Bahoriy kayfiyat bag’ishlovchi raqs (bahor valsi) Salqin saharlarda (videorolik)


Download 24.89 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi24.89 Kb.
#1431734
  1   2
Bog'liq
bayram ssenariysi


---Bahoriy kayfiyat bag’ishlovchi raqs (bahor valsi)
---Salqin saharlarda (videorolik)
---Zulfiyaxonim chiqishi (Bog’lar qiyg’os gulda she’ri)
Bog’lar qiyg’os gulda-yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog’ mehnat-u hosilga vatan,
O’zga ko’rk, o’zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda, har gulda bir ro’y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o’zgacha ko’rk,
Biri biri uchun qudrat, himoya.
--- 1-Boshlovchi:
Marhabo: ey aziz qalbim xumori
Ulug’ mujdalaring mana qo’limda
Kuchga to’l! Guvulla yurtim bahori!
Chechaklar porlasin yurgan yo’lingda
--- 2-Boshlovchi:
Assalomu- alaykum Azizlar! Biz bejizga so’zimizni bahor tarifidan boshlamadik. Bahor- olam va odam yangilanadigan faslning boshlanishi, go’zallik va nafosat faslidir!
--- 1-Boshlovchi:
Bahorning ilk kunini xalqimiz nafaqat o’z she’rlari, balki butun hayoti bilan o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon eta olgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimning tavallud topgan kunini nishonlash bilan kutib oladi.
1915-yil 1-mart Toshkentning Degriz mahallasida Isroil temirchi oilasida, 4 o’g’ildan keyin jajji qizaloq dunyoga kedi. Oila a’zolari bu jajji qizaloqni quvonch bilan kutib olishdi, hamda uning hayoti zahro yulduzi kabi yorug’ bo’lsin deyo “Zulfiya” deb nom berishdi.
--- Alla aytadi:
Davomidan:
Vafo va sadoqat tantanasi sen
Endi xonadonim chirog’I yoniq
She’r bo’lib oqadi dil istaklarim
Yuksaklarni ko’zlab turibdi aniq
Mening nurli kelajagim sensan shoiram
Jonim qizalog’im, sen mening kelajagimsan. Men ham Nodirabegim, Uvaysiy kabi shoira bo’lishni orzu qilardim. Ming afsuski bu nasib etmadi. Ostona hatlab ko’chaga chiqmagan onaizoring xudo xohlasa seni shoira, olima qilib tarbiyalaydi. Hali seni yorug’ nurli, kelajak kutmoqda.
--- 2-Boshlovchi:
Zulfiyaxonimning jahon minbarlarida yangragan she’rlari sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab sheriyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan desak mubolag’a bo’lmaydi.
--- 1-Boshlovchi:
Bu xonim kim desa tashlansa savol.
Bilgan javob aytar tildan to’kib bol;
Tinchlik birdamlik deb mushoirada
Jahonga jar slogan joziba ayol
Sharqning she’riy chamani, jozib nafasi, o’tkir qofiya, teran so’z bahslari, qizg’in yuraklarni jozibali mushaira davrasida Zulfiyaxonim she’rlariga beamiz.
---Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh? Fotima
---Salqin saharlarda bodom gulida Gulrux va Nigora
---Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim, Durdona
---Qalb bo’lganda yiroqda S Mavluda
---Sensiz zarina
---Shu kunlarda bahorga zorman Dilnoza
---Hurriyat Rayhon
---Xalqim M Marjona
---Nevaram Dilshoda
--- Zulayho
---
--- 2-Boshlovchi:
Olam gul ichra yashar,
Ming bir tovusga o’xshar.

Lola peshvoz qaddi dol
Davramizga kel hilol
Davramizga bahor gullaridek o`zgacha fayz qo`shib, bahorning ilk g`unchalari kabi ochilishga tayyor b`o`lib turgan talaba qizlarimiz ijrosida raqsga bersak. Qani marhamat!
---Gul raqsi (ozodbek Nazarbekov)

--- 1-Boshlovchi:
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov Abdug’aniyevich 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so’ng har yili yurtimizdagi ijodkorigi, istedodi va qobiliyatlari bilanZulfiyaxonimdan qolishmaydigan bir guruh qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda.
--- 2-Boshlovchi:
Uning badiiy ijodiy sohadagi xizmatlari, tinchlik va do’stlikni tarannum etuvchi asarlari bilan Hindiston yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun davlat mukofoti va 1968-yil Javohirla’l Neru nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.
Shu o’rinda 8-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining jaji qizaloqlari tomidan tayyorlangan hind raqsiga bersak.
--- Hamid Olimjon va Zulfiya chiqishi (dialog)
--- 1-Boshlovchi:
Men elimning tilagida yashayman,
Erk degannning yuragida yashayman. Deganida Hamid Olimjon tamomila haq edi. Shoira Zulfiya ham Hamid Olimjonning qalblarga oshno, visolga mushtoh, ilhom onlarida qalamidan to’kilgan gavharlarni umrining oxiriga qadar qadrdon xotira kabi bardavom va barhayot olib kela bildi.
--- O’rik gulaganda Hamid Olimjon sheri (Novdalarni bezab minus)
--- 1-Boshlovchi:
So’nib bitmas qalamim kuchi
Xuddi inoq o’sgan juft nihol
Izdoshimsan o’zimdek albat
She’rlariningda ko’rayin kamol
Qalamining yangroq kuyi ila bitilgan o’zining jozibali she’rlari orqali Zulfiyaxonim izdoshlari kabi bo’lishga intilayotgan talaba qizlarimizdan dillarga orom beruvchi misralarni tinglaymiz.

--- 2-Boshlovchi:
Iqtidorli shoira qizlarimiz tomonidan Zulfiyaxonimga bag’ishlab yozilgan she’riy namunalarga bersak.

--- 1-Boshlovchi:




---Andijon polkasi raqsi

--- 2-Boshlovchi:
8-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining iqtidorli raqqosi bolajonlari o’zlarining ajoyib raqslarini namoyish etadilar.








Download 24.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling