Bahorikor-lalmikor yerlarni baholash sug‘oriladigan tuproqlarni baholashdan biroz farq qiladi
Lalmikor yerlarning mahsuldorligiga tabiiy omillarning ta’siri
Download 0.97 Mb.
|
Banitirofka 1
Lalmikor yerlarning mahsuldorligiga tabiiy omillarning ta’siri.
BAHORIKOR YERLARNI BAHOLASHNING NEGIZLI SHKALASI O‘zbekistonda bahorikor yerlar mintaqasi-maydoni dengiz sathidan 300-1300 m nisbiy balandlikda tog‘oldi tekisliklari, adirliklarda, past tog‘larda tarqalgan. Janubiy viloyatlarda Surxondaryoda va Qashqadaryoda lalmikor dehqonchilikni yuqori qismi tog‘larning janubiy yon bag‘irlariga to‘g‘ri keladi va 1700-1800 m nisbiy balandlikka ko‘tarilgan. Bahorikor yerlarning bunday keng tarqalishiga sabab eng avvalo yog‘in-sochin miqdori va havo haroratining miqdorlari, relyef xarakteri hisoblanadi. Bu maydonda yillik yog‘in miqdori 250-700 mm ni tashkil qiladi. Bu miqdorlarni ko‘p qismi (70-80 %) qish va bahor oylarining yanvar-apreliga to‘g‘ri keladi. May oyiga kelib bu maydonda yog‘in miqdori keskin kamayadi. YOz oylarida, ya’ni iyun-avgustda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ya’ni nolga tushib qoladi. Ayrim yillarda oz miqdorda yog‘ishi kuzatiladi. Lalmikor dehqonchilik tarqalgan maydonlarda hosil taqdirini asosiy qismi tuproqni suv tartiboti bilan bog‘liq. Bunda yog‘inni yil davomidagi, hatto fasl davomidagi taqsimoti katta amaliy ahamiiyat kasb etadi. A.A.Rode, N.Ataxonov tomonidan lalmikor yerlarning suv tartiboti terlaydigan guruhga kirishi, ya’ni kapillyar naychalar orqali sizot suvi sathidan ko‘tarilgan nam bilan atmosfera yog‘inlaridan hosil bo‘lgan va tuproqning ichki qatlamlariga kirib borgan namliklar uchrashmaydi, demak bir - birigacha etib kelmaydi degan xulosalar olingan. Bu xususiyat adir o‘lkalardagi ko‘pchilik avtomorf tuproqlar uchun xosdir. Bahorikor yerlarda tuproq qatlami 70-120 sm ni tashkil qiladi. Tog‘oldi qiya tekisliklarida 70 sm gacha bo‘lsa, past tog‘larda 120 sm gacha etadi. Tuproqlarni nam zahirasining eng ko‘p miqdori mart oyiga to‘g‘ri keladi. Aprelning ikkinchi yarmidan boshlab tuproq qoplamidagi o‘simlik olishi mumkin bo‘lgan namlik miqdori keskin kamayadi, may oyiga borib 20-40 sm li qatlamda namlikning bu turi batamom yo‘qoladi. Iyul oyida tuproqning asosiy qatlamida o‘simlik uchun foydali nam batamom tugaydi, ya’ni sarflanib bo‘ladi. Shu bois donli ekinlarni hosil taqdirini aprel-may oyidagi yog‘inlar hal qiladi. Bu vaqtda donli ekinlar sutli-pishish davriga kirgan bo‘lib, namga talabchan bo‘ladi. Lalmikor dehqonchilik maydonlari ularga tushayotgan yillik yog‘inlar miqdoriga ko‘ra A.Rozanov va A.Rode tomonidan quyidagicha tasniflangan. 1. Ta’minlangan yerlar - >500 mm. 2. Yarim ta’minlangan - 300-500 mm. 3. Ta’minlanmagan yerlar - <300 mm. Demak, O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa xududlarida yog‘in miqdori bilan ta’minlangan tuproqlarga och jigarrang va to‘q tusli bo‘z tuproqlar kiradi. Yarim ta’minlangan guruhdagi yerlarga tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlar kiradi. Ta’minlanmagan guruhdagi maydonlarda och tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Tuproqlardagi nam zahiralari va tuproq tiplariga asoslangan lalmikor yerlar uchun negizli shkala quyidagicha tavsiya etiladi.
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling