Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana17.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1545522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qadirov abdumurodning zoologiya fanidan tayyorlagan



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
SIRTQI TA’LIM
BIOLOGIYA TURLARI BO’YICHA TA’LIM YO’NALISHI
III-BOSQICH 419-GURUH TALABASI
QADIROV ABDUMURODNING
ZOOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU:
Surxondaryo viloyati sharoitida uchrovchi ilonlar
Tayyorladi: ___________________
Qabul qildi:___________________
TERMIZ –2022


1
Surxondaryo viloyati sharoitida uchrovchi ilonlar
REJA:
Kirish
I.Bob.O'zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlar
1.1 O'zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlarva ularning tarqalishi
1.2 O'zbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar
II.Bob. Surxondaryo viloyati sharoitida uchrovchi ilonlar
2.1 Surxondaryo viloyatida tarqalgan zaharli ilonlar
2.2 Ilonlar zaharlarining qiyosiy tavsifi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


2
Kirish
O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov o’z nutqida hozirgi va
kelajak avlodni manfaatlarini ko'zlash, yer va yer osti boyliklarini, suv resurslarini,
o'simlik va hayvonot dunyosini qo'riqlash va ulardan ilmiy asosda foydalanish,
havo va suvni tozaligini saqlash tabiiy boyliklarini uzliksiz ko'paytirib borishni
ta'minlash va ekologik muammolarni to’g’ri hal etish muhim ekanligini alohida
ta'kidlab o'tganlar.
O'zbekistonning tabiati va uning hayvonot dunyosi xilma-xildir. Shimolda
Ustyurt bepoyon kengliklari, janubi-sharqda tog’larning qorli cho'qqilari, shimoli-
sharqda Qizilqumning qumliklari qotgan to'lqinlar kabi cho'zilib yotibdi.
Foydali hayvonlar xo'jalik ahamiyatiga ega qimmatli mo'yna va sifatli
go'sht beradi yoki madaniy ekinlarga tushadigan hasharotlarni yo'q qiladi.
Zararlilari ekinlarni nobud qiladi va hosilni yeb ketadi yoki yuqumli kasalliklar
qo’zg’atuvchilarini tashib yuradi. U yoki bu tipdagi hayvonlarni foydali va zararli
ekanligini aniqlash uchun uning hayot faoliyatini o'rganish kerak bo'ladi.
O'zbekistonda hozir 9 ta qo'riqxona, 9 ta zakaznik mavjud. Hayvonlar
hayotini o'rganish ko'p jihatdan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, bu xildagi
foydali va qiziqarli mashg’ulotlar yoshlarda tabiatga muhabbat va qiziquvchanlik
hamda tabiat ustida kuzatishlar olib borishga ishtiyoq uyg’otadi.
Reptiliyalar quruqlikka chiqqan hayvonlar bo’lgani uchun tuzilishida
yashash sharoitiga mos belgilarni vujudga keltirgan.
Sudralib yuruvchilar yuqori umurtqali hayvonlarning dastlabki sinfi
hisoblanadi.
Ular amfibiyalardan yuqori tuzilganligi va quruqlik muhitiga xos moslanishlarni
yuzga keltirganligi bilan ajralib turadi.
Amfibiyalarga nisbatan yuqori
tuzilganligini avvalo markaziy nerv sistemasida, xususan, bosh miya va sezgi
organlarida ko’rish mumkin.
Sudralib yuruvchilarda bosh miyaning oldingi miya yarimsharlari kuchli
rivojlangan. Ularda oldingi miya yarimsharlari kulrang miya moddasi bilan
qoplangan bo’lib, miya gumbazi yoki neopalliumning hosil bo’lishi bilan


3
xarakterlanadi. Sudralib yuruvchilarning progressiv
xususiyatlaridan biri
skeletining deyarli to’liq suyakka aylanganligi, haqiqiy ko’krak qafasining hosil
bo’lishi tananing oldingi qismi
mustahkamlanishiga olib kelgan.Chanoq
kamarining mustahkam bo’lishida unga dumg’aza umurtqasining ikkita ko’ndalang
o’simtalari birikishi hisoblanadi,bu esa orqa oyoqlarning mustahkamligini
ta’minlaydi. Erkin oyoqlar skeletida bilaguzukaro (interkarpal) va tovonaro
(inteertarzal) suyaklari juda xarakterli bo’lib birikkan.
Asosan suyakdan iborat bo’lgan bosh skeleti umurtqa pog’onasi bilan bitta
ensa bo’rtmasi orqali birikkan. Sudralib yuruvchilarda bo’yin qismining paydo
bo’lishi hamda birinchi umurtqada atlant va epistrofeyning hosil bo’lishi boshning
harakatchanligini ta’minlagan.
Sudralib yuruvchilarda nafas olishi faqat o’pka orqali amalga oshadi.
Yaxshi rivojlangan o’pka ikkita bronxga ajraladi va o’pka ichiga kiradi. O’pkaning
ichki qismi ko’plab katakchalarga bo’linganligi tufayli uning ichki yuzasi to’liq
qisqaradi. Hamma vakillarida o’pka bir xil takomillashmagan. Kaltakesak va
ilonlarda o’pka ko’p katakchalarga bo’linmagan, toshbaqa va timsohlarda
murakkab tuzilgan.
Sudralib yuruvchilarning qon aylanish sistemasi amfibiyalarga nisbatan
ancha murakkablashgan, ko’pchilik sudralib yuruvchilarda yuragi uch kamerali,
bundan tashqari yurak qorinchasida to’liq bo’lmagan to’siq ham shakllangan
(timsohlarda yurak 4 kamerali). Arterial stvoli uchta mustaqil qon tomirlarga
bo’lingan bo’lib, bu tomirlarning har biri alohida yurak qorinchalarining turli
qismlaridan chiqadi.
Bir juft zich tanacha shaklidagi chanoq buyraklari (metanefros)ning hosil
bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. Sudralib yuruvchilarning quruqlik muhitiga
moslashish xususiyatlarini, ularning ichki urug’lanishida, tuxumning o’lchami
yirik bo’lishida va murtak pardasining hosil bo’lganligi bilan namoyon bo’ladi.
Tuxumini yirik bo’lishi qattiq po’choq bilan qoplanganligi, sariqlik moddasining
ko’p bo’lishi, murtakni suvdan tashqarida lichinkasiz bosqichi orqali amalga


4
oshadi. Murtakning rivojlanish jarayonida murtak pardasi yoki amnion parda hosil
bo’lishiga qarab yuqori umurtqalilar alohida guruhga ajraladi.
Sudralib yuruvchilarning terisi muhim moslanish belgisi hisoblanadi.
Undan shoxsimon ko’rinishga ega bo’lgan tangacha (qalqon) hosil bo’lib,
hayvonni tashqi tomondan qoplab tanani qurib qolishdan saqlaydi. Sudralib
yuruvchilarning terisida deyarli bezlar yo’q. xarakterli xususiyatlari ular doimiy
ravishda po’st tashlaydi, ya’ni shoxsimon qavat tushib, o’rniga teri hosilalari hosil
bo’ladi.


5

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling