Bahouddin Naqshband (Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy)


Download 0.79 Mb.
bet3/3
Sana15.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1777323
1   2   3
Bog'liq
Bahouddin Naqshband^

Dinga hissasi

  • Ustozi Said Mir Kulol vafotidan soʻng (1370-yil), uning vasiyatiga binoan izdoshi sifatida xojagon tariqatiga boshchilik qilgan. Bu taʼlimot keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga naqshbandiya deb nom olgan. Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda boʻlgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi, moʻʼtadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Allohga intilish koʻngil bilan amalga oshishi kerak. Qoʻl esa ish — mehnat bilan band boʻlaversin. Bahouddin Naqshbandning tarki-dunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qoʻl silkimay turib ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi gʻoyasi musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini taʼminladi.

Ilmiy merosi

  • Bahouddin Naqshbandiydan bizgacha bir qator asarlar yetib kelgan. Shamsutdin Somining „Qomus al-alom“ asarida qayd etilishicha, Naqshbandiyning „Hayotnoma“ nomli sheʼriy asar va „Daloyil ul-oshiqin“ („Oshiqlar dalili“) nomli tasavvufga oid asar yozgan. Naqshbandiydan bizgacha ruboiylar ham meros qolgan. Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgda joylashgan Sharqshunoslik instituti fondida Bahouddin Naqshbandiyning „Avrod“ asari qoʻlyozmasi saqlanadi. 2000-yilda „Avrod“ asari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Ali ibn Ahmad Gʻuriy „Avrod“ asariga sharh yozgan. Bu sharhning qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda.

Oilasi

  • Bahouddin Naqshbandning ikki farzandi — bir qizi va oʻgʻli boʻlgan. Oʻgʻli yosh paytida vafot etgan. Qizi voyaga yetib Xoja Alouddin Attor bilan oila qurgan. Alouddin Attor Bahouddin NAqshbandiyga ham kuyov, ham xalifa boʻlgan. Naqshbandiyning nabirasi Xoja Hasan Attor va abirasi Xoja Yusuf oʻz zamonasining valiylaridan boʻlgan. Avlodlari bugungi kungacha shu qizi orqali yetib kelgan.

Foydalanilgan manbalar:

  • Uz.m.Wikipedia.org
  • AbuMuadz //Shutterstock.com
  • Ilmlar.uz
  • Arboblar.uz

L-195-23 Guruh Akmalov Alisher.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling