Bahorikor-lalmikor yerlarni baholash sug‘oriladigan tuproqlarni baholashdan biroz farq qiladi


Lalmikor yerlar uchun negizli shkala


Download 0.97 Mb.
bet3/4
Sana24.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1394655
1   2   3   4
Bog'liq
Banitirofka 1

Lalmikor yerlar uchun negizli shkala.

Tuproqlarning genetik guruhlari

Bonitet ballari

1

Och-jigarrang

100

2

To‘q tusli bo‘z

85

3

Tipik bo‘z

70

4

Och tusli bo‘z

50

Mintaqaviylik qonuniga asosan tuproqlarning tip va tipchalarini geografik tarqalishi aniq bioiqlim sharoitiga muvofiq keladi.


Demak, tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlarda xoh u Surxondaryo, xoh Farg‘onada bo‘lsin, deyarli bir xildagi iqlimiy ko‘rsatkichlar, o‘simlik turlari va boshqalar mavjud bo‘ladi.
Genetik guruhlar ichidagi ayrim xossalarning farqi onalik jinslar o‘rtasidagi va geokimyoviy oqimlar orasidagi farqlardan kelib chiqadi. Shu munosabat bilan lalmikor yerlarni ishlab chiqarish qobiliyatini baholash tuproqni asosiy xususiyatlari va agronomik muhim xossalariga tayangan holda o‘tkaziladi.
LALMIKOR YERLAR UCHUN BONITIROVKA
KOEFFITSIYENTLARI
Lalmikor yerlar uchun ham bonitirovka koeffitsiyentlari sug‘oriladigan yerlar kabi hosil bilan tuproq xossasi o‘rtasida korrelyatsiyalanuvchi kattaliklar asosida ishlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra lalmikor yerlarning mexanik tarkibi, eroziyalanganlik va skeletlilik darajasi, skeletli qatlam chuqurligi, qiya tekislikning qiyalik darajasi va ekspozitsiyasi hosil bilan korrelyatsiyalanadi.
Madaniy o‘simliklarni bahorikor yerlarda va sug‘oriladigan maydonlarda o‘sishi va rivojlanishida tuproqning mexanik tarkibi har xil ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘orma dehqonchilikda tuproqning nam sig‘imi, suv ushlash qobiliyati kabi
kattaliklarni ahamiyati lalmikor yerlardagicha bo‘lmaydi. Ma’lumki, nam sig‘imi, tuproqni suv ushlash qobiliyati o‘simliklarning vegetatsiya davri davomida suv bilan uzluksiz ta’minlashda katta rol o‘ynaydi.
Sug‘orma dehqonchilikda tuproqning bu xususiyatini ahamiyati lalmikor dehqonchilikdagiga nisbatan kam bo‘ladi, sabab sug‘oriladigan dehqonchilikda etishmagan nam sun’iy usulda sug‘orish yordamida davriy ravishda to‘ldiriladi.
Bahorikor yerlarda esa o‘simlikni nam bilan doimiy ravishda ta’minlab turish boshqa omillar bilan birga tuproq xossalariga, ayniqsa mexanik tarkibiga ko‘proq bog‘liq.
Og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarning nam sig‘imi nisbatan yuqori bo‘ladi, o‘simliklarni engil tuproqlarga nisbatan ko‘proq vaqt davomida suv bilan ta’minlab turadi. Shu bois bunday tuproqlarni unumdorligi lalmikorchilik sharoitda nisbatan yuqori hisoblanadi.
Tuproqlarning bu xususiyatlari boshqa mintaqalarda, jumladan Moldova, Rossiya va boshqalarda ham ta’kidlangan bo‘lib, nisbatan yuqori darajada baholanadi.
Lalmikor yerlarni baholashda tuproqlarning onalik jinslari ham e’tiborga olinadi. Onalik jinsi va tuproq mexanik tarkibini baholashda e’tiborga olish quyidagi jadval asosida olib boriladi.

Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, lyoss va lyossimon jinslar ustida hosil bo‘lgan tuproqlar nisbatan yuqori baholanadi, ya’ni ularni baholashda qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar bu ko‘rsatkichga ko‘ra 0,8-1,0 atrofida bo‘ladi.


Ma’lumki, lalmikor yerlar tog‘oldi tekisliklari, adirlarda joylashgan. Demak, tuproqlar har xil qiya tekisliklarda, balandliklarda hosil bo‘lgan. Shu bois bu maydonda eroziya jarayoni yaxshi namoyon bo‘ladi.
Pankov M., Gussak B. larning fikriga ko‘ra lalmikor yerlarda eroziyaning rivojlanish sabablaridan biri bu tuproqni suv tomonidan yuvilishga bo‘lgan qarshiligining pastligidir. Bu fikrni to‘la to‘kis, ya’ni butunlay to‘g‘ri deb qabul qilish qiyin, sabab tuproqni suv tomonidan yuvishga bo‘lgan qarshiligi mantiq jihatdan o‘zgarmas kattalik bo‘lib, u tuproq xossalaridan kelib chiqadi.
Yuvilish va yuvilmaslik masalalariga kelsak, bunda suv miqdori, tezligi, yerning qiyalik darajasi, tuproqning o‘simlik bilan qoplanganligi va boshqalar tuproqdan tashqaridagi omillar hisoblanadi. Bu omillar va shu kabilar ta’sirida tuproqlar turli darajada yuviladi. Bu jarayonda yuzadan oqadigan oqim ta’sirida haydaladigan yer maydonidan tashqariga eng avvalo il zarralari, gumus, oziqa elementlari va boshqalar katta miqdorda olib chiqib ketiladi, natijada tuproq


bois tez qurishiga sabab bo‘ladi. Bevosita toshga tegib turgan o‘simlik yoz vaqtlarida kuyib qolib, qurishgacha boradi.


Tuproq qatlamidagi skelet miqdori o‘simlikni ildiz tizimini rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, oziqa elementlarni miqdorini kamayishiga sabab bo‘ladi.
Skeletli tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik nisbatan yuqori bo‘lib, suv ushlash qobiliyati past bo‘ladi.
I.Aliyeva ma’lumotlariga ko‘ra to‘la dala nam sig‘imi kuchli darajada skeletli tuproqlarda 16-20 %, o‘rta va kuchsizlarida esa 22-28 % bo‘ladi. Qoyali jinslar ustida hosil bo‘lgan tuproqlarda 36-38 % ni tashkil qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib tuproqning skeletlilik darajasiga ko‘ra koeffitsiyentlarini ko‘radigan bo‘lsak, ular quyidagi chegaralarda joylashadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling