3-mavzu. Navoiy Masnaviy va qasidalarini sharhlab o‘qitish Reja
Download 123.5 Kb.
|
3-mavzu Masnaviy va qasida sharhi
3-mavzu. Navoiy Masnaviy va qasidalarini sharhlab o‘qitish Reja: Yaratilish tarixi, adresati, tarkibiy tuzilishi. Navoiy badiiy ijod haqida. Sharhlashda badiiy san’atlarning o‘rni "Masnaviy" so‘zi arabcha "ikki" sanoq sonini bildiruvchi "isnan" so‘zidan yasalgan bo‘lib ikkilik ma`nosini ifodalaydi. Sharq mumtoz she`riyatida har juft misra o‘zaro butunlikni hosil qiluvchi, ya`ni qofiyalanuvchi she`riy shakl masnaviy deb nomlanadi. O‘rta asrlarda yirik hajmli dostonlarga nisbatan ham, ikkilik shaklida yozilgan kichikroq hajmdagi she`rlarga nisbatan ham masnaviy atamasini qo‘llash odatiy hol edi. Hozirgi adabiyotshunoslikda esa bu atama ikki xil ma`noda ya`ni janr va she`riy shakl ma`nosida qo‘llanadi. 1. Mavzu jihatdan rang-barang bo‘lib, ikkilik shaklida yozilgan dostonlarga nisbatan masnaviy atamasi she`riy shakl ma`nosida qo‘llanadi. Masalan: "Lison ut-tayr"ning janri doston, shakli esa masnaviydir. 2. Lirik asarlar majmuasi, xususan, devonlar tarkibiga kiritilgan va ikkilik shaklida yozilgan lirik she`rlarga nisbatan masnaviy janr nomi sifatida qo‘llanadi. “Xazoyin ul-maoniy”dan o‘rin olgan bitta masnaviy ham Sayyid Hasan Ardasher nomi bilan bog‘liq. Ma’lumki, masnaviy arabcha “ikkilik” ma’nosini bildirib, har bandi ikki misradan tarkib topuvchi va a-a, b-b, d-d… tarzida qofiyalanuvchi she’r turidir. Navoiy o‘zining “Sab’ai sayyor” dostonida bu janrni alohida tavsiflab, uni “vase’” – keng maydon deb ataydi: Masnaviykim, burun dedim oni, So‘zda keldi vase’ maydoni. Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari, his-tuyg‘ulari ifoda etiladigan she’r shakli); epik masnaviy yoki doston (syujet asosiga quriladigan katta hajmli asar). “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o‘rin olgan masnaviy lirik masnaviy bo‘lib, “G‘aroyib us-sig‘ar” devoniga kiritilgan. Masnaviy she’riy maktub tarzida yozilgan va hajman 148 baytdan iborat. Navoiyshunoslikda ushbu masnaviy tarjimai hol xususiyatiga egaligidan “Hasbi hol”, noma janriga mansubligidan “Navoiyning Sayyid Hasanga she’riy maktubi” deb ham yuritiladi. Masnaviyda Alloh hamdi va Payg‘ambar na’tidan so‘ng Sayyid Hasan Ardasher shaxsiga ta’rif-u tahsinlar aytiladi, uning fazl-u kamoloti, vafodorligi va saxovati madh etiladi: Vafo anga pesha, saxo anga fan, Vafovu saxo koni Sayyid Hasan. Keyingi baytlarda shoir maktub yozishdan asosiy maqsadini bayon qilib, uning boshiga musofirlik – Vatan tarki tushganligini ma’lum qiladi va ushbu safarning sabablari sifatida Xurosonda ijod qilish uchun imkoniyatning yo‘qligini, yurtdagi notinchlik va ilm egallashga bo‘lgan ehtiyojni sanab o‘tadi. Unda shuningdek, so‘z ta’rifi, she’r va shoirlik, badiiy ijod bilan bog‘liq masalalar ham qalamga olingan. Masnaviy mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (afoyili va taqti’i: fauvlun fauvlun fauvlun faal, V – – | V – – | V – – | V – ) vaznida yozilgan. Alisher Navoiy Samarqandaligi vaqtida turli janrlardagi asarlarni ijod qilib, keyinchalik ularni o‘zi tuzgan devonlariga kiritgan. Navoiyning Samarqandga ijod qilgan asarlaridan biri sifatida otaxoni Sayid Hasan Ardasherga yozgan masnaviy - nomani ham qayd qiladilar. Ba’zilar bu masnaviy Mashhadda yozilgan desalar, ayrimlar uni Samarqandda yozilgan deb talqin qiladilar. Boshqalar esa bu Hirotda yozilgan degan aqidadadirlar. Masnaviy bilan jiddiyroq tanishganda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, u Navoiyning nogahoniy tarzda Abu Said mirzo tomonidan Hirotdan ixroj qilingani haqidagi ko‘rsatma ma’lum qilingan vaqtda Hirotdan uzoqda bo‘lgan ustozi Sayid Hasan Ardasherga yozilgan bo‘lib, unda otaxonining kelishini ham kutmay tezlik bilan Hirotdan ketish zaruriyati paydo bo‘lgani, bu vaqtdagi o‘zining holati hamda qaysi tomonga borish niyati borligi bayon qilingan. Shunday qilib, masnaviyda Hirotdan ixroj qilingan Navoiyning Samarqandga ketishga ixtiyor qilgani va uning (yuqorida bayon etilgan sabablarga qo‘shimcha ravishda) muhim bir sababi ustida to‘xtalgan. Shunisi ham borki, Navoiy masnaviyda «Men Samarqandni ixtiyor qildim» tarzida ochiq aytmagan, ammo ramz-ishora bilan maqsadini bildirgan: Zaruratki yasab safar barkini, Tushub yo‘lga qilg‘ay vatan tarkini… YAna bir budurkim, gado gar muluk, Talab yo‘liga qilgay oncha suluk. Burun murshidi komil istay yurub, Ani topkach, o‘zin anga topshurub… Manikim bu savdo nizor ayladi, Havas ilgida beqaror ayladi… Urarmen qadam toki borguncha gom, Ki bo‘lgay muyassar menga ushbu kom. Agar bo‘lsa bu yo‘lda umrum talaf, CHu bu yo‘ldadur ul ham erur sharaf. Va gar bo‘lsam o‘z komima bahramand, Zihi mulki jovidu baxti baland, Bundan ko‘rinadiki, u suluk va murshidi komil haqida so‘z yuritadi. Mazkur davrda bu suluk-naqshbandiya va uning murshidi komili xoja Ubaydulloh-Xoja Ahror faqat Movarounnahrdagina emas, Abu Said mirzoning piri sifatida Xurosonda ham mashhur edi. Shuning uchun Navoiy «Hayrat ul-abror»da xoja Ubaydullohni «murshidi ofoq»tarzida tilga oladi. Bas shunday ekan, Navoiy ana shu «murshidi komil»ni nazarda tutib, «faqir tahsil uchun Samarqandg‘a borg‘onda» deb ekan, tariqat-naqshbandiya asrorini ham qo‘lga kiritmoqni (tahsilni) nazarda tutmadimikan? Agar 1465- yilda Abdurahmon Jomiyning xoja Ubaydulloh istagi-la Samarqandga yo‘l olgani e’tiborga olinsa, unda Alisher Navoiy ham uning bilan birga safarga otlanmadimikan?! Albatta, bu mulohazalar yana aniqlik talab qiladi. Ammo, bundan qat’i nazar, bir haqiqat ma’lum: u ham bo‘lsa, Navoiy Samarqanddaligi vaqtida ana shu murshidi komil -xoja Ubaydulloh bilan ham uchrashgan, uning so‘hbatidan bahramand bo‘lgan. Keltirilgan parchada muhim masalalar bayon etilgan. 1. Birinchi baytda safar asbobini tayyorlash zarur bo‘lib qolganini ta’kidlash. Demak, bu yuqorida bayon qilingan voqea — Sulton Abu Sa’idning uni Hirotdan ixroj qilish haqidagi ko‘rsatmasining kutilmagan holda maydonga kelishi va Navoiyning Hirotdan ketishi, ya’ni tarki vatan qilishi zaruriyatini keltirib chiqarishi. Agar Navoiy o‘z ixtiyori bilan safar qilmoqchi bo‘lsa edi, bunday ta’kidning va shoshilinch ravishda yo‘lga otlanmoqning hojati yo‘q edi. Demak, nogahoniylik bunda mavjud. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Navoiyning o‘zida ixtiyoriy tarzda safar qilish niyati bo‘lmagan ko‘rinadi (Safar tushti olimga beixtiyor, Qazo amrida elga Ne ixtiyor). Chunki u yoshlikdan ko‘p safar qilib, yaqindagina Mashhaddan qaytgan va endi o‘z vatani Hirotda qo‘nim topmoqchi bo‘lgandirki, u Sulton Abu Sa’id xizmatiga ham kirgan edi. Bu holat Hirotda ixroj qilishning kutilmagan hodisaligini yana bir bor oydinlashtiradi. 2. Keltirilgan parchaning keyingi qismida barcha inson gadomi u, shohmi u, bundan qat’iy nazar, o‘sha davr taomiliga ko‘ra, «talab yo‘lini topish maqsadida «murshidi komil»ni axtaradi va uni topgach, o‘zini unga topshiradi» mazmunida so‘z boradi. Agar biz yuqorida bayon etganimiz kabi Xoja Ubaydullohning «murshidi komil»ni topish uchun izlanganini xotirga keltirsak unda bu gaplar tushunarli bo‘ladi. Navoiy aytmoqchiki, Men ham ko‘p qatori talab yo‘lida murshidi komilni izladim va uni topdim, endi esa men uning oldiga yo‘l olaman. Demak, yo‘l uzoq agar bu yo‘lda «umrum talaf» bo‘lsa, bu mening uchun sharafdir. Va agar maqsadimga erishsam, bu mening uchun abadiyat mulki va katta baxt bo‘lajak. Ko‘rinadiki, Navoiy o‘zi istagan murshidi komilni topdim va endi uning huzuriga boraman Demoqda. Bu murshidi komil kim va Navoiy uni qanday topdi? Ma’lumki, XV asrning 60-yillarida Xuroson va Mavorounnahrda naqshbandiya tariqatining murshidi komili sifatida tanilgan va Navoiy iborasi bilan aytganda, «gado va muluk» – gadolar va podshohlar tomonidan e’tirof etilgan bu zot Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali edi. Xoja Ubaydullohning fuqaro g‘amxo‘ri, shohu gadoning pushti panohi ekanligi, nashqbandiya tariqati sohasida rahnamo ekanligi yoshu qariga ma’lum edi, Xoja Ahror 1460- yili Hirotga borganida esa, qayd qilinganidek, ko‘plar qatori Abdurahmon Jomiy ham uning bilan muloqotda bo‘lib, uning qo‘lini olgan — uni o‘ziga pir deb qabul qilgandi. SHundan so‘ng esa, Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy bilan yaqinlashib, uning nazdida ko‘pgina asarlarni, jumladan, Xoja Ubaydullohning «Volidiya» asarlarini mutolaa qilib, undan juda katta taassurot olgan ediki, biz Navoiyning bu haqdagi e’tiroflarini yuqorida keltirgan edik. Demak, bir tomondan, Abdurahmon Jomiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi hikoyalari, ikkinchi tomonda Navoiyning uning asarlari bilan tanisha borishi ulug‘ o‘zbek shoiridagi murshidi komilni topish haqidagi niyatni mustahkamlab borib sirtdan bo‘lsa ham uni – murshidi komilni topadi. Bu – Xoja Ubaydulloh edi. Endigi navbat uning suhbatida bo‘lish edi. Buning uchun esa Samarqandga safar qilmoq lozim edi. Ana shu niyatni amalga oshirish kutilmaganda yuzaga keldi. Bu esa uning Hirotdan ixroj qilinishi edi. Ehtimolki, bu niyatning amalga oshuviga sabab bo‘lgan omillardan biri yana quyidagi voqea ham bo‘lsa kerak. 1465 yilda Abdurahmon Jomiy Xoja Ubaydulloh huzuriga kelgan edi. Navoiyning Hirotdan ixroj qilinishi vaqti Abdurahmon Jomiyning Samarqandga otlangan vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgan bo‘lsa, Navoiy bundan foydalanib, Jomiy bilan birga Samarqandni ixtiyor qilmadimikan? Bu mulohazalar haqiqatga yaqindek tuyuladi. SHunday bo‘lsa-da, uni tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar qo‘lga kirsa, masala yanada aniqroq bo‘ladi… Shunday qilib, Navoiy «faqir tahsil uchun Samarqandga borg‘onda» deb aytganida tariqat yo‘lidagi tahsilni ham nazarda tutgan. Alisher Navoiy Samarqandda mashhur olimlar nazdida ta’lim oldi. Uning ustozi Fazlulloh Abulays esa Xoja Ubaydullohni yaxshi bilar hatto uning nazdiga bu murshidi komil tez-tez kelib turar va «Tafsiri Qozi» bo‘yicha o‘z mulohazalari, shubhalari to‘g‘risida suhbatlar qilar, mulohazalarida mantiqning kuchliligi bilan mavlono Fazlulloh Abulaysni hayratda qoldirardi. Ana shu vaqtlarda ustozi xonaqohida bo‘lgan Alisher Navoiy murshidi komilni — Xoja Ubaydullohni ko‘rardi, u bilan tanishgan edi. So‘ng esa Xoja Ubaydullohni ziyorat qilish uchun Xoja Kafshiy, Motriddagi uylariga borardi, uning suhbat va iltifotlaridan bahramand bo‘lardi. Bu uchrashuvlar Alisher Navoiyda qanchalik katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, o‘z navbatida, o‘zi ham Xoja Ubaydullohda yaxshi taassurot qoldirgan ko‘rinadiki, keyinchalik Alisher Navoiy «haqir (Navoiy) bila iltifotlari ko‘p bor uchun…» deb ta’kidlagan edi. Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytgach, ularning munosabatlari maktub orqali yoki maxsus kishilar (mavlono Qosim, Muhammad Qozi) vositasida davom etgan. Alisher Navoiy Xoja Ahror ahvolidan xabardor bo‘lib turar, biror yordam kerak bo‘lsa, darrov uni amalga oshirardi. Jumladan, Xoja Ubaydulloh kasalligi vaqtida Samarqandga tabib yuborish. Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatidagi, xususan, fuqaro uchun g‘amxo‘rliklaridan, mamlakat obodonligi sohasidagi faoliyatidan xabardor edi va uning bu faoliyatini qo‘llab-quvvatlardi, Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va bizgacha etib kelgan nomalarida ham ana shu mazmun o‘z aksini topgan. Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan maktubining asl matni va tarjimasini keltiramiz «Ba’d az raf’i niyoz arzadoshti in faqir on ki in faqirro orzui on ki ba sharafi muloqot yak karat musharraf shavam bisyor ast, namedonam, ki in saodat chi guna va kay muyassar shavad. SHunida Meshavad, ki xidmati shumoro ba sababi avorizi vaqoe’ gohe az mulozamati on hazrat malomat Meshavad. Iltimos on ki baroi on ki musliminro madade kuned xotiri sharif durbori mulozimat dorand. Umed on ast, ki ba sababi on ki xotiri faqire az yory najot yobad va farahe ba dili o‘ rasad kushode dar dil chunon zohir shavad, ki dar ayni tafriqa suRe zavq va shuhur va xuzo‘r ba haq subhonahu ziyoda shavad. G‘ami muslimin xo‘rdan dar in vaqt ki kaSero g‘ami eshon Nest, behtarin a’mol Menamoyad. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh». (A.Chomiy, Nomaho, s.320). Tarjimasi: Iltijo izhoridan so‘ng bu faqirning arzi shulki, ko‘pdan beri bu faqirda siz bilan bir karra muloqot qilish sharafiga muyassar bo‘lish orzusi bor bo‘lib, ammo bilmonki bu saodatga qachon va qanday erishar ekanmiz. Turli voqealar sizni ranjitgani sababli sizda ba’zan ul-hazrat (podshoh) xizmatidan bezish kayfiyati sezilarkan, deb eshitamiz. Iltimosimiz shulki, musulmonlarga madad etkazishni o‘ylab, ul-xizmatdan uzoqlashish fikrini xotirangizga keltirmasangiz, toki sizning ko‘magingizda bir faqirning xotiri qayg‘udan najot topib, uning ko‘nglida xursandlik paydo bo‘lar, degan umiddamiz. Shu bilan birga notinch zamonda uning ko‘ngli ochilgay va kayfiyati ko‘tarilib, shu munosabat bilan Olloh taologa bo‘lgan e’tiqodi ham ko‘payadi. Chunki inson g‘amini eyishga hech kim e’tibor qilmaydigan bir davrda musulmonlar manfaatini ko‘zlash eng olijanob faoliyatdir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh. Maktubdagi birinchi gap diqqatni o‘ziga tortadi. Unda Xoja Ubaydulloh ko‘nglida Alisher Navoiy bilan bir karra muloqotda bo‘lish orzusi ko‘pdan beri joy olgani ta’kidlanadi. Ammo bu muloqotning qachon va qaerda sodir bo‘lishini bilmayajagi aytiladi. Bizningcha, bunda Xoja Ubaydulloh tolibi ilmliligi vaqtida Samarqandda ko‘rgan Alisher Navoiyni davlat arbob sifatida ko‘rish va u bilan muloqotda bo‘lishni nazarda tutgan ko‘rinadi. Bu orzuning amalga oshgan-oshmaganligi hozircha noma’lum. Taxminimizcha, amalga oshmagan ko‘rinadi. Chunki, 1475-1476 yillardan so‘ng Xoja Ubaydullohning Hirotga borgani ham yoki davlat arbobi Alisher Navoiyning Samarqandga kelgani ham tasdiqlangan emas. QASIDA ( arabcha, maqsad qilish) – biron mashhur arbob, tarixiy shaxs, qahramon, muhim voqeaga madhiya tarzida yozilgan asar, tuzilishi gazalga monand, ammo taxallussiz; kompozitsiyasi kirish (nasib yo tashbib), ta’rif joyi bayoni, madh va mamduh (maqtaluvchi) to‘g‘risidagi duo va shoir niyatidan iborat. Sharqda Unsuriy, Anvariy, Xoqoniy kabi mashhur qasidanavis shoirlar o‘tgan. Qasida shakli IX-XI asrlarda arab adabiyotidan fors-tojik adabiyotiga o‘tdi, u Eron va Ozarboyjonda rivojlangan anrdir. Fors-tojik adabiyoti Daqiqiy, Rudakiy qasidalarini qadrlaydi. Rudakiy tabiat, cholgu asboblari haqida ham qasidalar yozdi. Qasidaning faqat odam to‘g‘risida bitilishi shart emas. Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriy qasidalarida romantik tasvir kuchli. Sakkokiy, Navoiy qasidalarida esa xalq qismati, «Ulug‘bek madhi» qasidasida esa Ulug‘bek obrazi birinchi o‘rinda turadi. Navoiyning Abdurahmon Jomiyga bag‘ishlangan «Tuhfatul afkor» qasidasida falsafiy ruh etakchi: Sadriddin Ayniy bu qasidani yuqori baholagan. Navoiy «Hiloliya», «Chun nixon qildi» qasidalarini ham yozdi. Sobir Termiziyning bahor haqidagi qasidasida realistik tasvir dangal; saroy qasidalarida xushomad, maddohlik va ta’magarlik aks etdi. Ogahiyning «Qasidai nasihat»ida, munis qasidalarida realistik ruh va xalq kayfiyatini ko‘ramiz. Komilning «Toshkent madhi» qasidasi yaxshi yozilgan. Furqatning «Gimnaziya» qasidasida rus madaniyati madhi va realistik metod ko‘zga aniq tashlanadi. Inqilob, tinchlik, qurilish qasidachilikda xam o‘z to‘la ifodasini topdi. V.Mayakovskiyning «Revolyusiya odasi» asarida yangi davr gavdalandi. Mayakovskiyning “Revolyusiya odasi” asarida yangi davr gavdalandi. Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» qasidasi yangi shaklda bitildi. Shayxzodaning «Unutmaymiz» (zafar qasidasi) asari durust yaratildi. Sobir Abdullaning «Toshkent qasidasi», Abdulla Oripovning «O‘zbekiston» qasidasida Vatan ulug‘landi. Barot Boyqobilovning «Qozog‘iston - bu» qasidasida baynalmilallik ruhi – etakchi. Erkin Vohidovning «O‘zbegim», «Qo‘llar», «Inson»; Jamol Kamolning «Inqilob», «O‘zbekiston» qasidadari g‘oyaviy-badiiy jixatdan mashhur bo‘ldi. Ulfat arzuda Vohid Abdulla, Saida Zunnunova haqida qasida yozdi. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi navbatdagi janr qasidadir. Qasida arabcha “maqsad”, “niyat” ma’nolarini bildirib, biror tarixiy shaxs yoki voqeaga bag‘ishlab yoziladigan katta hajmli she’r turi hisoblanadi. Qasidalar hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha bo‘lishi mumkin. Qasida g‘azal singari a-a, b-a, d-a, e-a … tarzida qofiyalanadi. Ayrim hollarda masnaviy singari qofiyalanishi ham mumkin. Qasida tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling