistonning birinchi tabiiy geografik atlasi qachon chop etilgan. 238. Agar ikki shahar o’rtasidagi masofa 360 km kartadagi masofa esa 9 sm bo’lsa karta masshtabini toping. 239. XVI asrda Yevropada kompas yordamida qanday oddiy kartografik asarlar yaratilgan? 240. G.Merkatorning Dunyo kartalari qaysi proyeksiyalarda tuzilgan edi? 241. Quyidagilardan qaysi olim tomonidan ”Fransiya manzarasi” nomli kartografik asar yozilgan? 242. Quyidagilardan qaysi olim tomonidan ikki tomli ”Dengiz atlasi” nomli kartografik asar yozilgan? 243. Rossiyada dastlabki “chertyoj” lar qaysi olim tomonidan tuzilgan? 244. Rossiyada dastlabki “chertyoj” lar nechanchi yilda tuzilgan? 245. O’zbekistonning yagona dastur asosida, aniq maqsadli devoriy qishloq xo’jalik xaritalari qachon chop etilgan? 246. O’rta Osiyo respublikalarining umumgeografik atlasi qachon chop etilgan? 247. O’zbekiston kartalari qanday proyeksiyalardan foydalanadi? 248. 2001 yilda mustaqilllkning 10 yilligiga bag'ishlab qaysi atlas tuzildi va chop ctildi? 249. Generalizatsiyaning qanday turlari mavjud? Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling