3-mavzu. Navoiy Masnaviy va qasidalarini sharhlab o‘qitish Reja
Download 123.5 Kb.
|
3-mavzu Masnaviy va qasida sharhi
Digar shud bahri sanjidan barobar adli davronro,
Zi kofo‘ri zi mushk ro‘zu shab du palla mezonro (Mazmuni: Davron adolatini o‘lchash mezonlari o‘zgardi, tarozuning bir pallasida (kunduzning ramzi) kofur, ikkinchisida (kechaning timsoli) mushk tortiladigan bo‘ldi). “Saraton”da qo‘llanilgan o‘ynoqi vaznning o‘rnini endi salobatli va sokin ohangga ega bo‘lgan hazaji musammani solim vazni (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V– – – / V– – – / V– – –/ V– – – ) egallaydi. Cho‘ziq bo‘g‘inlar nisbatining qisqa bo‘g‘inlardan 3 baravar ko‘pligi ohangning vazmin chiqishini ta’minlaydi. Aynan shunga mos holda 33 baytdan iborat bu qasidada ruhiyat tasviri, ta’bir joiz bo‘lsa, kuzga xos o‘ychanlik, mahzunlik etakchilik qiladi. “Xazon” mazmuniga ko‘ra vasf qasida hisoblanadi. “Xazon”da kuz faslining go‘zal manzarasi tasvirlangan bo‘lib, turkumdagi boshqa qasidalardan farqli ravishda unda Husayn Boyqaro madhi keltirilmagan, shuningdek Navoiyning boshqa qasidalaridan farq qilib, “Xazon” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida emas (qasida unsurlarining barchasi ishtirok etmagan). Uning mujarrad shaklga ega ekanligi va Husayn Boyqaro siymosi keltirilmaganligiga sabab yo qasidaning matni to‘liq etib kelmagan yoki Navoiy kuzga xos mahzunlikni Husayn Boyqaro siymosiga ko‘chirishni istamagan. “Bahor” qasidasida keltirilgan quyidagi bayt bu holat izohiga asos bo‘la oladi: Agar xohy bahori bexazon biny, varo bingar, Bahoristoni xalqi xusravi eronu Turonro... (Mazmuni: Agar bexazon bahorni ko‘rishni istasang, uni ko‘rgil – Eron-u Turon podshohi xalqining bahoristonini). “Xazon”da kuz manzarasi sariq rang tasviri bilan uyg‘un holatda keltirilgan, qasidada kuz faslidan kelib chiqqan holda sariqlik butun borliqqa: daraxt barglariga, ariq suviga, suhbatdoshlar ichmoqchi bo‘lgan sharobga, oshiqning hijrondan azoblangan yuziga ko‘chganligi badiiy tasvir vositalari yordamida yuksak badiiyat bilan ifodalangan: Ba shoxoni shajar bingar, ki az bemorii mufrit, Ayon gardand har so‘ za’faroni rangi bo‘stonro. (Mazmuni: Daraxt shoxlariga qara, haddan ziyod xastalikdan, qaysi tarafga nigoh tashlasang, hamma yoqdan daraxtzorning za’faron (sariq) rangi ko‘zga tashlanadi). Qasida hazaji musammani solim (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V– – – V– – – V– – – V– – – ) vaznida yozilgan. Majmuaga “Bahor” kirib kelishi bilan unga xos yaratuvchanlik, yangilanish kayfiyati ham kirib keladi: Vazad bodi bahor ih’yoi amvoti gulistonro, Zi anfosi Maseho toza sozad olami jonro. (Mazmuni: Bahor shamolining esishi, guliston gullariga yangidan hayot bag‘ishlaydi, go‘yo Masiho nafasidan jonlar olamini yangilaydi). Hajman 57 baytdan iborat ushbu qasida mazmuniga ko‘ra vasf va madh xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Unda bahor fasli tasviri bilan birga zamona hukmdori Husayn Boyqaro madh qilinadi, uning ta’rif-u tavsifi keltiriladi. “Bahor” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida hisoblanadi. Nasibda qasidaning vasfiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi: bahor fasliga xos go‘zalliklar tasvirlanadi. Gurizgoh (kirishdan asosiy qismga o‘tuvchi ko‘prik) 10–13-baytlarni o‘z ichiga olib, unda bahorning g‘animatligi, umr bahorining o‘tkinchiligi, inson hayotiga kuzning kelishi muqarrar ekanligi haqidagi masalalar qalamga olinadi. Madhda bahorga xos yaratuvchanlik, yangilanish Husayn Boyqaro tabiatiga uyg‘un tarzda tasvirlanadi, shohning saxovati bahor quyoshiga, rahmdilligi bahor yomg‘iriga, janglardagi shijoati momaqaldiroq shovqiniga o‘xshatiladi: Turo bo on tavonoivu zarbi teg‘i olamg‘ir Dihad ro‘ olami digar, ki rezy ashki g‘altonro. (Mazmuni: Shunchalar qudrating-u olamni olishga qodir tig‘ zarbang bilan, ajib yumshoqliging ham borki, bunday paytlarda ko‘z yosh to‘kasan). “Bahor” shoh haqqiga qilingan duo va uning martabasi bahorining kuz shamolidan omon bo‘lishi, shavkat-u iqbolining benuqson bo‘lishi bilan bog‘liq niyatlar bilan yakunlanadi. Qasida hazaji musammani solim (afoyili va taqti’i: mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun V– – – V– – – V– – – V– – – ) vaznida yozilgan. Nihoyat majmua yil fasllarining oxiri bo‘lgan “Day” (“Qish”) tasviri bilan yakun topadi. Qasida hajman 70 baytdan iborat. “Day” tuzilishiga ko‘ra to‘liq qasida bo‘lib, unda nasib (lirik kirish) kattagina qismni egallaydi. Aynan nasibda qasidaning vasfiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Unda qish fasli va unga xos go‘zal manzaralar vasf etiladi. “Day” quyidagi bayt bilan boshlanadi: Zi dargahi falak otash nuhuft dudi sahob, Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling