BAHORNI QUMSAB
Osmonida koʻrgim kelmas bulutni,
Samoga quyoshni chirlayveraman.
Oshiyoni togʻlarda boʻlgan bulutni
Oʻtkir nigohiday porlayveraman.
Quvonchim kam boʻlar bahor boʻlmasa
Binafsha isini qumsayveraman.
Kegadir bu koʻnglim qishda toʻlmasa.
Xayolni bahorga bogʻlayveraman.
Rahyon iforini sabza gulida
Bahor quvonchini istayveraman.
Netay goʻzallikka tashna bu qalbim
Negadir bahor deb soʻzlayveraman.
Nimadir yetmaydi kemtik qalbimga
Tashnadekb "bahor" deb qumsayveraman.
Qishning ayoziyu qorli kunida
Binafsha gulini izlayveraman.
27-maktab oʻquvchisi
Iskandarova Gulchehra
Do'stlaringiz bilan baham: |